Moylar va maxsus suyuqliklar
Yoqilg’ilarning elektrik xossalarini o’zgartiruvchi qo’ndirmalar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.18. Yoqilg’ilarning elektrik xossalarini o’zgartiruvchi qo’ndirmalar
Uglevodorodlar yaxshi dielektriklardir. Samolyotda toza holda elektr tokini o’tkazmaydigan tayyora yoqilg’isi esa S va N moddalari bo’lgan, metall tuzlari xisobiga oksidlanish mahsulotlariga ega bo’lgani uchun ozgina elektr o’tkazuvchanlikka ega. Bu moddalar musbat yoki manfiy ionga ega bo’lgan uglevodorod aralashmasida bo’ladi. Toki yoqilg’i stastionar holatda ekan, barcha musbat va manfiy ionlar summasi bir-biriga tengdir. Adaptastiya ionlari turboprovod, sig’im, filtr, yoqilg’i nasoslari devorlarida o’rnashib qoladi. Teskari ishorali ionlar yoqilg’ida qoladi. Metall armaturalaridagi, devorlaridagi zaryadlar erga tezda singadi. Yoqilg’idagi zaryadlar esa rezervuarga o’tib qoladi. Statik elektrni hosil bo’lishiga qarshi effektiv choralardan biri yoqilg’iga antistatik qo’ndirmalar qo’shishdir. Ularning ta’siri yoqilg’ilarning elektr o’tkazuvchanligini miqdoriga bog’liq. Natijada hosil bo’lgan zaryadlar erga ulangan rezervuar va truboprovodlar devorlaridan chiqib ketadi. Nisbiy elektr o’tkazuvchanlik reaktiv yoqilg’ilarda odatda 0,1 dan 5-6 pSm ga teng. Agar reaktiv yoqilg’ining nisbiy elektr o’tkazuvchanligi 35-50 pSm gacha oshib ketsa unda statik elektrning zaryadlari tez siyraklashadi va razryad xamda portlash xavfi kuchayadi. Reaktiv yoqilg’ilar uchun antistatik qo’ndirmalar sifatida chet elda ASA – 3 qo’ndirmasi sanoatda ishlab chiqariladi. Qo’ndirma alkilsalistil kislotasini xrom tuzi bilan yantar kislotasi va oktil spirtining sulfolashdan olingan salistiy tuzi aralashmasidan iborat. Stalibizatorlar sifatida launil, metakrilatsteorin va metilvinilpiridin sopolimerlari kiritilgan ASA – 3 qo’ndirmasi yoqilg’ilarda yaxshi aralashadi va ularning ishlash xossasini yomonlashtirmaydi; u portilashlar va yong’inlarni to’liq yo’qotadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling