Moylovchi materiallar va Ishqalanish turlari. Reja: Ishqalanish turlari


Moylovchi materiallar va ularning vazifasi


Download 19.03 Kb.
bet2/2
Sana10.11.2023
Hajmi19.03 Kb.
#1763633
1   2
Bog'liq
Moylovchi materiallar va Ishqalanish turlari

2. Moylovchi materiallar va ularning vazifasi.
Dvigatel detallarining ishqalanib ishlashi ularning yeylishiga va qzishiga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal yuzalriga uzluksiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani dvigatellarda moylash tizimi bajaradi. Mashina va mexanizmlarda o‘zaro ishqalanadigan juftlarni moylash uchun moylash materiallaridan foydalaniladi. Moylash tizimi dvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda moy yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi yuzalar qisman soviydi, yeylishi kamayadi va detallarning yeylshishiga sababchi moyga yopishgan zarrachalar moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy keyin filtrlanadi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan kombinatsiyalashgan moylash tizimi qo‘llaniladi. Bunday moylash tizimida zo‘riqib ishlaydigan detal yuzalariga moy bosim ostida majburiy yuboriladi. Qolgan ishqalanuvchi yuzalarga sachratish va tomchi usuli bilan yuboriladi.
Moylash materiallarining asosiy vazifasi ishqalanishni kamaytirish va yeyilish tezligini sekinlatish, qizigan detallarni qisman sovitish, ishqalanish natijasida hosil bo‘lgan qirindilarni yuvish va detallarni korroziyadan saqlashdan iborat.
Ishqalanish deb, bir jismning ikkinchi jism sirti bo‘ylab surilishiga bo‘lgan qarshilikka aytiladi. Ishqilashning 2 turi: sirpanib va dumalab ishqalanishlar bo‘ladi.
Moylash materiallari tashqi korinishiga qarab suyuq moylar va plastik moylarga bo‘linadi. Moylash materiallarning har ikkala turi ham mineral va organik bo‘lishi mumkin.
Mineral moylarning asosiy qismi (90% dan ortig‘i) neftni qayta ishlab olinadi.
O‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan olinadigan moylar organik moylar deyiladi. Organik moylar sof xolda kam ishlatiladi, ular yuqori sifatli plastik moylar tayyorlashda ishlatiladi. Efir va spirt asosida olinadigan sun’iy moylar eng istiqbolli hisoblanadi.
Sun’iy moylarining ekspluatatsion xossalari neft moylariga qaraganda yaxshiroqdir. Sun’iy moylar xususiyatini kompozitsion qo‘shilmani qo‘shish bilan oshirish mumkin. Kremniy organik birikmalar yaxshi xossalarga ega: ularning molekulalari uglevodorodlarnikiga o‘xshash, lekin uglerod atomi o‘rnini kremniy atomi egallagan. Ftor va xlor asosida ham moylash materiallari yaratilyapti.
Ishlatilish sharoitiga qarab moylash materiallari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Motor moylari – IYOD da ishlatiladi;
- Transmission moylar – avtomobil va traktor transmissiyasida ishlatiladi;
- Industrial moylar – stanoklar uchun ishlatiladi;
- Kompressor moylari – asbob va uskunalarni moylash uchun ishlatiladi.
Тurli sharoitlarda ishlaydigan mashina va mexanizmlar uchun har xil moylar ishlatilishiga qaramasdan, barcha moylash materiallariga umumiy talablar qo‘yiladi:
- har qanday moy ishqalanuvchi sirtlarning turli rejimlarida ishonchli ishlashini ta’minlovchi qovushqoqlikka hamda ishqalanuvchi qismlarning yeyilishini sekinlatish uchun yaxshi moylash xossalari ega bo‘lishi lozim;
- barcha moylash materiallari sirtlarni korrozion yemirilish va zanglashda saqlashlari kerak.
- moylar oksidlanmasligi, yuqori haroratli qirindilar xosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi zarur;
- qishda manfiy haroratda dvigatelning oson yurgizib yuborilishini va ishqalanuvchi sirtlarga moy tez yetib borishini ta’minlashi zarur;
Download 19.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling