Moylar va maxsus suyuqliklar


 Yoqilg’i apparaturasi detallaridagi chiqindilarni hosil bo’lishiga


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   151
4.17. Yoqilg’i apparaturasi detallaridagi chiqindilarni hosil bo’lishiga 
qarshi qo’ndirmalar 
 
Ko’p  zamonaviy  avtomobillarda  gazlar  dvigatel  karteridan  chiqib  chiqishi 
truboprovodlariga  so’riladi.  Qarter  gazlarida  yoqilg’ini  chala  yonish  mahsulotlari, 
yog’  oksidlanishining  mikrotomchilari  va  boshqa  moddalar  bor.  Ularning  chiqish 
truboprovodidan  chiqishi  ishning  buzilishiga  olib  keladi.  Bunday  chiqindilarni 
hosil  bo’lishini  yo’qotish  uchun  benzinlarga  yuvuvchi  qo’ndirmalar  qo’shiladi. 
Ular  yoqilg’i  apparaturasini  kimyoviy  chiqindilarini  yo’qotadi.  Bu  turdagi 
qo’ndirmalar  reaktiv,  dizel  va  og’ir  yoqilg’ilarga  effektivdir.  Yoqilg’i 
oksidlanishidagi  qattiq  fazalarning  hosil  bo’lishini  yo’qotuvchi  dispergentlar 
chiqindining  filtrlardan  oson  o’tishi  va  yoqilg’i  apparatida  oson  parchalanishini 
taminlaydi.  Bunday  qo’ndirmalar  stabilizator  dispergentlar  deb  ataladi.  Oksidlash 
mahsulotlari  yoqilg’ilarda  saqlanishda  va  ko’chirishda  normal  harorat  va  yoqilg’i 
issiganda  hosil  bo’lishi  mumkin.  Og’ir  yoqilg’ilar  uchun  effektiv  dispergatstiya 
qo’ndirmalari  (naftenlar  va  metalsulfonatlari)  azotli  birikmalarda  mavjud.  Bu 
qo’ndirmani  0,1%  qo’shilishi  yoqilg’ini  zarralanishga  moyilligini  pasaytiradi. 
Yoqilg’ilarning  yuqori  haroratda  qizdirishdan  hosil  bo’lgan  zarralar  kam  barqaror 
uglevodorodlar 
va 
nouglevodorodlarni 
oksidlanishidan 
hosil 
bo’lgan 
mahsulotlaridan  tashkil  topgan  bo’lib  metall  korroziyasi  mahsulotlaridan  ham 


60 
 
iborat.  Bu  zarralar  yoqilg’i  filtrlari  va  yoqilg’i  nasoslarini  sirtlariga  va 
forsunkalariga  zarar  etkazadi.  Yuqori  haroratda  hosil  bo’lgan  chiqindilarga  qarshi 
effektiv  usullardan  biri  dispergatstilovchi  qo’ndirmalar  va  stabilizator  – 
dispergentlardir.  Eng  yaxshi  qo’ndirmalar  polyar  polimerlar  orasidan  topilgan. 
Ular,  biri  polyar  gruppaga  ega  bo’lgan  ikkinchi  monomerlarni  sopolimerizastiya 
qilishdan  olinadi  va  ulardan  biri  qo’ndirmalarning  aktiv  xossalarini  tashish  uchun 
va ikkinchisi qo’ndirmalarning yoqilg’ida yonishini taminlash uchun xizmat qiladi. 
Dispergatstiyalovchi  qo’ndirmalardan  xozirgi  vaqtda  foydalana  boshlandi.  Lekin 
shubhasiz  yoqilg’i  ishlab  chiqarishda  yuqori  tovushli  aviastiya  uchun  bu  turdagi 
qo’ndirmalarni ishlab chiqarish juda muhim.  
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling