Morfologiya boʻlimiga aloqasi yoʻq birlik berilgan qatorni aniqlang? (1)


Qaysi javobda quyida keltirilgan gapda ishtirok etgan fe’lning vazifa shakllari toʻgʻri koʻrsatilgan?


Download 157.5 Kb.
bet13/19
Sana03.02.2023
Hajmi157.5 Kb.
#1154452
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Savolnoma

Qaysi javobda quyida keltirilgan gapda ishtirok etgan fe’lning vazifa shakllari toʻgʻri koʻrsatilgan? Paxta va zigʻir tolasidan tayyorlangan matolar namlab yoki suv purkab, yaxshi quritmay dazmollanadi.

  1. sof fe’l; 2) sifatdosh; 3) harakat nomi;4) ravishdosh. (97)

1, 2, 3, 4
1, 2, 3
#1, 2, 4
1, 3, 4
Martino oʻsib, ulgʻayib, koʻchadan buvasining qoʻlidan ushlamay oʻtadigan yoshga yetibdi. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifa shakl(lar)i qoʻllanganligini aniqlang.(98)
#ravishdosh, sifatdosh, sof fe’l
ravishdosh, harakat nomi
harakat nomi
sifatdosh, harakat nomi
Qaysi maqolda fe’lning ikki xil nisbat qoʻshimchasi qoʻllangan?(99)
#Oʻylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish.
Qoqilsang, toshdan oʻpkalama!
Aytilgan soʻz - otilgan oʻq.
Bilgan topib gapirar, Bilmagan qopib.
Qaysi javobda faqat qoʻshma fe’llar berilgan?(100)
olib turdi, ishlab chiqarmoq
yozdi-oʻqidi, oʻquvchi emish
#sotib olmoq, bayon etmoq
hormay-tolmay, olib keldi
Toʻliqsiz fe’llar haqidagi toʻgʻri hukm(lar) toʻliq berilgan javobni aniqlang.
1) toʻliqsiz fe’l qoʻshilib kelgan yetakchi fe’l tarkibida zamon qoʻshimchasi boʻladi;
2) shaxs-son qoʻshimchalari toʻliqsiz fe’lga qoʻshiladi; 3) edi, ekan toʻliqsiz fe’llari fe’lning shart mayli shaklidan keyin kelib, orzu-istak ma’nosini ifodalaydi.(101)
1, 2
2, 3
#1, 2, 3
3
Yemoq, demoq fe’llaridan majhul nisbat qay tarzda hosil qilinadi?(102)
Yemoq, demoq fe’llaridan majhul nisbat yasalmaydi
soʻz asosiga -il qoʻshimchasini qoʻshish orqali
#soʻz asosi va majhul nisbat qoʻshimchasi orasida -y tovushini orttirish orqali
soʻz asosi unli tovush bilan tugaganligi uchun -l undoshini qoʻshish orqali
Qaysi qatorda koʻmakchi fe’lli soʻz qoʻshilmasi orttirma nisbat shaklida?(103)
#Kuchli toʻlqin uni oqizib ketdi.
Karima u qizni surishtirib qoldi.
Oʻqituvchi yana intizom haqida gapirib oʻtdi.
Majnuntol kokillari yoʻlni toʻsib turardi.

Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling