Mpls texnologiyasi Reja: atm texnologiyasi. Mpls texnologiyasi atm texnologiyasi
-rasm. Uzluksiz jarayonni diskret modulyatsiyalash
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
ATM texnologiyasi. MPLS texnologiyasi
1-rasm. Uzluksiz jarayonni diskret modulyatsiyalash.
Dastlabki uzluksiz funksiyaning amplitudasi berilgan davrda g‘lchanadi – buning xisobiga vaqt bo‘yicha diskretlash sodir bo‘ladi. So‘ng har bir g‘lchash ma‘lum razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi, bu qiymatlar bo‘yicha diskretlashni bildiradi – amplitudaning uzluksiz ko‘p bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiymatlarini uning diskret ko‘p qiymatlari bilan almashtiriladi. Tovushni sifatli uzatish uchun tovush tebranishlarining amplitudasini kvantlash chastotasi 8000 Gs li ishlatiladi (vaqt bo‘yicha diskretlash 125 mks oraliqda). Amplitudani bitta g‘lchashini ifodalash uchun ko‘pincha 8 bitli kod ishlatiladi, bu tovush signalini 256 nuqtada g‘lchash imkonini beradi (qiymati bo‘yicha diskretlash). Bu holda bitta tovushli kanalni uzatish uchun 64 Kbit/s li o‘tkazish imkoniyati bo‘lishi zarur. Bunday tovushli kanalni raqamli telefon tarmoqlarining elementar kanali deb ataladi. Uzluksiz signalni raqamli ko‘rinishda uzatish tarmoqlardan ikki g‘lchashlar orasidagi vaqt 125 mks bo‘lgan oraliqqa qatiy rioya qilinishini talab etadi, aks holda dastlabki signal noto‘g‘ri tiklanadi va bu esa raqamli tarmoqlardan uzatilayotgan tovushni, tasvirni yoki boshqa multimediali axborotlarni buzilishiga olib keladi. G‘lchashlar orasidagi vaqt bo‘yicha 200 mks ga surilish talaffuz qilinayotgan so‘zlarni tanib bo‘lmas holatga olib keladi. Shu bilan birga o‘lchamlardan birini yoqotilsa va qolgan g‘lchashlar orasidagi sinxronlash saqlab qolinsa amaliy jihatidan tovushni hosil qilishga ta‘sir etmaydi. Bu raqam-analog o‘zgartiruvch qurilmaning silliqlashini xisobiga sodir bo‘ladi, uning ishi har qanday signalning inersionligiga asoslangan – tovush tebranishlarining amplitudasi juda tez qisqa vaqtda katta qiymatga o‘zgara olmaydi. Umuman tarmoqda vaqt bo‘yicha paketlarni yetkazish aniqligiga navbatlarning ta‘sirini ifodalovchi ko‘rsatgichlarni, xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatgichi (Quality of Sevice, QoS) deb ataladi. Bu ko‘rsatgichlarga odatda quyidagilar kiradi: • paketni yetkazishdagi ushlanish (tovush uchun 150 ms dan ortiq emas); • paketni yetkazishdagi surilishlar (80 – 100ms dan ko‘p bo‘lmasligi); • paketlarni navbatda yo‘qolish ulushi (1 % dan kam bo‘lishi). QoS ko‘rsatgich talablarini ta‘minlash usullaridan biri ushlanishlarga sezgir trafikni uzatuvchi paketlarga (kadrlar, yacheykalar) ustunlik bilan xizmat ko‘rsatish. Bugungi kunda navbatlarni ustunliklarga qarab tashkil qilinishini IP- marshrutizatorlari tomonidan ham va shuningdek Ethernet kommutatorlari tomonidan ham quvvatlanadi. Loyihalashtiruvchilarning ATM yacheykalarining uncha katta bo‘lmagan o‘lchamli va qayd qilingan qilib tanlashlarining sabalaridan biri ustunlikka ega yacheykalar uchun navbatda kutish ushlanishini kamaytirishga urunishdan iborat. Gap shundaki, tarmoqlarda axborotlarni uzatishda nisbiy ustunlik bilan xizmat ko‘rsatish algoritmi joriy etiladi, shunga mos ravishda eng yuqori ustunlik bilan tugunga kelgan yacheyka navbat boshiga Jo‘natilsa ham, hozirda ishlov berilayotgan yacheykaning uzatilishini tg‘xtatmaydi, uning uzatilib bo‘lishini kutadi. Shunday qilib, kam ustunlikka ega bo‘lgan uzun yacheykalarning mavjudligi, xatto eng yuqori ustunlikka ega yacheykalarning navbatda juda uzoq vaqt kutishiga olib kelishi mumkin. Boshqa sababi axborotlarni yetkazishdagi ushlanishning yana bitta tashkil etuvchisini chegaralashga qaratilgandir – paketlashtirishdagi ushlanishdir. Paketlashtirishdagi ushlanish vaqti teng, tovushni birinchi g‘lchanishi paketning butkul hosil qilinish vaqtini va uni tarmoq bo‘ylab uzatilishini kutishdan iborat. 2-rasmda bu ushlanishning hosil bo‘lish mexanizmi keltirilgan. Rasmda tovush kodeki ko‘rsatilgan – qurilma, tovushni raqamli shaklda havola qiladi. Mayli, u tovushni standart 8 KGs (yani xar 125 mks dan so‘ng) chastotaga mos ravishda har bir g‘lchashni bir bayt axborot bilan kodlashtirish orqali amalga oshirsin. Agarda biz tovushni uzatish uchun Ethernet kadrining maksimal o‘lchamini ishlatsak, u holda bitta kadrga 1500 ta tovushni g‘lchangan qiymati sig‘adi. Natijada Ethernet kadriga joylashtirilgan birinchi g‘lchash tarmoqqa kadrni Jo‘natilishini (1500 - 1) 125 = 187 375 mks kutishga majbur bo‘ladi, yoki 187 ms atrofidagi vaqt davomida kutadi. Bu tovush trafigi uchun juda katta ushlanishdir. Standartning takliflari 150 ms kattalik ustida tovushni maksimal ruxsat etilgan jamlangan ushlanish haqida gap yuritadi, unga paketlashtirishdagi ushlanish qo‘shiluvchilardan biri sifatida kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling