452 Ertaga yomg’ir yog’sa kerak.
Ushbu gapdagi shart mayli fe’li qanday ma’no ifodalayapti?
A) orzu - istak
B) taajjub
C) gumon
D) xabar
453 Sizga yostiq bersam, bir hordiq chiqarsangiz gapdagi fe’l qaysi maylga xos ma’no
ifodalagan?
A) maqsad
B) shart
C) buyruq-istak
D) xabar
454 Qaysi gapda shart mayli fe’li to’liqsiz fe’l bilan noto’g’ri birikkan ?
A) Imtihonlar boshlanib, o’qishlarga kirib olsam edi .
B) Bir piyola ayron bo’lsaydi, maza qilib ichib olardim .
C) Tog’lar bizga o’z sirlarini ochsa ekan, foydali qazilmalarni qazib olar edik .
D) Barcha gapda shart maylidagi fe’llar to’liqsiz fe’l bilan to’g’ri birikkan .
455 Xohish istak manosini bildiruvchi shart maylidagi fe’l qo’llangan gapni toping?
A) Ertaga kerak bo’lsa albatta topib boraman
B) Lekin qayga bormay, Toshkentga, O’zbekistonimizga tezroq qaytsam deyman
C) Bilsam erdi, ko’rsam erdi, tikoni bossam erdi, tormos bossam jabrini
D) Agar o’z vaqtida kelsangiz, hech qanday fojiya ro’y bermasdi
456 Quyida keltirilgan maqolda ishtirok etgan shart mayli qo‘shimchasi miqdorini
aniqlang.
Birgalashib ovqatlansang - lazzatlanasan, Birgalashib ishlasang - xursand bo‘lasan.
A) 5
B) 2
C) 3
D) 4
457 Biz teatrga bormoqchimiz
Ushbu gapning kesimi qaysi mayldagi fe’l bilan ifodalangan ?
A) buyruq istak
B) ijro (xabar)
C) maqsad
D) shart
458 Berilgan gapdagi fe’l maylini aniqlang
Jahli chiqib yurmasin tag’in
A) shart
B) buyruq –istak
C) ijro
D) maqsad
459 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi
Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ?
A) faraz ,gumon
B) shart
61
C) orzu istak
D) sabab
Do'stlaringiz bilan baham: |