Movarounnahr mo'G'ullar istilosi va hukmronligi davrida
Download 91.93 Kb.
|
MOVAROUNNAHR MO\'G\'ULLAR ISTILOSI VA HUKMRONLIGI DAVRIDA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Viloyat boshqarmalari
1. Uezd sudlari - ular mansabdan yuzasidan huquq va burch-larini amalga oshirish, mansabdorlardan jarima undirish bilan bog‘liq mahalliy ishlarni ko‘rib hal qilish, mulk huquqidan mahrum etish, yoki uni cheklash jazosi qo‘llanishi mumkin bulgan jinoiy ishlarni ko‘rib, hukm chiqargan; qiymati 2000 so‘mgacha bo‘lgan da’vo-lar va nizolarni sudga ko‘rish uchun qabul qilgan, 100 so‘mgacha qiy-matga ega fuqorolik ishlarini ko‘rib, uzil-kesil hal etish; sud ter-govini amalga oshirish vakolatlari berilgan.
2. harbiy - sud komissiyalari; - ular harbiy jinoyat tuzugida ko‘rsatilgan vatanga xiyonat qilish, kishilarda hukumatga qarshilik ko‘rsatish hissini uyg‘otish, davlat transportiga hujum qilish, xristianlarni, xristianlikni qabul qilishni istovchi kishilarni va mansabdor shaxslarni o‘ldirish kabi jinoiy ishlarni ko‘rib hukm chiqarar edi. 3. Viloyat boshqarmalari - ular uezd sudlari vakolatiga taalluqli bo‘lmagan fuqarolik ishlarini ko‘rib hal qilish, 1864 yildagi «Sud tuzuklari»ga binoan uezd sudyalari qaror-lari bo‘yicha ariza va xususiy shikoyatlarni ko‘rib, tegishli qaror chiqarish, umumiy qarorlar va 1865 yilgi 11 oktyabrda imperator tomonidan tasdiqlangan «qoidalar» asosida harbiy xalq boshqaruvi mansabdor shaxslarning jinoiy ishlarini, talonchilik, bosqinchi-lik, birovlarning yeriga hujum qilish, o‘t qo‘yish yo‘li bilan mulkka zarar yetkazish, ochiqdan-ochiq hokimiyatga qarshilik ko‘rsatish, soxta pul yasash va uni muomalaga kiritish, davlat mulkini o‘g‘irlash, davlat boshqaruvi qoidalarini buzish, tub aholidan chiqqan mansabdorlar jinoyatlarini ko‘rib hukm chiqarishgan. Turkiston o‘lkasida Rossiya saltanati fuqarolari nufuzining tobora o‘sib borishi ularning manfaatlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘radigan sud idoralarida ayrim o‘zgarishlar kiritishni taqazo etgan. Jumladan, ayrim tumanlarda sudda ish ko‘rish va tergov ishlarini bir kishiga yuklatish maqsadga muvofiq emas deb topilib, bu ishlar alohida-alohida shaxslarga yuklatilgandi. Ayrim uezdlarda (masa-lan, Verniyda hozirgi Olma-otada) rus fuqarolari ishini ko‘radigan sudyalar soni ko‘paytirilgan. Turkiston o‘lkasida savdo-sotiqning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tuzilgan shartnomalarni notarial guvohlantirish, ehtiyojini hisobga olib, general-gubernator Kaufmanning 1880 yil 1 maydan e’tiboran, «Notarial qism haqidagi» Nizomi kuchga kirdi. «Nizom»ga binoan, Toshkent va Verniy shaharlarida notarial idoralar tashkil etilgan. Boshqa shaharlarda esa notariuslik vazifasi tuman sudyalariga katta notariuslik vazifasi esa, viloyat boshqarmalari sud bo‘limi boshliqlari zimmasiga yuklatilgan. Shuni alohida qayd qilish lozimki, Turkiston o‘lkasi viloyatlarini boshqarishda, ularda sud va politsiya hokimiyatini, amalga oshirishda yagona tartibning yo‘qligi, sezilib turardi. Buning sababi o‘lkaning turli mintaqalarida hokimiyatni amalga oshirish turli normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanganligi edi. Sirdaryo va Yettisuv viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi 1867 yildagi «Nizom» loyihasi, Zarafshon okrugi general-gubernator Kaufman tomonidan 1868 yilda tasdiqlangan «Vaqtinchalik nizom» Farg‘ona viloyati 1873 yilda Kaufman tomonidan taklif etilgan «Nizom» loyihasi, Amudaryo bo‘limi 1874 yilda Turkiston general-gubernatori tasdiqlagan «Muvaqqat» qoidalarga binoan boshqarilardi. 1882-1883 yillarda maxfiy maslahatchi Girs boshchiligidagi Turkiston o‘lkasida o‘tkazilgan senat taftishi bu yerdagi boshqaruv sohasidagi kamchiliklar, qarama-qarshiliklar, suiste’molliklarni ochib tashladi. Taftish natijalari chor hukumati Turkiston o‘lkasi-da o‘zining mustamlakachilikni to‘la-to‘kis amalga oshirishi uchun bu o‘lkaning boshqarish tizimida yagona tartib joriy etilishi lozim degan xulosaga kelingan. Shu munosabat bilan 1884 yilda Girs taklifiga binoan, maxsus komissiya tashkil etildi. Mazkur komissiya tomonidan tayyorlangan «Muvaqqat o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizom» loyihasini 1886 yil 12 iyunda Rossiya imperatori tasdiqladi. Mazkur «Nizom» uncha ko‘p bo‘lmagan qo‘shimchalar bilan 1917 yilning o‘rtalarigacha amal qildi. «Nizom»ga ko‘ra ma’muriy-hududiy tuzilishda chor hukumati-ning Turkistondagi hukmronligini yanada mustahkamlash, uni bosh-qarish uchun sarflanadigan davlat mablag‘larini qisqartirish, o‘lka xalqlarini ekspluatatsiya qilish va uning tabiiy boyliklarini talash evaziga keladigan daromadlarni yanada ko‘paytirishdan iborat edi. «Nizom»ga ko‘ra ma’muriy-hududiy tuzilishda katta o‘zgarish-lar qilish ko‘zda tutilmagan edi. Ayni paytda o‘lkadagi chor ma’murlarining vakolatlari birmuncha kengaytirildi. Jumladan, Turkiston general-gubernatoriga Amudaryoning chap qirg‘og‘ida joy-lashgan aholi yashaydigan hududlar bo‘ysundirildi. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan bevosita aloqalar o‘rnatish, ularning fuqarolarini Rossiya fuqaroligiga qabul qilish, qiymatidan qatg‘iy nazar, barcha savdo shartnomalarini, qiymati 30000 so‘mgacha bo‘lgan qurilish ishlarining loyihalari va xarajatlarini tasdiqlash, siyosiy nuqtai nazardan zararli deb hisoblangan tub aholi vakillarini ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan hududlarga 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga surgun qilish, qo‘shni davlatlarning fuqaro-larini (agar ularning amalga oshirayotgan faoliyatini zararli deb hisoblasa) o‘lkadan umuman chiqarib yuborish, rus fuqarolarini Rossiyaning Buxorodagi Siyosiy mulozimi va Amudaryo bo‘limi boshlig‘i taqdimiga binoan, Buxoro va Xivadan badarg‘a qilish, o‘lkadagi ijtimoiy tartibga va aholining osoyishtaligiga xavf tug‘diruvchi odam o‘ldirish, talonchilik, bosqinchilik, hokimiyatga qarshilik ko‘rsatish kabi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ishini harbiy holat sharoitida amal qiladigan qonunlarga binoan harbiy sudda ko‘rib, ularning javobgar qilinishini imperatordan so‘rash kabi qo‘shimcha vakolatlar berildi. «Nizom»da Turkiston general-gubernatori huzurida uning yordamchisi raislik qiladigan Kengash tashkil qilish, unga Sirdaryo viloyatining harbiy gubernatorini, Toshkent shahar sud palatasi prokurorini, xazina, nazorat palatalari, dehqonchilik va davlat mulklari boshqarmasi, Turkiston harbiy okrugi shtabi va general-gubernator devonxonasining boshliqlarini, moliya vazirligining doimiy vakilini doimiy a’zo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlari-ning harbiy gubernatorlarini, ular Toshkent shahrida bo‘lgan payt-larida vaqtinchalik a’zo qilib kiritish ko‘rsatilgan edi. Bundan tashqari, Kengash ishida maslahat ovozi bilan ommaviy xalq iste’mol mahsulotlaridan undiriladigan yigimlar bo‘yicha boshqaruvchi, general-gubernator farmoyishi bilan taklif qilingan shaxslar qatnashsa bo‘lardi. Kengashga qonunchilik sohasidagi barcha masala-larni, mahalliy majburiyatlar xarajatlarini ko‘rib chiqish, ular-ning miqdorini belgilash, xarajatlarning to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilish, ortiqcha xarajatlarga ruxsat berish, yerdan foydala-nish va soliq undirish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, soliqlar haqida takliflar kiritish, general-gubernator nomiga soliqlar masalasi bo‘yicha kelgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish va general-gubernator Kengashda muhokama etilishi lozim deb hisoblangan boshqa masalalarni ham ko‘rib hal etish vakolatlari berilgan. «Nizom»ga va unga keyinchalik kiritilgan qo‘shimchalarga binoan, harbiy gubernatorlarning huquqiy maqomi Rossiya imperiyasi guberniyalari boshliqlarining huquqiy maqomiga tenglashtirildi, ularga o‘z tashabbusi bilan yoki tuman boshlig‘ining bergan ma’lumo-ti bo‘yicha jamoat tartibi va osoyishtaligini buzgan tub aholi vakillarini, unchalik xavfli bo‘lmagan huquqbuzarlikni sodir qilgan mahalliy ma’murlarni 1 oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qamab qo‘yish, bo‘lis boshliqlari saylovi natijalarini tasdiqlash yoki tasdiqlamaslik, bo‘lim boshliqlarini almashtirish va boshqa vakolatlar berildi. Tuman boshliqlari, ularning yordamchilari va hudud pristavlariga janjallashgani, jamoat joylarida shovqin ko‘targani, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganligi uchun tub aholi vakillarini jazolash huquqi berildi: uezd boshliqlari 7 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga qamash yoki 15 so‘mgacha jarima undirish, ularning yordamchilari va uchastka pristavlari 3 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga qamash yoki 3 so‘mgacha jarima undirish huquqiga ega edilar. 1898 yil 10 iyulda «Nizom»ga kiritilgan qo‘shimchaga binoan yuqorida ko‘rsatilgan xatti-harakatlarni sodir qilgan mahalliy aholi vakillarini uezd boshliqlari bir oygacha muddatga qamash huquqi berildi. Turkiston o‘lkasida chor hukumatining mustamlakachilik siyosa-tini amalga oshirishga bevosita aloqador bo‘lmagan mahalliy aholi o‘rtasidagi mulkdan foydalanish, unga egalik qilish, uni tasarruf qilish, olish-sotish, ijaraga berish, hadya etish, oila va nikoh, vasiylik va homiylik, meros, majburiyatlar va hamkorlik bilan bog‘liq munosabatlarini shariat va odat qoidalariga ko‘ra tartibga kiritishga ijozat berildi. Chor Rassiyasi hukmronligi davrida o‘lka huquq tizimida xam bir qator jiddiy o‘zgarishlar yuz berishiga sabab bo‘ldi. qator normativ-huquqiy hujjatlar joriy qilindi. Ulardan "Turkiston viloyatini boshqarish haqida"gi muvaqqat Nizom (6 avgust 1865 y), "Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridagi boshqaruv haqidagi Nizom" loyihasi (1867 y), Zarafshon okrugini boshqarish haqidagi "Muvaq-qat Nizom" (1968 y), "Farg‘ona viloyatini boshqarish haqidagi" "Nizom" loyihasi (1873 y) "Amudaryo bo‘limini boshqarish haqidagi "Muvaqqat qoidalar" (1873 y) "Turkiston o‘lkasini" boshqarish xaqidagi Nizom (12 iyun 1868 y) "Turkiston o‘lkasining qishloq mansabdor shaxslarining huquqlari, burchlari va vakolat doiralari haqidagi" yo‘riqnoma (17 sentyabr 1888 y), "Turkiston o‘lkasidagi sug‘orish ishlarini boshqaruvchi mansabdorlar, uezd boshliqlari, ariq oqsoqollari va miroblarining huquq va burchlari haqidagi yo‘riqnoma (2 avgust 1888 y), "Jinoyatlarni aniqlash va ularni sodir qilganlarni qidirib topish bo‘yicha, Turkiston general-gubernator-ligining politsiya xizmatlariga yo‘riqnoma" (1892 y.) "halq sudya-lariga yo‘riqnoma" (1 dekabr 1892 y) "Natarial qism haqidagi Nizom" (1 may 1880 y); 1864 yildagi "Sud tuzuklari", 1865 yil oktyabrda tasdiqlangan "qoidalar" asosiy huquq manbalari bo‘lib xizmat qildi. Download 91.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling