Moylar va maxsus suyuqliklar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
 
 
 
 



 
KIRISH 
 
O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  maxkamasi  tomonidan  qabul  qilingan 
«Xalq  xo’jaligidagi  ishlab  chiqarishni  zamonaviy  texnikalar  bilan  ta’minlash 
dasturi»ga  binoan  Vatanimiz  ishlab  chiqarish  tarmoqlarini  zamonaviy  chet  el  va 
o’zimizda  ishlab  chiqarilgan  raqobatbardosh  mahsulotlar  va  texnikalar  bilan 
ta’minlash lozim. 
Xalq  xo’jaligi  tarmoqlarining  rivojlanishi, sanoat korxonalarini barchasini 
ta’minlash  borasida  yoqilg’i  energetikasi  –  kompleksining  hissasi  beqiyosdir. 
Yoqilg’i  energetika  kompleksining  asosini  neft  va  gazni  qayta  ishlash  sanoati 
tashkil  etadi.  Xalq  ho’jaligi  tarmoqlarida  mamlakatimiz  va  xorijda  ishlab 
chiqarilgan  neft  mahsuloti  bo’lgan  surkov  moylari  eng  ko’p  ishlatadi.  Ular  motor 
moyi, transmission, plastik moylar, industrial, turbina va hokazo moylar kiradi. 
XXI  asrni  dvigatellar  asri  deb  bejiz  atashmadi.  Haqiqatda,  zamonaviy 
hayotni  transport  vositalarisiz,  kombaynlarsiz,  traktorsiz  va  boshqa  texnikasiz 
tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu texnikalar yuragi esa dvigateldir. 
Ishlab  chiqariladigan  surkov  materiallari  mashina  va  mexanizmlarning 
ekspluatastiya  xususiyatlarini  yaxshilab,  ularni  ishlash  samaradorligini,  ishonchli 
va  uzoq  muddat  ishlashini  ta’inlaydi,  eng  asosiysi  yoqilg’i-energiya  resurslaridan 
oqilona foydalanib, yonilg’i hamda energetik resurslarni tejash imkonini beradi. 
“Moylar va  maxsus suyuqliklar texnologiyasi”   fani  yo’nalishdagi  asosiy  
mutaxasislik    fanlaridan    biri    hisoblanadi.  Ushbu    fanni    o’qitishdan    maqsad 
respublikada  surkov  moy  va  texnologik  suyuqliklar  ishlab  chiqarish  va  ulardan 
oqilona,  tejamkorlik  bilan  foydalanishni  amalga  oshirishdir.  Moylar  va  maxsus 
suyuqliklar  texnologiyasi  fanini  o’rganishda  moylash  materiallari  va  texnologik 
suyuqliklarni sifatiga, ekspluatastion xossalariga asosiy ahamiyat beriladi. 
“Moylar  va  maxsus  suyuqliklar  texnologiyasi”    fanida    neft  va  uni  qayta 
ishlash  usullari,  neftdan  olinadigan  moylar,  moylarni  adsorbstiya  usuli  bilan 
tozalash,  neft    moylari    uchun  qo’ndirmalar  (prisadkalar),  neft  mahsulotlarini 
sifatini yaxshilashdagi qo’ndirmalarni ishlab chiqarish va qo’llash, tovar moylarini 
tayyorlash.  Avtomobillarda  ishlatiladigan  moylash  materiallari,  plastik  surkov 
moylari  va  ularning  kolloid  strukturasi  haqida  qisqacha  ma’lumotlar,  ichki  yonuv 
dvigatellari  uchun  moylar,  avtomobillarda    ishlatiladigan  plastik  surkov  moylari, 
maxsus suyuqliklar, yurgazib yuborish suyuqliklari. Sovitish suyuqliklari. Tormoz 
va amartizator suyuqliklari, neft mahsulotlari sarfini kamaytirish va tejash yo’llari 
bilan  tanishib  chuqur  bilimga  ega  bo’ladilar.             
Ushbu  ma’ruzalar  matnining  asosiy  maqsadi  texnikada,  transport 
vositalarida,  texnologik  jarayonlarda  qo’llanilayotgan  surkov  moylarini  ishlab 
chiqarish jarayonlari, ularning turlari, markalari, ekspluatastion xossalarini baholay 
olishga, foydalanilayotgan surkov materiallari sifati bilan transport vositasining ish 
qobiliyati orasidagi bog’liqlikni aniq tushunishga, neft va neft mahsulotlarini tejab 
oqilona sarflanishining asosiy prinstiplarini bilishga o’rganishdan iborat. 



 
Ma’lum  texnologik    jarayonga  bo’lgan  barcha  talablarni  inobatga  olgan 
holda, tegishli jihoz turini tanlay bilish, shunga tegishli hisob kitoblarni bajarishda 
fanning yordami beqiyosdir. 
Ayniqsa  moylar  va  maxsus  suyuqliklarni  ishlatish  qoidalrini  o’rgatish, 
ularni  o’z  vaqtida  ko’zdan  kechirish,  lozim  bo’lgan  holda,  ularni  qayta  ishlash, 
tejash  bilan  bog’liq  bo’lgan  masalalarni  yechish  va  xizmat  davrini  uzaytirishga 
asos bo’ladi.  
Ushbu  ma’ruzalar matnida surkov moylarining asosiy xossalari, ularni olish 
texnologiyasi qisqacha bayon qilingan. 
Ma’ruzalar 
matni 
5321400-“Neft-gazkimyo 
sanoati 
texnologiyasi” 
yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. 
 
 
 
 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling