Morfеmika-morfologiya
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko„makchilar yordamchi so„zlarning bir ko„rinishi sifatida.
6-jadval Yordamchi so„z turi Sof yordamchi so„z o„shimchasi- mon yordamchi so„z Yarim yordamchi so„z Ko„makchi kabi, singari, sari, sayin, dovur, uchun, orqali -dek, -day, dayin, -cha old, oldin, orqa, qarshi, avval, bo„ylab, ko„ra, qarab, tomon Bog„lovchi va, hamda, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, agar, go„yo, toki, basharti, garchi, xoh, dam, yoki, yoxud, yo -ki, (-kim), -u, -yu, -da vaqtida, bir, ba‟zan, gоhida Yuklama axir, xatto, faqat, ham, naq, go„yo, go„yoki, atigi -mi, -ku, - gina, -u, - yu, - da, -a, -oq, (- yoq), -dir yolg„iz, ba‟zan, bir Jadvaldan ko„rinib turganidek, yordamchi so„zlar salmog„i mustaqil so„zlar hisobidan ortib boradi. Yordamchi so„zlarning boyishida yana bir yo„l ularning ichki tomondan bir turdan ikkinchi turga o„tishidir, aniqrog„i, “oraliq hodisa” xususiyatiga ega bo„lgan ko„makchi-bog„lovchi, bog„lovchi- yuklamalarning mavjudligi. Masalan, bilan, deb, deya kabilar ko„makchi-bog„lovchilardir. Ushbu ko„makchilarning bog„lovchi vazifasida kelishi ancha keng tarqalgan hodisadir. Ammo lekin bu ishni paysalga solish yaramaydi gapida bog„lovchi-yuklama qo„llanilgan, ya‟ni ammo bog„lovchisi kuchaytiruv yuklamasi vazifasida kelgan. Bugungi kunda yordamchi so„zlarni har tomonlama o„rganish, ularni lisoniy tahlil qilish ishlari tilshunosligimizda davom etmoqda. Ko„makchilar yordamchi so„zlarning bir ko„rinishi sifatida. Turkiy tillarda (jumladan, o„zbek tilida ham) ko„makchilar ko„p yillardan buyon tilshunoslarning tekshirish manbai bo„lib kelmoqda. O„zbek tilidagi ko„makchilarga birinchi bo„lib mukammal ta‟rifni A.N.Kononov bergan: “Ko„makchilar shunday bir gruppa so„zlarki, ular ot bilan yoki ob‟ekt bilan predikat orasidagi qurol – vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo„nalish, o„xshatish kabi munosabatlarning yaratilishida xizmat qiladi”. Sh.Shoabdurahmonov ham o„zining “YOrdamchi so„zlar” asarida ko„makchilarga xuddi shunday ta‟rif bergan: “Ko„mak-chilar ob‟ektning ob‟ektga yoki ob‟ektning predikatga bo„lgan turli grammatik munosabatlarini ko„rsatuvchi yordamchi so„zlardir”. Darhaqiqat, ko„makchilar orasidagi tobe munosabatni ifodalash va kelishik ma‟nolarini aniqlash, to„ldirish uchun xizmat qiladi. Shu xususiyati bilan ko„makchi bog„lovchi va yuklamalardan farq qiladi. Ko„makchilar ma‟no va vazifa jihatidan kelishik qo„shimchalariga yaqin turadi. Shuning uchun ba‟zan kelishik shakllaridan anglashilgan ma‟no ko„makchi bilan ham ifodalanadi (Mashinada keldim - mashina bilan keldim. Ukamga oldim- ukam uchun oldim kabi). Lekin bular kelishik affikslariga qaraganda ma‟noni aniq, konkret ifodalaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling