Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-MAVZU. KIRISH. NEFT VA UNI QAYTA ISHLASH USULLARI Reja
7 1-MAVZU. KIRISH. NEFT VA UNI QAYTA ISHLASH USULLARI Reja: 1. Fanning o`qitilish maqsad va vazifalari 2. Avtomobil dvigatellarining ishlash sharoiti 3. Neft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi 4. Yonilg`i va moylarning olinishi haqida tushuncha 5. Neft maxsulotlarini tozalash Fanning maqsad va vazifasi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng O’zbekiston avtomobilsozligiga asos solindi va u jadal suratlar bilan rivojlana boshladi. “GM- Uzbekistan” qo’shma korxonasi O’zbekistonni jahondagi 27 ta rivojlangan avtomobil ishlab chiqariladigan mamlakatlar safiga kiritdi va iqtisodiyotimizning rivojiga munosib hissa qo’shmoqda. Avtomobil transportining mustaqil mamlakatimizni xalq xo’jaligini rivojlantirishda respublikamizni korxonalariga, tashkilotlariga va aholisiga ko’rsatayotgan transport xizmati katta ahamiyatga egadir. Transport kompleksini rivojlantirish uni ish unumdorligini oshirishdan iborat. Avtomobillarning mustaxkamligi, ishonchliligi, samaradorligi, uzoq vaqt ishonchli ishlashi asosan uni ekspluatatsiyasida ishlatiladigan materiallarning sifatiga bog’lik. Avtomobil ekspluatatsiyasiga bo’lgan xarajatni 20-30% ni yonilg’i va moy maxsulotlariga bo’lgan harajatlar tashkil etadi. Respublikamizda avtomobillar ishlab chiqarish joriy etilganlishi va mamlakatimizda avtomobillarning soni yildan- yilga oshib borayotganligi munosabati bilan, kelgusida neftni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori sifatli yonilg’i va moylar olish ko’zda tutiladi. Chunki, avtomobil transportini uzoq vaqt ishonchli va samaradorli ishlashi neft maxsulotlarining sifatiga, undan oqilona, tejab-tergab foydalanishga bog’liq. Bundan tashqari energiya ressurslarini chegaralangan sharoitida, ekspluatatsion materiallarni tashib kelish va tarqatishda sarfni me’yorlash va iqtisod qilish, avtomobil parkini kam harajatlar sarflab ushlab turishga yordam beradi. Shu sababli yonilg’i, moylash materiallari va maxsus suyuqliklarni avtomobil ekspluatatsiyasida ishlatilishi, dvigatel ishiga ta’siri, ularning fizik-kimyoviy xossalari, texnikada ulardan oqilona foydalanish xaqidagi fan - Transport vositalarida ishlatiladigan materiallar fanini o’qitilishi talabalarda bu boradagi bilimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi. Hozirgi kunda Transport vositalarida ishlatiladigan materiallar fani bo’yicha davlat tilida adabiyotlarning kamligi sababli, ushbu o’quv qullanma shu fandan birinchi marta o’zbek tilida tayyorlangan ma’ruzalar matni asosida tayyorlandi. Ushbu fanni o´qitishdan maqsad talabalarga transport vositalarida ishlatiladigan materiallar bo´yicha bilim va mahorat olishi, ularning olish usullarini, ishlatilish sohasini, vazifasini va markalarini o´rgatishdir. Mehnat- material va energetik resurslarni ekspluatasiya jarayonida tejashni transport 8 vositalarida ishlatiladigan Yonilg’i-moylash materiallarini tejash, ularni hisobga olish va qayta ishlatish bo´yicha bilim berishdan iboratdir. Oliy ta'lim Davlat standartiga asosan fanni bakalavr tayyorlashdagi vazifalari quyidagilardan iborat: markaziy osiyo hududlarida olinadigan neft haqida tushuncha berishdan; neft mahsulotlarini olish usullarini o´rganishdan; transport vositalarida ishlatiladigan Yonilg’i-moylash materiallarini xossalari, vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan; transport vositalarida ishlatiladigan texnik suyuqliklarni xossalari, vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan; neft mahsulotlarini sarfini kamaytirish, ifloslanishini oldini olish, hisobga olish, ishlatilgan moylarni tozalashni o´rganishdan. Maskur fanning o’rganish uchun iqtisodiy-siyosiy umumta'lim, umum texnikaviy va maxsus muhandislik fanlarini, jumladan materiallar qarshiligi, nazariy mexanika, chizma geometriya, chizmachilik va mashina detallari, konstruktsion materiallar texnologiyasi, o’zaro almashuvchanlik, strandartlash va texnikaviy o’lchashlar, avtomobillarni texnikaviy ishlatish va boshqa fanlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashtirish zarur bo’ladi. Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish davrida ularga texnik xizmat ko’rsatish uchun bo’lajak mutaxassislar avtomobillarning umumiy tuzulishini, agregat, uzel, mexanizmlar va tarmoqlarni tuzilishi, ishlash jarayonlari bilan tanishgan bo’lishi kerak. Zamonaviy avtomobillarga kiritilgan yangi konstruksiyalar va o’zgarishlarni bilishi, ularni ishlashi hamda ishdan chiqqan detallarini yangisi bilan almashtirish va ta’mirlash uchun ularning materiallari va qaysi yig’ma birlikda ishtirok etishini bilish kerak. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling