Moylar va maxsus suyuqliklar


Me’yorlanadigan  sifat  ko’rsatkichlari


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/151
Sana09.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#264570
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   151
Me’yorlanadigan  sifat  ko’rsatkichlari. 
Motor  moylari,  dvigatellarning  belgilangan  quvvat  va  tejamkorligini,  sifat 
ko’rsatkichlarini  yo’qotmasdan,  ishonchli  va  uzoq  vaqt  ishlashini  ta’minlashi 
uchun,  ular  standartlar  va  texnik  shartlarda  belgilangan  talablarga  javob  berishi 
lozim. 
Kinematik    qovushqoqlik.    Motor  moyining  suyuq  ishqalanishini  ishonchli 
ta’minlay  olish  xususiyatini  xarakterlovchi  muxim  sifat  bo’lsa,  ishqalanuvchi 
sirtlardagi  moy  pardasi  ham  shuncha  mustahkam  bo’lib,  silindrlardagi  porshen 
xalqalarining zichligi shuncha yaxshi va  moy ham shuncha kam kuyadi. Moyning 
qovushqoqligi  harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning  uchun  uning qiymati 
qizigan  dvigatel  uzoq  muddat  ishlaganda  ham  past  haroratlarda  sovuq  holatdagi 
dvigatelni  ishga  tushirganda  ham  suyuq  ishqalanishi  ta’minlaydigan  darajada 
optimal bo’lishi kerak.  
Avtomobil  dvigatellarining  moylash  tizimlarida  qo’llaniladigan  motor 
moylarining  kinematik  qovushqoqligi  100
0
C  da  6-14  mm
2
c  ga  teng.  Harorat 
pasayishi  bilan,  bu  ko’rsatkich  tez  kattalashadi,  minus  20
0
C
   
da
 
1000  mm
2
c  ga 
etishi  va  undan  xam  oshib  ketishi  mumkin.  Kinematik  qovushqoqligi  6-3  mm
2
c 
bo’lgan moy qishda, qovushqoligi 10-14 mm
2
c bo’lganlari yozda ishlatiladi. 
Qotish    harorati.  Bu  moy  oquvchanligini  yo’qotadigan  haroratdir.  Bu 
ko’rsatkich,  ma’lum  darajada  moyning  xaydaluvchanligini  va  dvigatelni  ishga 
tushirish  xossalarini,  uning  ta’sirini  xarakterlaydi.  Yozgi  moylarda  qotish  harorati 
minus  15
0
C  dan  minus  20
0
C  gacha,  qishki  moylarniki  minus  25  dan  minus  30
0

gacha, barcha mavsumda foydalaniladigan moylarning qotish harorati  minus 45
0

gacha etadi. 
Korrozionlik.  Avtomobil  dvigatellarining  korroziya  ta’siridan  eyilishga 
sabab bo’luvchi moyning potentsial xossasi korrozionlik bilan tariflanadi. KaMAZ 
va VAZ avtomobillarida ishlatiladigan motor moylarining yuqori sifatli rusmlarida 
korrozionlik yo’q, boshqa markadagi moylarda 20 gm
2
 dan oshmasligi lozim. 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling