Monosaxaridlar


Download 28.49 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi28.49 Kb.
#1575826
1   2   3   4
Bog'liq
Monosoxoridlar

Pentozalar. C5H10O5, tabiatda, asosan, birikma holida polisaxarid 10 pentozalar (C5H8O4)n hamda oʻsimlik va daraxt yelimi tarkibida boʻladi. Pentozalar esa yogʻochda (10—15%), xashakda va urugʻlar qobig’ida koʻp boʻladi. Pentozalar monosaxaridlar uchun xos boʻlgan barcha reaksiyalarga kirishadi. Lekin pentozalarning geksozalardan farqi shuki, ular mikroorganizmlar ta’siriga ancha chidamli, bijgʻimaydi. Pentozalar uchun yana bir xarakterli reaksiya, ular mineral kislotalar ta’sirida furfurolga aylanadi.
L-arabinoza pentozalarning eng muhim vakilidir.
L-arabinoza gummiarabik yoki olcha yelimi tarkibiga kiradi va ularni kislotalar ishtirokida gidroliz qilib olinadi. U shirin ta’mli, 160°C da suyuqlanadi. L-arabinoza barcha monosa- xaridlar kabi eritmada 2 xil shaklda — ochiq va siklik shaklda muvozanatda boʻladi:

Monosaxaridlarning olinishi


Monosaxaridlar tabiatda erkin va birikmalar holida ko‘p tarqalgan. Uzum va boshqa mevalar tarkibida glyukoza erkin holda uchraydi. Fruktoza esa (glyukoza bilan birgalikda) asalda bo‘ladi.
Ayrim hollarda har bir monosaxaridni alohida ishlatish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday hollarda ularni tabiiy manbalardan ajratib olishga to‘g‘ri keladi. Monosaxaridlar olishning asosiy usuli, disaxaridlar va polisaxaridlar gidrolizi hisoblanadi.
Polisaxaridlar fermentlar ishtirokida gidrolizlanganda mos mo­ nosaxaridlar hosil bo’ladi.
Sanoatda glyukoza asosan kartoshka yoki arpa kraxmalini mineral kislotalar ishtirokida gidrolizlash yo‘li bilan olinadi, chunki kraxmal molekulasida juda ko‘p miqdorda glyukoza molekulasining qoldiqlari bo‘ladi.
1) kraxmalning gidrolizlanish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:
HO—(C6H10O5)n—H + (n-1)H2O → nC6H12O6
2) disaxarid — maltoza gidrolizlanganda ikki molekula glyukoza hosil bo’ladi:

Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling