Avtomobil dvigatellarining ishlash sharoiti
Neft hamda gaz er qobig’ining turli chuqurlikdagi qatlamlarida, turli-tuman
g’ovak va boshqa tog’ jinslari orasida yotadi. Bosim, harorat va ichki o’zgarishlar
ta’sirida neft katta masofalarga siljishi mumkin.
Tashqi ko’rinishiga ko’ra neft o’ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik
bo’lib, turli tusdagi jigar rang ko’rinishga ega. Neftning zinchligi 770-920kg/m3,
yonish issiqligi 43000-45500 kDj/kg.
Neftda uglerod miqdori taxminan 83-86%, vodorod miqdori -12 -14%,
oltingugurt S, kislorod O va azot N miqdori 1-3% dan bo’ladi. Massa bo’yicha
uglevodorodlarning umumiy miqdori 97-98%ni tashkil ètadi.
Tarkibidagi èlementlarning o’xshashligiga qaramasdan turli joydan olingan
neftlarning fizik va kimyoviy xossalari har xil bo’ladi. Bunga sa-bab, uglerod va
vodorod atomlarining o’zaro turli shaklda birika olishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |