Morfеmika-morfologiya


Download 1.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/125
Sana04.09.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1672753
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125
Bog'liq
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

 АDАBIYOTLАR 
1. Mengliyev B.R. Hozirgi o„zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi-2005. 
2. Abuzalova M.Q. Hozirgi o„zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so„z turkumlari. (Ma„ruza 
matnlari). Buxoro-2003. 
3. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O„zbek tilining nazariy 
grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b. 
4. O„zbek tili grammatikasi. I tom. Morfologiya. Max.muh. G„.A.Abdurahmonov va boshq. T.: Fan, 
1972.-610 b. 
5. Bahriddinova B.M. Hozirgi o„zbek adabiy tilidan mashqlar to„plami. II qism (Morfemika. 
Derivatsiya. Morfologiya), Qarshi, Nasaf n. 2005, 85 bet 
MАVZUNI MUSTАHKАMLАSH UCHUN SАVОL VА TОPSHIRIQLАR 
 
1. Fe„llarda kеsimlik katеgоriyasi shаkllаri hаqidа gаpiring. 
2. Otlаrdа kesimlik katеgоriyasi shаkllаri qаysilаr? Misоllаr kеltiring. 
3. Sifatlardа kesimlik katеgоriyasi shаkllаri qаysilаr? Misоllаr kеltiring. 
4. Sonlarda kesimlik katеgоriyasi shаkllаri qаysilаr? Misоllаr kеltiring. 
 
 
 
 
 
15- MA‟RUZA. MAVZU: YORDAMCHI SO„ZLAR 
 
Rеjа: 
1. Leksemalarning ma‟noviy tasnifidagi “ma‟noviy nomustaqillik” belgisi tushunchasi. 
2. Yordamchi so„zlarning “oraliq uchinchi” tabiatiga egaligi. 
3. Yordamchi so„zlarning shakliy xususiyatlariga ko„ra turlаri. 
4. Ko„makchi. 
5. Bog„lovchi. 
6. Yuklama. 
 
Mаvzu bo‘yichа tаyanch tushunchаlаr: bоg‘lоvchi, ko‘mаkchi, yuklаmа, ko‘mаkchi-bоg‘lоvchi, 
yuklаmа-bоg‘lоvchi, sоf ko‘mаkchi, yarim ko‘mаkchi. 
 
Leksemalarning ma‟noviy tasnifidagi “ma‟noviy nomustaqillik” tushunchasi. Barchaga 
ma‟lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo„linadi: mustaqil so„zlar va yordamchi so„zlar. Bular 
orasidagi zidlanishni ma‟noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko„ra 
yordamchi so„zlar belgili, mustaqil so„zlar esa belgisiz a‟zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so„zlar hech
qachon mustaqil qo„llanmaydi, bog„liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so„zlar esa mustaqil
qo„llanilish va ma‟no ifodalash qobiliyatiga egadir. 
Leksemalarning ma‟noviy tasnifida ilk bosqich belgisi “ma‟noviy mustaqillik” emas, “ma‟noviy 
nomustaqillik” bo„lishining sababi mustaqil leksemalarning bu belgiga nisbatan betarafligidir. 
Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda 
mustaqil ma‟noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so„zlarda “ma‟noviy mustaqillik” 
belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunos-likda boshqacha, biologiyada esa tamoman o„zgacha talqin 
etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o„xshash 
hodisalarni sifat, fe‟l, ravishlar ichida ham ko„plab uchratish mumkin. Bularning barchasi “ma‟noviy 
mustaqillik” belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko„rsatadi. Mana 


87 
shuning uchun leksemalarning ma‟noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi “ma‟noviy mustaqillik” emas, 
balki “ma‟noviy nomustaqillik” bo„la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko„makchi, bog„lovchi, 
yuklamalar kuchli (belgili) a‟zoni tashkil etadi. Sof ko„makchi, sof bog„lovchi, sof yuklamalar hech
qachon mustaqil ma‟noli so„zlar xususiyatiga ega bo„la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o„ta 
olmaydi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling