Moylar va maxsus suyuqliklar


-Mavzu: TOVAR MOYLARINI TAYYORLASH


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151
5-Mavzu: TOVAR MOYLARINI TAYYORLASH 
 
Reja: 
 
1. Moylash materiallari haqida umumiy ma'lumotlar 
2. Moylash materiallarining asosiy vazifalari 
3. Moylash materiallariga qo`yiladigan ekspluatatsion talablar 
4. Moylash materiallarining sifat ko`rsatkichlari 
 
  
Tovar moylarini asosiy distillyat moylarini bir biri bilan yoki qoldiq moylar 
bilan aralashtirib - kompaundlab olinadi. Yuqori sifatli tovar moylarini olish uchun 
albatta  uni  tarkibiga  qo’ndirma,  ko’pincha  qo’p  funkstiyali  qo’ndirmalar 
kompozistiyasiga  qo’yiladi  Qo’ndirmalarni  moydagi  miqdori  odatda  3-8%  ni, 
ba’zibir moylarda esa 15-17% tashkil qiladi. 
Aralashtirish    -  tovar  neft  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  jarayonining 
muxim  xotimalovchi  bosqichidir.  Bu  bosqichda  yuqori  effektli  texnologik  sxema 
va  boshqarish  sistemalaridan  foydalaniladi,  tovar  moylarini  xossalarini 
yaxshilovchi resteptlar ishlatiladi. 
Tovar  moylariga  bo’lgan  talablarga  binoan  ularni  sifat  ko’rsatkichlarini 
yaxshilash  uchun,  kerakli  komponentlarni  mavjudligiga  qarab  aralashtirishni 
texnik imkoniyatlariga qarab aralashtirishni turli variantlari qo’llaniladi: 
Periodik 
quduqlarda 
(truboprovod) 
qisman 
aralashtirish. 
Periodik 
aralashtirish  bu  eski  usullarga  kiradi.  Bu  usulda  baza  moylari  oldinma-ketin 
rezervuarga  beriladi  va  aralashma  nasos  yordamida  stirkulyastiya  qilib  tarkibi  va 
sifati  bir  xil  bo’lguncha  aralashtiriladi.    Moyni  kerakli    qovushqoqligiga 
erishilgandan  so’ng  rezervuarga  qo’ndirma  beriladi  va  aralashma  isitgich  orqali 
o’tkazilib 6-8 soat aralashtiriladi.  Aralashtirishni periodik  usuli ko’p  mexnat talab 
qiladi  va maxsuldorligi past. Bu usul cheklangan miqdorda tovar moylarini ishlab 
chiqaruvchi  korxonalarda  qo’llaniladi.  Qisman  aralashtirishda  quvurga  barcha 
komponentlar  kerakli  nisbatlarda  beriladi.  Moyni  tarkibi  va  sifatini  kerakli 


63 
 
komponentlarni  yana  qo’shib  meyoriga  etkaziladi.  Bu  usul  tarkibi  o’zgarmas 
bo’lgan komponentlar soni kam bo’lgan moylar   tayyorlashda qo’llaniladi. 
Komponentlarni 
va 
qo’ndirmalarni 
to’xtovsiz 
avtomatlashtirilgan 
stanstiyalar  yordamida  aralashtirish  ancha  effektiv  va  samaradorlidir.  Bu  usulda 
moyni  barcha  komponentlari  aniq  nisbatlarda  va  kerakli  vaqtda  aralashtirgich 
kollektorda kerakli, sifatli tovar moy olinadi. 
Moy  komponentlarini  quvur  ichida  to’xtovsiz  aralashtirish  kampaundlash 
jarayonini  uzluksizligini  ta’minlaydi,  haroratni  pasaytiradi,  moyni  tayyorlash 
vaqtini qisqartiradi. Stirkulyastiya stadiyasini qisqartiradi, komponentlar dozalarini 
aniqligini  oshiradi,  qimmatbaxo  komponentlarni  va  qo’ndirmalarni  sarfini 
kamaytiradi. 
Moy  komponentlarini  quvur  ichida  avtomatik  aralashtirish  stanstiyalarini 
qo’llash qimmatbaxo komponentlarni sarfini 60-70 % ga  qisqartiradi, rezervuarni 
effektivligini  15-20%ga  oshiradi,  rezeruar  parki  10-15%  ga  kamayadi,  elektr 
energiya - 5-15%ga kamayadi. Kapital xarajatlar 1-2  yilda chiqarib olinadi.  

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling