Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
4.9. Antioksidlovchilar
Eng effektiv antioksidlovchi fenol, amin va aminofenollardan topilgan. Ularni ko’p yoqilg’ilarga 1000 dan bir % da qo’shiladi va ularni ta’sir qilishi oksidlanishni aktivlashtiruvchi radikallarni yo’qotishga asoslangan. Uglevodorod va nouglevodorod oksidlanishi, zanjirni uzulishi yoqilg’ilarni oksidlanish jarayonini to’xtatadi, oksidlanishning indukstion davrini oshiradi. Etillangan aviastiya benzinlarni kimyoviy barqarorlashtirish uchun N oksidfenilamin ishlatiladi. Aniqlanishicha etillangan aviastiya benzinlarni saqlash natijasida TEQ oksidlanadi va cho’kma xosil bo’lishi bilan parchalanadi. Shuning uchun ularni aviastiya benzinlardagi vazifasi TEQ ning oksidlanishini yo’qotishidan iborat. N- oksidifenilamin benzinda yomon aralashadi shuning uchun aralashmani aromatik uglevodorod aralashmasi ko’rinishida kiritiladi. N- oksidifenilaminni konstentrastiyasi aviastiya benzinlarda 0,004 – 0,005% bo’lishi kerak. Avtomobil benzinlari antioksidlovchilar yordamida termik va katalitik kreking komponentlari bo’lgandagina stabillanadi. Antioksidlovchilarning asosiy vazifasi har xil uglevodorodlar oksidlanishini sekinlashtirish, etillangan avtomobil benzinlarida esa TEQ oksidlanishini yo’qotishdan iborat. Neftni qayta ishlash zavodlarida avtomobil benzinlarini barqarorlash uchun quydagi antioksidlovchilar ishlatiladi: N- oksidifenolamin, yog’och – smolali, Fr – 16. Yog’och smolali antioksidlovchilar yog’ochni quruq xaydashdan olinadi. Bu 57 smoladagi antioksidlash hossasi turli fenol hossasini beradi. Uning miqdori antioksidlovchi tarkibida 60% bo’ladi. Antioksidlovchi qo’ndirmalari 150S 0 dan yuqorida qoidaga ko’ra o’z- o’zidan oksidlanadi va parchalanadi. Bunday sharoitlarda kalloid tizim «oksidlanish mahsuloti – surkov moyi» buziladi. Bu jarayon antioksidlovchi bilan boshqarilmaydi balki maxsus kalloid tizm stabilizatorlari dispergentlar bilan boshqariladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling