Moylar va maxsus suyuqliklar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Olish usuli.
Xozirgi kunda sun’iy moylarni ishlab chiqarishga qiziqish ortib bormoqda. Sun’iy moylarni olishning diefir (mukammal efirlarni ikki asosli karbon kislota), polialkenglikolli, polisiloksenli, ftoruglerodli va xlorftoruglerodli usullari qo’llanilmoqda. Mukammal efirlardan, ikki asosli kislota bilan bir atomli spirtni, bir asosli kislotani ko’p atomli spirtga qo’shilishidan moy olish keng tarqalgan bo’lib, diefirlar deyiladi. Har xil glikollar va boshqa xildagi spirtlar etileni oksidi bo’yicha, propilen oksidi yoki ularni aralashmasi yordamida polialkenglikollar olinadi. Polialkenglikollar o’zining strukturasiga asosan uzun zanjirli oddiy poliefirlar bo’ladi. Poliglikol molekulasida bir yoki bir necha bo’sh gidrosil guruxi bo’lishi mumkin. Ularni alkilli efir guruxi bilan almashtirishdan poliglikolli efirlarni olish mumkin. Poliglikol molekulasida har xil radikallar olinadigan maxsulot xossasiga ta’sir ko’rsatadi. Maxsus yog’lash moylari va suyuqliklari sifatida polimer kremniyorganik birikmalari(polisilokan, silikatlar) keng tarqalgan. Ular asosida - kremniy va kislorod atomi ketma ketligida zanjirni hosil qiladi. Kremniy atomining yon tomonidagi zanjirlar uglevodorodli va boshqa organik radikallarni turli xilda biriktiradi. Amaliyotda yog’lash moylarini metilli-radikalli polimerlar hosil qiladi. Metilpolisiloksanlar va etilradikali etilpolisiloksanlar shular jumlasidandir. 75 Uglevodorodni hamma vodorodi ftorli atomlarga almashtirish yo’li bilan ftoruglerodli moylar, vodorod atomini qisman xlor bilan, qisman esa ftor bilan almashtirish orqali xlorftoruglerodli moylari olinadi. Sun’iy moylarni mohiyati va qo’llanishi. Neftdan olingan moylarga nisbatan sun’iy maxsulotlardan olingan motor moylari yaxshi xosslarga egadir. 5-jadvaldagi ma’lumotlarda ularning kamchiligi va afzalliklari ko’rsatilgan. Sun’iy moylarni asosiy afzalligi, ularning neftdan olingan moylarning eng oliy sortlarga qaraganda qovushqoqligining yuqoriligidir. Ba’zi sun’iy moylarning eng yaxshi qovushqoqligi harorat ta’siri, manfiy harorat zonasidadir va shuning uchun past haroratlarda dvigatelni o’t oldirish xususiyati yaxshi. Shimoliy xududlarda sun’iy moylarni ekspluatauion xususiyatlari sovuqda ham neft moylariga nisbatan yaxshiroq bo’lgani uchun keng qo’llaniladi va shu bilan birgalikda ishni haroratlarida xam neft moylariga nisbatan qovushqoqlik ko’rsatgichi 3-5 marta yuqoriroqdir. (sun’iy moylarni 250-300 0 C dagi qovushqoqligiga nisbatan neft moylarining 100 0 C dagi qovushqoqligi), ya’ni yuqori haroratgacha gidrodinamik moylarni va termik turg’unlikni bog’lanuvchanligi kamligi katta bo’lib, siqish darajasi yuqori bo’lgan, yuqori issiqlikdagi dvigatellarda sun’iy moylarni ishchi harorati yuqori bo’lgan avtomobillarda ekspluatatsiya qilish neft moylariga nisbatan ancha yuqori turadi. Neft moylariga nisbatan sun’iy moylarni xizmat davri bir necha marta ko’p bo’lib, dvigatelni holatini yaxshi saqlaydi. Sun’iy moylarni xizmat davri uzoq va kam quyilishidan moy xarajatlaridan 3040%ga kamaytiradi. Dvigatel ishlaganda ishqalanishni optimal kamaytirish xisobiga yonilg’i sarfi ancha kamayadi (4-5%ga). Sun’iy moylar xususiyatini kompozitsion prisadkani qo’shishi bilan oshirish mumkin. Ularni tabiiy neft moylari bilan ham aralashtirish mumkin (sun’iy moyga 30-40% neft moyini aralashtirish mumkin). Bu xolatda moy xossasi buzilmasdan balki uning sifati oshadi, lekin tan narxi bir oz oshadi. Diefir asosida olinadigan moylar yuqori qovushqoqlik indeksiga va past haroratda qotish, bug’lanish kamligi va yong’in xavfi kamligi bilan neft moylaridan farq qiladi. Diefir moylari rezina prokladkalari, shlang va boshqa buyumlarni yumshashiga va shishishiga olib keladi. Poliglikolli moylar neft moylariga qaraganda eyilishga qarshi xossasi va qovushqoqlik harorat tasiri yaxshi, yuqori haroratda (300 0 C) xossasini yo’qotmaydi, metallarni korroziyalamaydi. Poliglikolli moylar efir moylariga nisbatan tabiiy va sun’iy rezinalarda kamroq shish va yumshashni xosil qiladi. Bu moylarning tannarxi baland bo’lganligi sababli amalda kamroq qo’llaniladi. Polioksanlar muzlash xarorati pastligi bilan ajralib turadi, qovushqolik xarorat ta’sirida egri chiziqni hosil qiladi va issiqbardoshdir. Shu bilan birgalikda kimyoviy barqarordir. Bu moylarda po’lat, cho’yan, mis, latun, bronza, qo’rg’oshin va boshqa metallar 150 0 Sda ham korroziyaga uchramaydi. Polisiloksan va ular asosidagi moylarning kamchiligini emirilishga qarshi xususiyati kamligidir. Prisadkalar qo’shish orqali bu kamchilikni yanada kamaytirish mumkin. Moylash 76 materiallari orasida polisiloksanlar kelajagi porlokdir. Hozirgi davrda ular gidrotizmlarda, gidroamortizatorlarda, plastik moylarda va o’lchash uskunalarida keng qo’llanilmoqda. Ftoruglerodli moylar xossasi bo’yicha yaxshi xususiyatga ega: yuqori termik va ishqorlarga inertligi va minimal korroziyaga uchraydi. Bu xususiyatlari ftoruglerodli moylarni ishqalinish aktiv kimyoviy moddalarda atmosfera qatlamida yuqori haroratda ishlatish mumkin. Lekin xlorftoruglerodli moylar yuqori haroratda qaynash bilan yaxshi taCHiflanadi. Bu moylarning qovushqoqlik-xarorat taCHifi va moylash xususiyati yaxshidir, lekin termik turg’unligi yomonrokdir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling