Morfеmika-morfologiya
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr
АDАBIYOTLАR
1. Mengliyev B.R. Hozirgi o„zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi-2005. 2. Abuzalova M.Q. Hozirgi o„zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so„z turkumlari. (Ma„ruza matnlari). Buxoro-2003. 3. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O„zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b. 4. O„zbek tili grammatikasi. I tom. Morfologiya. Max.muh. G„.A.Abdurahmonov va boshq. T.: Fan, 1972.-610 b. 5. Bahriddinova B.M. Hozirgi o„zbek adabiy tilidan mashqlar to„plami. II qism (Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya), Qarshi, Nasaf n. 2005, 85 bet MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR 1. Leksemalarning ma‟noviy tasnifidagi “ma‟noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasini izоhlаng. 2. Tilshunоslikdа оraliq uchinchi аtаmаsini nimаni аnglаtаdi? 3. Yordamchi so„zlar оraliq uchinchimi? 4. Ko„makchilаrning grаmmаtik mа‟nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng. 5. Bog„lovchilаrning grаmmаtik mа‟nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng. 6. Yuklamalаrning grаmmаtik mа‟nоlаri misоllаr аsоsidа аniqlаng. 15-MA‟RUZA. MAVZU: SO„Z–GAPLAR Rеjа: 1. So„z-gaplar to„plamini ajratish tamoyillari. 2. So„z–gaplar tasnifi. 3. So„z-gaplarning sintaktik xususiyatlari. Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr: mоdаl, undоv, tаsdiq-inkоr, tаklif so‘zlаr, so‘z-gаplаr. So„z-gaplar to„plamini ajratish tamoyillari. O„zbek formal tilshunosligida so„z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo„llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o„rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo„lgan so„z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo„lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o„z qolipi mavjud bo„lgani kabi, so„z-gaplarning ham o„ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo„lishi shart va zarurligi e‟tirof etildi. Bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so„zlardan, yordamchi so„zlardan, sodda yoxud qo„shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar: 1) mustaqil holda gap bo„la olish belgisi; 2) gap tarkibida shu gapning biror bo„lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi; 3) o„ziga xos g„ayrioddiy ma‟noga ega bo„lish belgisi; 96 4)bog„lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi. So„z-gaplar deganda shu to„rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling