Muallif: Mahmudjon Sayfiddinov


Chopar qovun olib kiradi. Bobur qovunni oladi va uni uzoq hidlab


Download 56.84 Kb.
bet7/8
Sana23.12.2022
Hajmi56.84 Kb.
#1045583
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomiga ssenariy

Chopar qovun olib kiradi. Bobur qovunni oladi va uni uzoq hidlab:

--Rahmat, men bu qovunning isida o’z Vatanimni , Andijonimni his qildim.Siz mening xasta dilimni g’oyat shod
etdingiz.

Hijron qafasida jon qushi ram quladur,

G’utbat bu aziz umrni kam qiladur.

Ne nav’ bitay firoqu g’urbat sharhini

Kim ko’z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.

Bormi ekan hech nima olamda hijrondin yamon. Har nekim ondin yamonroqdur budur ondin yamon.

Yig’laydi. “Yaxshilik: qo’shig’i

Humoyin: --Otajon, ne bo’ldi? Bardam bo’ling.(Suyaydi)

Bobur:

-Tohirbek, Juzdonni keltiring. (Tohirbek yangi muqovqlangan Qo’lyozmani olib, Boburga beradi.

-Badaxshonda “Vaqoiy”ni so’ragan eding.Mana, yozib tugatdim, ol.(Humoyun kitobni olib peshonasiga surib
o’paq ekan, ko’zlaridagi yosh tomchilari kitobga tushadi.)

Sendan iltimosim shuki, bu kitobni avlodlaring ham o’qisin.Undan nusxalar ko’chirtirib, Samarqandga,
Toshkentga, Andijonga munosib odamlarga yuboring.

Humoyun:

-Padari buzrukvor, siz saltanatni menga bermoqchi bo’libsiz. Lekin ishoning, men bu toj-u taxtdan sizning
bir nafaslik umringizni afzal bilurmen!

Bobur:

-Men sizdan rozimen.Ishimni davom ettiring. Toki avlodlar Buyuk temuriylar saltanatining shon-u shuhratini
faxr ila yodga olib yursinlar.

Bobur g’azal va ruboiylari aytiladi

Parda yopiladi.

Keyingi sahna “Navoiy va Boburning g’oyibona uchrashuvi”

Parda ochiladi. Bobur va Navoiy sahnada.

Bobur:

-Assalomu alaykum, ustoz.

-Vaalaykum assalom, mavlono.

-Siz bilan uchrashganimdan juda minnatdormen.

-Men ham sizning asarlaringiz bilan tanishmen, mavlono.

-Men sizning devoningizni qo’ldan qo’ymay o’qiydurmen, besh dostonongizni esa farzandlarimning sevimli
asaridur.’Mehnatnoma”, “Firoqnoma”ni o’qub kishi rohatlanadur.

-Mavlono, sizning nozik iste’dodingiz, g’ayrat-shijoatingizga kishilar xavas qiladur.Tabiatingizdagi xushfe’llik,
odamiylik ila to’g’rilik avlodlarga o’rnakdur.

-Odamiylik ila xalqparvarlikni sizdan o’rgandim, ustoz.Javohirga teng bitiklaringiz kishi ruhining jon ozig’i.

(Navoiy va Bobur orqaroqqa o’tishadi. O’quvchilar 2 tarafda g’azal va ruboylardan o’qiydilar.)

Bobur:

Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,

Jam’iyatingiz borini davlat tutungiz.

Chun gardishi charx budurur , tengri uchun

Bir-birni necha kun g’animat tutungiz.

Navoiy:

Men uchun haykallar tiklamang, mayli,

Kochalarga qo’ymang mayli nomimni.

Qabrim uzra kelib yo’qlamang mayli,

Ko’klarga ko’tarmang, mayli nomimni.

Tavallud kunimda ta’zimlar hargiz

Men uchun na orzu, na buyuk havas,

Sizga iltimosim shu erur yolg’iz,

O’zligingiz asrab qololsangiz , bas.


Download 56.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling