Morfеmika-morfologiya


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/125
Sana04.09.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1672753
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125
Bog'liq
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

kulgiga o‘хshagan bir narsa aks etdi. (A.Qah.) Go‘yo yordamchisi qo„shma gaplarda sodda gap
qismlarini biriktiruvchi grammatik vositalarning biri sifatida xizmat qiladi, ya‟ni qo„shma gapdagi 
vazifasiga ko„ra sodda gapdagi vazifasidan farqli o„laroq, u faqat yuklamagina emas, balki bog„lovchi-
yuklama sanaladi:ertaga nikoh bo‘ladi, go‘yo men uning xotini. (Oyb.) Shunday baqirdiki, go‘yo butun 
xona larzaga kelgandek bo‘ldi. (A.Qah.) Aytdimi, qiladi, Qo‘ydi-da, chiqdi gaplarida ham –mi, -da,
qo„shimcha-simon yuklamalarning bog„lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, 
yuklamalarning qo„shma gap tarkibiy qismla-rini o„zaro bog„lash vazifasi keng uchraydigan hodisa 
ekan va bu tilshunosligimizda ma‟lum darajada o„rganilgan.
Yuklamalarning tuzilish turlari. Ko„pgina leksoid yordamchi so„zlarning affiksoid ko„rinishlari 
mavjud, bu yuklamalarga ham tegishlidir: ham, -am /-yam; uchun, -chun; -u, -yu; bilan, -ila, -la shular 
jumlasidandir. Yuklamalar shakliy jihatdan uch xil ko„rinishga ega:
1. Qo„shimchasimon yuklamalar (-mi, -chi, -a, -ya…).
2.Sof yuklamalar (xuddi, faqat, axir…).
3.Nisbiy yuklamalar (yolg‘iz, ba’zan, tanhо, bir…).
Ularning shakliy va vazifaviy turlari. Yuklamalar vazifaviy jihatdan quyidagi ma‟no turlariga 
bo„linadi: 
1. So„roq yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya, nahotki. Bu yuklamalar turli so„z turkumlariga qo„shilib, 
so„roq ma‟nosini bildiradi. Ba‟zan so„roq ma‟nosidan tashqari taajjublanish, hayratlanish ma‟nolarini 
ham ifodalaydi.
-mi affiks yuklamasi o„zidan oldingi so„zga qo„shib yoziladi, -chi, -a, -ya yuklamalari esa o„zidan 
oldingi so„zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: 1. Kiyganingiz ipakmidi, kimхobmidi, Sevganingiz 
bizlardan ham ortiqmidi? 2. Opang-chi? Sen-chi? Men-a? Meni-ya? 2. Nahotki shu gaplarga ishongan 
bo‘lsangiz.
2. Ayirish-chegaralash yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina,- qina)
Bu yuklamalar ayrim narsa va hodisalarni boshqalardan ajratish, harakatni chegaralash uchun
qo„llaniladi. -gina affiks yuklamasi o„zidan oldingi so„zga qo„shib yoziladi: To‘yga Sheraligina 
kelmadi, xolos. O‘ktam indamadi, faqat yuragida to‘lqinlangan mehr bilan onasiga tikildi. Faqat 
yuklamasining o„rnida yolg‘iz so„zini ham qo„llash mumkin. Sifat so„z turkumiga oid bu so„z nisbiy 
yuklama hisoblanadi: Sobir, yolg‘iz senga suyandim (Sobir, faqat senga suyandim).
3. Ta‟kid yuklamalari: -ku, -da, -u, -yu. Gapda ifodalangan biror voqeani ta‟kidlash uchun
qo„llaniladi: Sobir-ku keldi, Mahmud kelmadi-da!
4. Kuchaytiruv yuklamalari: axir, hatto, hattoki, -oq (-yoq).
-oq, (-yoq) affiks yuklamasi o„zidan oldingi so„zga qo„shib yoziladi. Harakatning birin-ketin 
tezlik bilan davom qilishini, boshlanish paytini, ta‟kidlashni ko„rsatadi: Gullarni ko‘riboq ko‘ngli 


94 
yorishdi. Axir, hatto, hattoki yuklamalari ham fikrni kuchli ta‟kidlash, avvalgi voqeani eslatishni 
ifodalaydi: Axir do‘stimsan-ku!
5. O„xshatish-qiyoslash yuklamalari: xuddi, naq, go‘yo, go‘yoki. Bahorda bu bog‘lar go‘yoki 
kelindek yasanadi. (CHirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi 
kuylaydi kabi gaplarda yuklama-bog„lovchi vazifasini bajaradi.)
6. Inkor yuklamasi: na. Takror holda ishlatilib inkor ma‟nosini ifodalaydi: 
Na ko‘kning fonari o‘chmasdan,
Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan. (U.) 
Yordamchi so„zlar – ko„makchi, bog„lovchi va yuklamalar tilimizni, uning cheksiz 
imkoniyatlarini yana ham boyroq, ifodalarimizni yana ham aniqroq va go„zalroq qilishning 
vositalaridandir. Yordamchi so„z turkumlari yuzasidan olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosalarga 
olib keldi:
1. Ko„makchi, bog„lovchi va yuklamalar nutqimizning cheksiz imkoniyatlarini yanada boyroq, 
ifodalarimizning yanada aniqroq va go„zalroq bo„lishini, jumlalarning rang-barangligini ta‟minlovchi 
muhim vositalardandir.
2.YOrdamchi so„zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so„zlar bilan qo„shimchalar oralig„ida 
turadi.
3.YOrdamchi so„zlar nutq rang-barangligini ta‟minlashini birgina misol yordamida ko„rish 
mumkin: 1) senday qiz, 2) sendek qiz, 3) sendayin qiz, 4) sening kabi qiz, 5) sen singari qiz, 6) sening 
singari qiz, 7) senga o‘xshash qiz, 8) senga o‘xshagan qiz… (Bu birikmalar o„xshash ma‟noni 
ifodalagani bilan ularning har biri juda nozik farqlarga ega). 
4.Bog„lovchi-yuklama, ko„makchi-bog„lovchi, ko„makchi-yuklama kabilar muosir, til tizimida 
ko„rsatilganidek, yordamchi so„z turkumlariga xos bo„lgan “oraliq uchinchi”lardir. 
5.Tilimizda nisbiy ko„makchilar, nisbiy bog„lovchilar, nisbiy yuklamalar sirasi mustaqil 
so„zlarning yordamchilashishi evaziga boyib bormoqda. 
6.O„z mohiyati bilan yuklamalar modal so„zlarga yaqin turadi. Shu tufayli bu ikkisi ko„pincha 
birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so„zlar bilan yuklamalarni tenglashtirib bo„lmaydi. Yuklamalar: 
1) yuklamalar rang-barang ma‟nolarni ifodalaydi, shulardan ba‟zilarigina modal ma‟noga yaqin 
keladi; 
2) yuklamalar ko„pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so„zga tirkalib yuradi. Modal so„zlar esa: 
1) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murak-kablashtiruvchi vosita sifatida ro„yobga 
chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, [Wpm] gap qurilish qolipining [Rm] qismida mujas-samlangan va 
xilma-xil vositalar bilan ifodalanadigan tasdiq /inkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, shart, qat‟iylik, 
istak, imkoniyat kabi modal ma‟nolar gapning boshqa bo„laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga 
kirishmaydigan modal so„zlar, tasdiq/inkor so„zlar vositasida kengaytiriladi: Kanizak, aftidan, shuni 
aytmoqchi edi…(A.Qah.) 
2) mustaqil ravishda yakka o„zi bitta gap bo„lib kela oladi va modal so„z-gaplar deb yuritiladi. 
Bunday so„z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma‟nosi so„zning lug„aviy ma‟nosida 
mujassamlangan bo„ladi: Kelasizmi? - Albatta
3) yuklamalar morfologiyada yordamchi so„zlar guruhida, modal so„zlar so„z-gaplar doirasida 
o„rganiladi; 
4) boshqa so„z guruhlari kabi modal so„zlar ham, yuklamalar ham o„ziga xos morfologik, 
sintaktik, ma‟noviy belgilarga ega. Modal so„zlar bilan yuklamalarning o„zgarmasligi ularning m o r f o 
l o g i k belgisiga kiradi. S i n t a k t i k jihatdan esa modal so„zlar ajraluvchilik (ya‟ni kirish so„z 
vazifasida kela oladi), yuklama esa muchalanmaslik (gap bo„lagi bo„la olmaslik) belgisiga ega. 


95 
S e m a n t i k jihatdan modal so„zlar fikrning voqelikka munosabatini ifodalaydi va butun gapga 
taalluqli bo„ladi. Yuklamalar esa ta‟kid, o„xshatish, kuchaytirish kabi qo„shimcha ma‟no ifodalaydi. 
Yuklama ifodalagan ma‟no butun gapga bevosita taalluqli bo„lmay, avvalo o„zi tirkalib kelgan 
bo„lakning ma‟nosini bo„rttirishga xizmat qiladi va shu bo„lak orqali butun gapga taalluqli bo„ladi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling