Mt-1/21guruh talabasi Allanazarova Shaxnozaning Bolalarda kitobxonlikni rivojlantirish fanidan tayyorlagan slaydi
Download 52.55 Kb.
|
òzb xalq ertaklari kitobxonlik shaxnoza
“Ertak” atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan “Devonu lug`atit turk” asarida “etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda ifodalash ma`nosini bildiradi. Ertak so'zining lug'aviy ma'nosi — aytish, aytmoq, hikoya qilmoq ma'nolarini bildiradi. Ertak Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida «matal», Buxoro viloyatining ba'zi tumanlarida «ushuk», Toshkent shevasida «cho'pchak» atamasi bilan nomlanadi. Bundan tashqari, о'zbeklar orasida ertakning hikoya, afsona, о'tirik, tutal kabi atamalari ham uchraydi. Ertaklar hayvonlar haqidagi ertaklar, bahodirlik ertaklari, sehrli- fantastik ertaklar, sarguzasht ertaklar, tarixiy va ijtimoiy-maishiy ertaklar singari guruhlarga ajratiladi.
O'zbek xalq ertaklari, odatda, saj' (nasrdagi qofiya) usulida yaratiladi vа «Воr ekan- da, уо'q ekan, och ekanda, to'q ekan...» singari an'anaviy kirish bilan boshlanadi hamdа «... murod-maqsadlariga yetibdilar», degan an'anaviy tugallanma (xulosa) bilan yakunlanadi. Ertaklarda xalqning badiiy ijodga, boy taxayyuloti (fantaziyasi)ni ifodalashga intilishi aks etadi. Zero, hayotdagi buyuk kashfiyotlar ham, odatda, to'qimalardan, ijodiy tasavvurdan yaraladi. «Uchar gilam», «Zangori gilam» kabi mashhur xalq ertaklaridagi qahramonlar bundan minglab yillar oldin osmonga ko'tarilish, parvoz qilishni orzu qilib, ko'z ilg'amas masofalarni uchar gilamlarda bosib о'tgan edilar. Masalan, uchar mashina — samolyot ayni ana shu sehrli ertak mahsuli, ertaklardagi uchar gilamning hayotdagi aksidir. Albatta, uchar gilam bilan samolyot о'rtasida yer bilan osmoncha farq bor, lekin bunda insonning ko'kka parvoz qilish haqidagi asriy orzu- lari ro'yobga chiqdi.
Download 52.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling