Morfеmika-morfologiya
Download 1,59 Mb. Pdf ko'rish
|
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)
yashiringanday. (Oyb.) Nay sadosining mayin to‘lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go‘yo hammayoq
jonlangan kabi tuyuldi. (Oyb.) Ushbu misollarda o„xshatish, qiyoslash -dek qo„shimchasi va kabi so„zi bilan ifodalanyapti, go‘yo esa shu ma‟noni ta‟kidlayapti. Demak, go‘yo ta‟kid yuklamasi hisoblanadi. Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mumkin. Balki qo„llanishidagi ba‟zi xususiyatlariga ko„ra, zidlov bog„lovchila-ridan farq qiladi. Zidlov bog„lovchilari ko„pincha qo„shma gap qismlarini bog„laydi, balki yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi: Havo bulut bo‘ldi, lekin (ammo, biroq) yomg‘ir yog‘madi. Bu misolda zidlov bog„lovchisi o„rnida balki so„zini qo„llab bo„lmaydi. Balki so„zi gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gaplarda gumon, qarama-qarshilik ma‟nolarini ta‟kidlash uchun qo„llanadi:…toping, balki tanishla-ringiz bordir. (Oyb.) Chunki biz Azizbek kabilardan xalqnigina emas, balki o‘zimizni ham qiynatdirmog‘damiz. (A.Qod.) Bu gap mеnga yoqmas, balki battar jahlimni chiqarardi. O„z-o„zidan anglashiladiki, balki sof bog„lovchi bo„lolmaydi, bog„lovchi funksiyasini bajarayotgan yuklamalar sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o„tish va bog„lovchi-yuklama, ko„makchi-bog„lovchi kabi oraliq hodisalar hosil qilish yordamchi so„zlar tabiatiga xos xususiyat bo„lib, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo„li sanaladi. Ham… ham biriktiruv bog„lovchisi ta‟kid qo„shimcha ma‟no bo„yog„iga ega, na…na esa inkor ma‟nosini ifodalaydi, -mi so„roq - taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog„lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog„lovchi-yuklamalar hisoblanadi. Chunonchi, 1.Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (O.) 2.Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. (Maq.) 3.U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi. Bog„lovchilarning fоrmal-funksiоnal talqini muam-mоlari. Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o„zbek tili bog„lovchilarining ma‟no va xususiyatlari tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog„lovchilar bilan bog„liq masalalarni to„g„ri va to„la hal etish bugungi kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masalalardan biri sanaladi. Yuklamalarning ma‟no va vazifasi. Yordamchi so„zlarning funktsional belgisi “bog„lash”dir. Shu belgi asosida ko„makchi, bog„lovchi, yuklamalar so„z va gaplarni bir-biriga bog„lash uchun xizmat 93 qiladi. Ammo bu vazifa bog„lovchi va ko„makchilar uchun o„zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklama- larning o„ziga xos xususiyati shundaki, ular so„zlarga yoki gaplarga so„roq, ta‟kid, kuchaytiruv, ayirish- chegaralash, o„xsha-tish kabi qo„shimcha ma‟nolarni beradi va funktsional “bog„lash” belgisiga nisbatan beqaror, o„zgaruvchan sanaladi, ya‟ni “bog„-lash” belgisi bo„lishi ham, bo„lmasligi ham mumkin. Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog„lovchilarning bir turi sifatida inkor bog„lovchisi sanalib kelgan. G„.Abdurahmonov esa uni inkor bog„lovchisi deb atash bilan birga, unda yuklamalik xususiyati ham borligini ko„rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog„lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog„lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo„lak (komponent)larga inkor ma‟nosini berib, ularni bog„laydi: Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo. (Oyb.) Bu yordamchi so„z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma‟nosini ko„rsatadi: Raisningerkatoy o‘g‘li na o‘qiydi, na biror joyda ishlaydi. Go„yo yordamchisi mazmunidan o„xshatish yoki chog„ishtirish ma‟nolari anglashilgan sodda va qo„shma gaplar tarkibida ishtirok etadi. Sodda gaplardagi funksiyasiga ko„ra ko„proq yuklamalarga yaqin turadi: Tursunoy go‘yo qalbi bilan ashulaga jo‘r bo‘lar edi. (A.Mux.) Kampirning yuzida go‘yo Download 1,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling