Moylar va maxsus suyuqliklar


Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151
Moy tarkibidagi mexanik aralashmalar va suvning miqdori. 
Prisadkalar  qo’shilmagan  moy  tarkibida  mexanik  aralashmalar  bo’lmasligi 
kerak,  prisadkali  moylar  tarkibida  esa,  massasi  bo’yicha  0,15%  dan  oshmasligi 
lozim.  Chunki  mexanik  aralashmalar  ishqalanib  ishlovchi  qismlar  sirtiga  abraziv 
ta’sir ko’rsatmasligi  kerak. Motor  moyi tarkibida suv bo’lmasligi zarur. Tarkibida 


78 
 
juda  oz  miqdorda  suv  bo’lganda  ham  mayda-mayda  ko’pik  va  èmulsiya  paydo 
bo’ladi va bu qismlar sirtida moy pardasinining mustaxkamligini yomonlashtiradi. 
Qo’shilmalar  (prisadkalar).  Bular  moylar  sifatini  yaxshilash  uchun 
qo’shiladigan  maxsus  moddalardir.  Moyning  qandaydir  bitta  xususiyatini 
yaxshilaydigan  qo’shilmalar  bir  funktsional,  birdaniga  bir  qancha  xususiyatini 
yaxshilaydiganlari kompleks qo’shilmalar deb ataladi. 
Moyning  qovushqoqligini  oshiradigan  qo’shilmalar.  Bu  qo’shilmalar 
qovushqoqligi  kam  bo’lgan  moylarga  qo’shiladi.  Bunday  qo’shilmalar  motor 
moylarining indeksini oshiradi, ya’ni yuqori haroratlarda moyning qovushqoqligini 
oshiradi  va  harorat  pasayganda  qovushqoqligini  kamroq  oshirish  xususiyatini 
beradi. 
Depressor  qo’shilmalar.  Ular  parafin  krisatallarining  o’sishini  to’xtatib 
turadi, buning natijasida moyning qotish harorati 15-20
0
S ga pasayadi. 
Oksidlanishga  qarshi  qo’shilmalar.  Bu  qo’shilmalar  ish  bajarayotgan 
qismlarning korroziyalanishga sabab bo’luvchi kislota va kimyoviy birikmalarning 
hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. 
Yuvuvchi qo’shilmalar. Bu qo’shilmalardan moy ish bajarayotgan paytda uni 
ifloslantiruvchi  muallaq  zarrachalarni  tutib  qolish  uchun  foydalaniladi.  Bunday 
qo’shilmalar qo’shilganda dvigatel detallarining sirtida va moy o’tkazgichlarda lak 
hamda cho’kindilar o’tirishi kamayadi. 
Korroziyalanishga 
qarshi 
qo’shilmalar. 
Ular 
detallar 
sirtida 
korroziyalanishdan saqlaydigan himoya pardasi hosil qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling