Mo'ynoq va oqoltin tumani reja
Download 186.61 Kb.
|
MO\'YNOQ VA OQOLTIN TUMANI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Moʻynoq tumani Oqoltin tumani Moʻynoq tumani
MO'YNOQ VA OQOLTIN TUMANI REJA: 1. Mo'ynoq va Oqoltin tumanlarining geografik o`rni va chegaralari 2.Tumanlarning tabiiy sharoiti va resurslariga iqtisodiy-geografik tavsif 3. Mo'ynoq va Oqoltin tumanlarining aholisi, mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari 4.Tumanlar iqtisodiyoti: a) sanoat tarmoqlari, b) qishloq xo`jaligining ixtisoslashgan sohalari, c) transport tarmoqlari, d) ijtimoiy sohalar Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Moʻynoq tumani Oqoltin tumani Moʻynoq tumani - Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimolidagi tuman. 1931-yil 19-sentabrda tashkil etilgan. Amudaryo deltasi, Orol dengizining janubidagi hududlarni egallaydi. Qoraoʻzak, Chimboy, Boʻzatov tumanlari, Krzogʻiston Respublikasining Oqtoʻba, Qiziloʻrda viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 37,94 ming km². Aholisi 28,8 ming kishi (2003). Tumanda 5 ovul fukarolari yigʻini (Boʻzatov, Madali, Tikoʻzak, Uchsoy, Qozoqdaryo), 1 shahar (Moʻynoq) bor. Markazi — Moʻynoq shahri Tabiati. Tuman hududining aksari qismi Orol dengizining qurigan tubi (Orolqum) va Amudaryo deltasidagi kullardan iborat. Tumanning xoʻjalik va madaniy markazi — Moʻynoq shahri Keyingi yillarda deltadagi ilgari suv bosib yotgan ayrim yerlar oʻzlashtirilib, ekinlar ekilmoqda. Qurilish materiallaridan tosh, qum, gil bor. Iklimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,4°, iyulniki esa 26,3°. Vegetatsiya davri 213 kun. Yillik oʻrtacha yogin 105 mm, asosan, bahor va qishda yogʻadi. Tumanda Sudochye, Kavsir, Zokirkoʻl, Sarikoʻl, Shegekda va bir kancha mayda koʻllar bor. Amudaryoning Orolga quyilish qismi ham shu tuman hududida. Tuproklari botqoq-oʻtloqi, allyuvial qayir tuprogʻi. 148,3 ming ga yer oʻtloq va yaylov (asosan, qamishzor). Yovvoyi oʻsimliklardan qamish, qoʻgʻa, chiy, turangʻil, terak, jiyda, yulgʻun, bugʻdoyiq, yantoq va boshqa oʻsadi. Moʻynoq tumani Oʻzbekistondagi hayvonot dunyosiga boy tumanlardan. Baliqning 30 dan ortiq turi bor (zogʻorabaliq, oqmarqa, choʻrtan, laqqa, taran, olabuga, sudak, toʻrta, burge, baqra, pilmay, amur baligʻi, yalpoqburun, chavoq, ilonbosh va boshqalar) Ondatra ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Qushlarning 80 dan ziyod turi (oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, oqqushlar, birqozon, qoʻton, qoravoy, chagʻalay, churalay va boshqalar), sut emizuvchilardan qobon, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, quyonlar bor. Download 186.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling