Moylar va maxsus suyuqliklar


 Moylar uchun qo’ndirmalar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151
4.20. Moylar uchun qo’ndirmalar 
 
Zamonaviy  moylarni ekspluatastiya hossasiga yuqori talablar faqatgina xom 
ashyo tanlash va uni tozalash texnologiyasi orqali to’liq bajarilmaydi. Moylarning 
hossasini  yaxshilash  uchun  tayyorlashni  oxirgi  qismida  ularga  qo’ndirmalar 
qo’shiladi.  Qo’ndirmalar  nafaqat  moylarni  ishlash  hossasini  yaxshilaydi,  balki 
ularning  sarfini  ham  kamaytiradi.  Moylar  uchun  qo’ndirmalar  sifatida  bir  necha 
ming  organik  birikmalar  o’rganilgan  va  qo’llanilgan  lekin  sanoat  ishlab  chiqarish 
va amaliyotda 100 mahsulot va kompozistiyadan ko’p bo’lmaganini olingan. 
Qo’ndirmalarni  sintez  va  ishlab  chiqarish  sanoati  quvvati  dunyo  bo’yicha 
1,5  miln.  tonna/yil  dan  oshadi  va  u  neft  kimyosining  muxim  mustaqil  sohasidir. 
Asosan  ko’p  miqdorda  metalsulfonatlari,  alkilfenol  va  ditiofosfor  kislotalari, 
parafin  uglevodorodlari  va  ularning  tuzlarini  mahsulotlari  ishlab  chiqarilmoqda. 
Birinchi moylar uchun Az NIIЦIATIM – 1 qo’ndirmasi ishlab chiqish 40 chi yillar 
ohirida boshlandi. 
Qo’ndirmalarning  effektivligi  moylarning  tarkibi  va  tabiati  va  ularning 
tozalanishi  darajasiga  bog’liq.  Qo’ndirmalar  turli  va  kostentrastiyasiga  qo’ra 
moylarning  bir  yoki  birnecha  ko’rsatkichlarini  boshqa  ko’rsatkichlarini 
yomonlashtirmagan  holda  yaxshilaydi.  Moylar  uchun  qo’ndirmalar  maqsadi, 
kimyoviy  tarkibi  va  ta’siri  mexanizmiga  ko’ra  sinflanadi.  Qo’ndirmalarning 
kimyoviy  sinflanishi  aktiv  gruppa  va  uglerod  gruppasini  tuzilishi  yoki 
strukturasining  miqdoriga ko’ra  belgilanadi.  Tarkibi bo’yicha  faol  guruh kislorod, 
oltingugurt,  fosfor,  azot,  xlor,  bor  li  qo’ndirmalardan  iborat.  Shuningdek 
molekulasida  2-3  ta  faol  gruppasi  bo’lgan  organik  birikmalar  qo’llaniladi. 
Qo’ndirmalar  shuningdek  metalli  va  nometalli  qismiga  ko’ra  farqlanadi. 
Qo’ndirmalarning  kata  qismi  birinchi  guruxga  tegishli  qo’ndirmalarning  muxim 
xarakteristikalaridan  biri  ularning  qutubliligidir.  Qo’ndirmalar  molekulalarining 
qutubliligi ularning funkstional effektivligi darajasini belgilaydi. Adsorbstion aktiv 
qo’ndirmalarning  ta’sir  qilish  mexanizmi  fazalar  chegarasini  energetik  holatini 
o’zgarishiga  asoslangan.  Bu  o’zgarish  moyda  dispergatstiyalangan  uglerod 
moddalar  va  qattiq  uglevodorodlar  bo’lgan  metall  sirtlari  va  qattiq  qoldiqlar 
xisobiga  sodir  bo’ladi.  Undan  chiqayotgan  qattiq  zarralar  holati  va  hossalaridagi 
farq  qo’ndirmalar  tarkibiga  bo’lgan  talabni  oshiradi,  birinchi  bo’lib  moy  xajmiga 
bevosita  ta’sir  qiladigan  qattiq  moddalar  sozlanadi:  depressor  qo’ndirmalari  – 
qattiq  uglevodorodli  qoldiqlari,  deterogent  –  dispergastiyalovchi  qo’ndirmalar  – 
uglerodli moddalar qoldig’i; 
Ikkinchidan  –  «metall-moy»  fazalari  orasidagi  chegarada  yoki  bevosita 
uning mustaxkamligini adsorbstion pasaytiradigan metallning o’zining sirt hossasi. 


62 
 
Bu  qo’ndirmalarning  ta’siri  neft  mahsulotlarining  qutubliligiga  bog’liq.  Bu  esa 
qo’ndirmaning tashqi ta’sirlarga va suvga xamda moylar tarkibida bo’lgan boshqa 
moddalarga  bo’lgan  sezgirligini  oshiradi.  Adsorbstion  nafsol  qo’ndirmalar 
effektivligi  ularning  moydagi  uglevodorodli  yoki  boshqa  komponentlar  bilan 
kimyoviy  yoki  fizik  ta’siriga  bog’liq.  Antioksidlovchilar  –  kimyoviy  mexanizm 
ta’sirining  xususiy  vakillaridir.  Qo’ndirmalarning  mexanik  ta’siri  ularning  sintez 
yo’nalishi va ularning hossasini o’zgartirishga yo’l qo’yadigan yo’llarni belgilaydi 
(moy bilan aralashishi, sirt aktivligi va boshqalar).   
 
 
 
 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling