Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
5 KIRISH O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasi tomonidan qabul qilingan «Xalq xo’jaligidagi ishlab chiqarishni zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash dasturi»ga binoan Vatanimiz ishlab chiqarish tarmoqlarini zamonaviy chet el va o’zimizda ishlab chiqarilgan raqobatbardosh mahsulotlar va texnikalar bilan ta’minlash lozim. Xalq xo’jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, sanoat korxonalarini barchasini ta’minlash borasida yoqilg’i energetikasi – kompleksining hissasi beqiyosdir. Yoqilg’i energetika kompleksining asosini neft va gazni qayta ishlash sanoati tashkil etadi. Xalq ho’jaligi tarmoqlarida mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilgan neft mahsuloti bo’lgan surkov moylari eng ko’p ishlatadi. Ular motor moyi, transmission, plastik moylar, industrial, turbina va hokazo moylar kiradi. XXI asrni dvigatellar asri deb bejiz atashmadi. Haqiqatda, zamonaviy hayotni transport vositalarisiz, kombaynlarsiz, traktorsiz va boshqa texnikasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu texnikalar yuragi esa dvigateldir. Ishlab chiqariladigan surkov materiallari mashina va mexanizmlarning ekspluatastiya xususiyatlarini yaxshilab, ularni ishlash samaradorligini, ishonchli va uzoq muddat ishlashini ta’inlaydi, eng asosiysi yoqilg’i-energiya resurslaridan oqilona foydalanib, yonilg’i hamda energetik resurslarni tejash imkonini beradi. “Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi” fani yo’nalishdagi asosiy mutaxasislik fanlaridan biri hisoblanadi. Ushbu fanni o’qitishdan maqsad respublikada surkov moy va texnologik suyuqliklar ishlab chiqarish va ulardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanishni amalga oshirishdir. Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi fanini o’rganishda moylash materiallari va texnologik suyuqliklarni sifatiga, ekspluatastion xossalariga asosiy ahamiyat beriladi. “Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi” fanida neft va uni qayta ishlash usullari, neftdan olinadigan moylar, moylarni adsorbstiya usuli bilan tozalash, neft moylari uchun qo’ndirmalar (prisadkalar), neft mahsulotlarini sifatini yaxshilashdagi qo’ndirmalarni ishlab chiqarish va qo’llash, tovar moylarini tayyorlash. Avtomobillarda ishlatiladigan moylash materiallari, plastik surkov moylari va ularning kolloid strukturasi haqida qisqacha ma’lumotlar, ichki yonuv dvigatellari uchun moylar, avtomobillarda ishlatiladigan plastik surkov moylari, maxsus suyuqliklar, yurgazib yuborish suyuqliklari. Sovitish suyuqliklari. Tormoz va amartizator suyuqliklari, neft mahsulotlari sarfini kamaytirish va tejash yo’llari bilan tanishib chuqur bilimga ega bo’ladilar. Ushbu ma’ruzalar matnining asosiy maqsadi texnikada, transport vositalarida, texnologik jarayonlarda qo’llanilayotgan surkov moylarini ishlab chiqarish jarayonlari, ularning turlari, markalari, ekspluatastion xossalarini baholay olishga, foydalanilayotgan surkov materiallari sifati bilan transport vositasining ish qobiliyati orasidagi bog’liqlikni aniq tushunishga, neft va neft mahsulotlarini tejab oqilona sarflanishining asosiy prinstiplarini bilishga o’rganishdan iborat. 6 Ma’lum texnologik jarayonga bo’lgan barcha talablarni inobatga olgan holda, tegishli jihoz turini tanlay bilish, shunga tegishli hisob kitoblarni bajarishda fanning yordami beqiyosdir. Ayniqsa moylar va maxsus suyuqliklarni ishlatish qoidalrini o’rgatish, ularni o’z vaqtida ko’zdan kechirish, lozim bo’lgan holda, ularni qayta ishlash, tejash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni yechish va xizmat davrini uzaytirishga asos bo’ladi. Ushbu ma’ruzalar matnida surkov moylarining asosiy xossalari, ularni olish texnologiyasi qisqacha bayon qilingan. Ma’ruzalar matni 5321400-“Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi” yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling