Muallif: Mahmudjon Sayfiddinov


Mulozim: -Tasanno, olampanoh. Humoyun


Download 56.84 Kb.
bet3/8
Sana23.12.2022
Hajmi56.84 Kb.
#1045583
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomiga ssenariy

Mulozim:
-Tasanno, olampanoh.


Humoyun:
Ahli mashvarat, hazrat Navoiyning fikrlaricha, hurmat va ehtirom bilan ta’zim bajo keltirib yog’och kosada bo’lsa ham, o’zbek
qo’lidan uzatilgan qimiz tahsinga loyiqdir. Yana bir g’azallarida o’zbek kiyib yuradigan yaktak va qalpoqni podshohlarning toj-u
taxtidan ham ustun qo’yadi.
Shoh-u toju hil’atekim men tamosho qilg’ali
O’zbegim boshida qalpoq, egnida shirdog’i, bas.…


(“Fido” raqsi)

Mulozim:
--Olampanoh, Sulton Muhammad Hofiz otlig’ bir zot huzuringizga muntazir.


Bobur:
--Kim ul , qaydin kelibdur.?
--Toshkanddin, olampanoh. Siz zoti sharifingizni ziyorat etmoq niyatida kelibdurlar.
--Toshkanddin? Ayting, kirsin. Mavlono Forig’iy, bu zot kim bo’lsa ekan? Sizning hech eshitganingiz bormi?
--Olampanoh, sizni yo’qlaguvchi bu zot Movarounnahrning mashhur allomalaridan biri bo’lur.
“Ko’ykiy” taxallus qilibdur, deb eshitganim bor.
--7 iqlimning shamsi anvori, zarofatlig’ podshohimiz Zahiriddin Muhammad Bobur mirzo hazrati oliylariga
duoyu ehtiromlarimiz
bo’lg’ay. Assalomu alaykum, olampanoh.
--Vaalaykum assalom, xush kelibsiz. Marhamat, o’tiring. Ziyoratingiz olloh dargohiga qabul bo’lg’ay.
--Qulluq, olampanoh.
--Ilohi omin, shohimizning umrlari uzun, davlatlari ziyoda bo’lsin.
--Mening betakalluf tashrifim olampanohga g’alati tuyular. Mening ishim yo’l yurmoq., dunyo kezmoq.
Bu safar ona diyoringiz, ko’z ochib ko’rgan yurtingizdan duoyi salomlar keltirdim. Yurtingizning tabarruk
yodi muborak xotiralaridan ko’tarilmagan bo’lsa kerak.?
--Ul chamanning latofatlarini nechuk kishi unutgay.?! Unutgan kishining ko’zlariga tiriklayin tufroq to’lmasmu?
--Inson kindik qoni to’kilgan yurtni hargiz unuta olmas.Xotiringiz jam bo’lsin Ul diyorlarda muborak nomingizni
hanuz yod eturlar.
--Olis yo’l toliqtirmadimi sizni?
--Yo’q, yo’q. Darvoqe, sizga atalmish bir omonatni topshirmoq menga qiyomat qarz.
“Nasoyimul muhabbat”?! Mir Alisherbekning tabarruk bitiklari-ku.
--Ha, olampanoh. Nechog’ go’zal san’at. Muhabbat nasimi kelgan yutrga jon sadqa bo’lsin.
Alisherbek benazir zot erdi. Har daf o’qub hayrat qilamenki, turkiy tilde ash’orni hech kimsa ul
hazratdek ko’p va xo’p aytgan emas.
--Yaxshi kitob kishi ruhining jon ozig’i.
--Choy keltiring, suhbatimiz uzoq davom etgusi , inshoolloh.
Keling, ustoz g’azallaridan tinglaylik.Dargohimizda g’azallarni g’oyat go’zal o’qiguvchi tolibi ilmlar
borki, alarming diltortar xushovozlari Navoiy bitiklari ila hamohangdir.



Download 56.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling