Mpls texnologiyasi Reja: atm texnologiyasi. Mpls texnologiyasi atm texnologiyasi
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ATM texnologiyasi. MPLS texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-rasm. MPLS tarmoqlarining buzilishga barqarorlik mexanizmi.
- Tugunni himoyasi.
- Nazorat savollari
MPLS buzulishga barqarorligi. MPLS bir necha buzilishga barqarorlik
mexanizmlarini ishlatadi yoki SDH texnologiya atamasida – tarmoqning qandaydir elementida buzilish sodir bo‘lgan holda yo‘nalishni avtomatik himoyalangan ulanishi sodir bo‘ladi: LSR interfeysi, aloqa yo‘li yoki LSR ning g‘zi. Bu mexanizmlarni 8-rasm namoyish etadi, unda LER1 va LER2 qurilmalarini LSR1 va LSR4 orqali ulanishini LSR 1 ning asosiy yo‘li ko‘rsatilgan. 8-rasm. MPLS tarmoqlarining buzilishga barqarorlik mexanizmi. Bugungi kungacha MPLS tarmoqlarida buzilishga barqarorlikning uchta mexanizmi standartlashtirilgan. Aloqa yo‘lini himoyasi. Bunday himoya ikki LSR qurilmasi orasidagi bevosita ulangan aloqa yo‘llarida tashkillashtiriladi. Bu ikki qurilma orasidagi aylanib g‘tuvchi yo‘l shundek quriladiki, buzulish sodir bo‘lganda aloqa yo‘lini aylanib g‘tish mumkin bo‘lsin. -rasmda shu tariqa LSR1- LSR4 aloqa yo‘llari LSR1-2 orqali LSR3 aylanib g‘tish yo‘li hisobiga himoyalangan. Bunday himoyalashni tashkil etish uchun belgilar shajarasi ishlatiladi: yo‘lning aylanib g‘tish qisimida LSR1 yo‘lning asosiy belgisi stekka kirgiziladi va LSR1-3 yo‘l belgilarining yangi bosqichi aylanib g‘tish yo‘lining oxiriga yetib borguncha ishlatiladi. So‘ng LSR4 ikkinchi bosqich belgilarini olib tashlaydi va asosiy bosqich belgilarini yo‘lni davom ettirish uchun ishga tushuradi. Tugunni himoyasi. LSR1-3 aylanib g‘tish yo‘li shunday o‘rnatiladiki, buzilgan LSR qurilmasini aylanib g‘tiladi, bizning misolimizda bu LSR4 qurilmasi. Yo‘lni himoyasi. Tarmoqda asosiy yo‘lga qo‘shimcha xuddi shu LER qurilmalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkaziladi, lekin imkoni boricha LSR qurilmalari orqali g‘tuvchi va asosiy yo‘lda aloqa yo‘li uchrashmaydigan qilib o‘tkaziladi. Rasmda bu LSR1-1 zaxira yo‘lidir. Ushbu mexanizm eng universal, ammo eng sekin ishlovchidir. Ikki yuqoridagilari esa, ular tezligi bo‘yicha SDH himoyasi bilan taqqoslasa bo‘ladi va ulanishlarni taxminan 50 ms atrofida ta‘minlaydi, shuning uchun tez yo‘nalish o‘zgartiruvchi nomini olgan (fast re-route). Biz MPLS texnologiyasining asosida yotuvchi tamoyillarni qisqacha ko‘rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda MPLS ni amaliy jixatdan qo‘llanadigan bir necha sohalari mavjud, ularda bu tamoyillar kerakli vazifani bajarishi uchun ma‘lum xususiyatli mexanizmlar va protokollar bilan to‘ldirilgan. Quyida MPLS eng ko‘p tarqalgan sohalari keltirilgan: MPLS IGP. Ushbu holda MPLS texnologiyasi faqat yo‘nalish bo‘ylab ketayotgan standart ichki shlyuzli marshrutlashtirish protokollari tanlagan (IGP) tarmoq darajasidagi paketlarni harakatlanishini tezlatish uchun ishlatiladi. Odatda yo‘nalish tanlash uchun OSPF va IS-IS marshrutlashtirish protokollari qo‘llanadi, LSR qurilmalari o‘rtasida belgilar LDP protokollari orqali taqsimlanadi. Lekin hozirda tez ishlovchi marshrutizatorlarning yaratilishi munosabati bilan g‘zining dastlabki dolzarbligini yo‘qotdi. MPLS TE. Bu xolda yo‘lni belgilar bo‘yicha kommutatsiyalash marshrutlashni rivojlantirilgan protokollari OSPF va IS-IS asosida trafik injenering (Traffic Engineering, TE) masalasini yechish uchun ishlatiladi. Bu protokollarda g‘lchov sifatida zaxiralashga yetarli aloqa yo‘lining g‘tqazish imkoniyati ishlatiladi. Bu ish tartibini ishlatish uchun LSR yangi yo‘lini o‘tkazishdagi har bir so‘rovda shu yo‘lga zaxiralash uchun zarur bo‘lgan o‘tkazish imkoniyatini ko‘rsatish kerak bo‘ladi. MPLS TE texnikasi nafaqat tarmoqning barcha resurslarini ratsional va muvozanatlashtirilgan yuklanishini ta‟minlab qolmay, lekin yana QoS kafolatlangan ko‘rsatgichlar bilan transport xizmatlarini havola qilish uchun yaxshi asos ham yaratadi. CSPE protokoli tanlagan yo‘lni hosil qilish uchun RSVP TE protokoli xizmat qiladi. Yana shuningdek yo‘l tanlashni tashqi optimal rejalashtirish tizimi yoki to‘liq qo‘l yordamida amalga oshirish ham mumkin. MPLS VPN. Bu qo‘llanish soxasida tarmoqdan foydalanuvchilar o‘rtasida trafikni chegaralash orqali xususiy virtual tarmoq (Virtual Private Network, VPN – virtualniye chastniye seti) xizmatlarini havola qilishi mumkin. O‘z nomi virtual xususiy tarmoqdan kelib chiqadiki, u qandaydir qilib real xususiy tarmoq xususiyatlarini hosil qiladi. Xususiy tarmoq to‘liq bitta mulk egasiga tegishli bo‘ladi (korxona, kompaniya), u boshqa tarmoqlardan ajratilgan, demak u quyidagi xususiyatlarga ega: yuqori xavfsizlik, ega bo‘lish, bashorat qilsa bo‘ladigan o‘tkazish imkoniyatli, manzil va nom tanlashda mustaqillik kabilar. VPN texnologiyasi bir necha korxonalar bilan birgalikda ishlatilayotgan tarmoqda (masalan, provayder tarmog‘ida), sifati bo‘yicha xususiy tarmoq servislariga yaqin servisni hosil qilishga imkon beradi. Bir necha VPN texnologiyalari mavjud, ulardan bittasi masalan, trafikni shifrlashga asoslangan. MPLS VPN ushbu variantida virtual kanallar texnikasi qo‘llaniladi, paketlarni kommutatsiyalashli ommabop tarmoq infrastrukturasida xususiy tarmoq xususiyatlarini tashkil qilish tamoilini kafolatlaydi. Bu quyidagi bilan tushuntiriladi, IP dagidek deytogammali tarmoyqlardan farqli (Internet ham IP ga asoslangan), ularda har bir tugunga har bir tugun bilan muloqot qilishga ruxsat etiladi, virtual kanalli tarmoqlarda esa tugunlar bilan muloqot mumkin, agarda ular o‘rtasida virtual yo‘l o‘tkazilgan bo‘lsagina. Bunday turdagi VPN ni tashkil etish uchun Frame Relay xizmatlari keng ishlatilgan edi, hozirgi vaqtda esa bu maqsadda MPLS xizmatlaridan foydalanilmoqda. Nazorat savollari: 1. ATM texnologiyasi xaqida aytib bering. 2. ATM ning virtual kanallari xaqida aytib bering. 3. ATM xizmatlar toifasi. 4. MPLS texnologiyasi xaqida aytib bering. 5. MPLS texnologiyasini buzulishga barqarorligi. 6. MPLS texnologiyasini aloqa yo‘lini himoyasi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling