Mpls texnologiyasi Reja: atm texnologiyasi. Mpls texnologiyasi atm texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana08.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1176767
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ATM texnologiyasi. MPLS texnologiyasi

MPLS texnologiyasi
Belgi yordamida ko‘p protokolli kommutatsiyalashlar (Multi-Protocol 
Label Switching, MPLS – mnogoprotokolniy kommutatsii s pomoshyu metok) 


texnologiyasi ko‘p mutaxassislar tomonidan bugungi kundagi eng dolzarb transport 
texnologiyasi deb hisoblanmoqda. Bu texnologiya virtual kanallar texnikasining 
afzalliklari bilan TCP/IP stekining funksionalligini birlashtirgan. 
Birlashish bitta tarmoq qurilmasi belgilar bo‘yicha kommutatsiyalovchi 
(ulovchi) marshrutizator (Label Switch Router, LSR) deb atalishi tufayli sodir 
bo‘lmoqda, u IP-marshrutizatorining ham vazifasini va shuningdek virtual kanallar 
kommutatorining vazifasini ham bajaradi. Bu ikki qurilmani mexanik ravishda 
birlashtirish emas, qachonki har bir qurilmaning vazifasi bir-birining vazifasini 
to‘ldiradi va birgalikda ishlatiladi. 
Birinchi marta marshrutlash (yo‘nalish tanlash) va kommutatsiyalash (ulashni) 
bitta qurilmada amalga oshirish g‘oyasi 90 yillarning o‘rtasida bozorda IP/ATM 
aralash qurilma paydo bg‘ganda joriy etilgan edi. Bu qurilmalarda yangi texnologiya 
IP-kommutatsiyalash (IP switching) joriy etilgan bo‘lib, unda IP- paketlarni tarmoq 
orqali xarakatlanishini tezlatish muammosini IP va ATM stek protokollarining 
birgalikdagi xarakati orqali yechilgan. Shu vaqtda IP protokoli ko‘pincha ATM ning 
yuqori qatlamida ishlagan, bunda provayder tarmog‘idagi chegaraviy IP-
marshrutizatorlar o‘rtasida ATM kanallari axborotlarni tez uzatish uchun ishlatilgan 
(ko‘pincha kafolatlangan o‘tqazish imkoniyatini va QoS quvvatlashida), shu bilan u 
oraliqdagi magistral IP- marshrutizatorlarni ―aylanib g‘tishII yoki ―taajjubda 
qoldirishII ni amalga oshirgan. O‘sha vaqtning IP- marshrutizatorlari ATM 
kommutatorlaridan ancha sekin ishlagan, shuning uchun bunday ―taajjubda 
qoldirish dan samara jiddiy bo‘lgan. Biroq bu usulning kamchiligi bo‘lgan edi – u 
qisqa vaqtli oqimlar uchun yomon ishlagan, chunki ATM da dinamik ulanishlarning 
o‘rnatilish vaqti ularda shu oqimning axborotlarini uzatish vaqti bilan bir xil yoki 
undan oshiq bo‘lgan. 
IP va ATM vazifalarining bir qurilmada birlashishi bu muammoni hal qilish 
imkonini berdi va shu bilan bir qatorda marshrutlashtirish protokollarini 
takrorlanishini bartaraf etdi, chunki ikki stek uchun (ya’ni IP va ATM) tarmoq 
topologiyasi bir xil bo‘lgan. 


IP-kommutatsiyalash texnologiyasi aloqa operatorlari tomonidan darrov qabul 
qilindi va ommaviy bo‘lib qoldi. Bir necha firma texnologiyalarining variantlari 
asosida turli kompaniyalarning mutaxassislaridan tashkil topgan IETF ishchi guruhi 
90 yillarning oxirida MPLS texnologiyasini yaratdilar. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling