Moylar va maxsus suyuqliklar


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
1-MAVZU. KIRISH. NEFT VA UNI QAYTA ISHLASH USULLARI 
 
Reja: 
1. Fanning o`qitilish maqsad va vazifalari 
2. Avtomobil dvigatellarining ishlash sharoiti 
3. Neft maxsulotlarining kimyoviy tarkibi 
4. Yonilg`i va moylarning olinishi haqida tushuncha 
5. Neft maxsulotlarini tozalash 
 
Fanning maqsad va vazifasi. 
 
Respublikamiz 
mustaqillikka 
erishgandan 
so’ng 
O’zbekiston 
avtomobilsozligiga asos solindi  va  u jadal  suratlar bilan  rivojlana boshladi. “GM-
Uzbekistan”  qo’shma  korxonasi  O’zbekistonni  jahondagi  27  ta  rivojlangan 
avtomobil  ishlab  chiqariladigan  mamlakatlar  safiga  kiritdi  va  iqtisodiyotimizning 
rivojiga munosib hissa qo’shmoqda.  Avtomobil 
transportining 
mustaqil 
mamlakatimizni  xalq  xo’jaligini  rivojlantirishda  respublikamizni  korxonalariga, 
tashkilotlariga  va  aholisiga  ko’rsatayotgan  transport  xizmati  katta  ahamiyatga 
egadir.  Transport  kompleksini  rivojlantirish  uni  ish  unumdorligini  oshirishdan 
iborat.  Avtomobillarning  mustaxkamligi,  ishonchliligi,  samaradorligi,  uzoq  vaqt 
ishonchli  ishlashi  asosan  uni  ekspluatatsiyasida  ishlatiladigan  materiallarning 
sifatiga bog’lik.  
Avtomobil  ekspluatatsiyasiga  bo’lgan  xarajatni  20-30%  ni  yonilg’i  va  moy 
maxsulotlariga  bo’lgan  harajatlar  tashkil  etadi.  Respublikamizda  avtomobillar 
ishlab chiqarish joriy etilganlishi va mamlakatimizda avtomobillarning soni yildan-
yilga  oshib  borayotganligi  munosabati  bilan,  kelgusida  neftni  qayta  ishlashni 
chuqurlashtirish,  yuqori  sifatli  yonilg’i  va  moylar  olish  ko’zda  tutiladi.  Chunki, 
avtomobil  transportini  uzoq  vaqt  ishonchli  va  samaradorli  ishlashi  neft 
maxsulotlarining  sifatiga,  undan  oqilona,  tejab-tergab  foydalanishga  bog’liq. 
Bundan  tashqari  energiya  ressurslarini  chegaralangan  sharoitida,  ekspluatatsion 
materiallarni  tashib  kelish  va  tarqatishda  sarfni  me’yorlash  va  iqtisod  qilish, 
avtomobil  parkini  kam  harajatlar  sarflab  ushlab  turishga  yordam  beradi.  Shu 
sababli    yonilg’i,  moylash  materiallari  va  maxsus  suyuqliklarni  avtomobil 
ekspluatatsiyasida  ishlatilishi,  dvigatel  ishiga  ta’siri,  ularning  fizik-kimyoviy 
xossalari,  texnikada  ulardan  oqilona  foydalanish  xaqidagi  fan  -  Transport 
vositalarida  ishlatiladigan  materiallar  fanini  o’qitilishi  talabalarda  bu  boradagi 
bilimlarni mujassamlashtirishga imkon beradi. 
Hozirgi kunda Transport vositalarida ishlatiladigan materiallar fani bo’yicha 
davlat  tilida  adabiyotlarning  kamligi  sababli,  ushbu  o’quv  qullanma  shu  fandan 
birinchi marta o’zbek tilida  tayyorlangan ma’ruzalar matni asosida tayyorlandi.   
Ushbu  fanni  o´qitishdan  maqsad  talabalarga  transport  vositalarida 
ishlatiladigan  materiallar  bo´yicha  bilim  va  mahorat  olishi,  ularning  olish 
usullarini,  ishlatilish  sohasini,  vazifasini  va  markalarini  o´rgatishdir.  Mehnat-
material  va  energetik    resurslarni  ekspluatasiya  jarayonida  tejashni  transport 



 
vositalarida  ishlatiladigan  Yonilg’i-moylash  materiallarini  tejash,  ularni  hisobga 
olish va qayta ishlatish bo´yicha bilim berishdan iboratdir. 
Oliy ta'lim Davlat standartiga asosan  fanni bakalavr tayyorlashdagi  vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
  markaziy  osiyo  hududlarida  olinadigan  neft  haqida  tushuncha 
berishdan; 
  neft mahsulotlarini olish usullarini o´rganishdan; 
  transport  vositalarida  ishlatiladigan  Yonilg’i-moylash  materiallarini 
xossalari, vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan; 
  transport  vositalarida  ishlatiladigan  texnik  suyuqliklarni  xossalari, 
vazifasi, ishlatilishi va markalarini o´rganishdan; 
  neft  mahsulotlarini  sarfini  kamaytirish,  ifloslanishini  oldini  olish, 
hisobga olish, ishlatilgan moylarni tozalashni o´rganishdan. 
Maskur  fanning  o’rganish  uchun  iqtisodiy-siyosiy  umumta'lim,  umum 
texnikaviy  va  maxsus  muhandislik  fanlarini,  jumladan  materiallar  qarshiligi, 
nazariy  mexanika,  chizma  geometriya,  chizmachilik  va  mashina  detallari, 
konstruktsion  materiallar  texnologiyasi,  o’zaro  almashuvchanlik,  strandartlash  va 
texnikaviy  o’lchashlar,  avtomobillarni  texnikaviy  ishlatish  va  boshqa  fanlarni 
chuqurlashtirish va mustahkamlashtirish zarur bo’ladi. 
Avtomobillarni  ekspluatatsiya  qilish  davrida  ularga  texnik  xizmat 
ko’rsatish  uchun  bo’lajak  mutaxassislar  avtomobillarning  umumiy  tuzulishini, 
agregat,  uzel,  mexanizmlar  va  tarmoqlarni  tuzilishi,  ishlash  jarayonlari  bilan 
tanishgan 
bo’lishi 
kerak. 
Zamonaviy 
avtomobillarga 
kiritilgan 
yangi 
konstruksiyalar  va  o’zgarishlarni  bilishi,  ularni  ishlashi  hamda  ishdan  chiqqan 
detallarini  yangisi  bilan  almashtirish  va  ta’mirlash  uchun  ularning  materiallari  va 
qaysi yig’ma birlikda ishtirok etishini bilish kerak. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling