Monosaxaridlar


Monosaxaridlarning olinishi


Download 28.49 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi28.49 Kb.
#1575826
1   2   3   4
Bog'liq
Monosoxoridlar

Monosaxaridlarning olinishi


Monosaxaridlar tabiatda erkin va birikmalar holida ko‘p tarqalgan. Uzum va boshqa mevalar tarkibida glyukoza erkin holda uchraydi. Fruktoza esa (glyukoza bilan birgalikda) asalda bo‘ladi.
Ayrim hollarda har bir monosaxaridni alohida ishlatish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday hollarda ularni tabiiy manbalardan ajratib olishga to‘g‘ri keladi. Monosaxaridlar olishning asosiy usuli, disaxaridlar va polisaxaridlar gidrolizi hisoblanadi.
Polisaxaridlar fermentlar ishtirokida gidrolizlanganda mos mo­ nosaxaridlar hosil bo’ladi.
Sanoatda glyukoza asosan kartoshka yoki arpa kraxmalini mineral kislotalar ishtirokida gidrolizlash yo‘li bilan olinadi, chunki kraxmal molekulasida juda ko‘p miqdorda glyukoza molekulasining qoldiqlari bo‘ladi.
1) kraxmalning gidrolizlanish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:
HO—(C6H10O5)n—H + (n-1)H2O → nC6H12O6
2) disaxarid — maltoza gidrolizlanganda ikki molekula glyukoza hosil bo’ladi:
C12H22O11 + H2O —→ 2C6H12O6
3) glyukoza birinchi marta A. M. Butlerov tomonidan formaldegid molekulalarining kalsiy gidroksidi ishtirokida o‘zaro ketma-ket birikishi natijasida sun’iy usulda sintez qilingan:
6HCHО → C6H12O6
Bu reaksiya natijasida monosaxaridlarning murakkab aralashmasi hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan aralashmadan alohida monosaxarid ajratib olish qiyin bo’lganligi uchun bu reaksiya faqat nazariy ahamiyatga ega.
Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling