Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


YAm-yashil ohanglar, yam-yashil


Download 499 Kb.
bet5/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

YAm-yashil ohanglar, yam-yashil so‘zlar
Moviy cheksizlikda yashil raqs tuzar… (“ Hayotga qasida”)
YUqoridagi misralarda ohang, so‘z, raqs so‘zlariga sifatlash bergan bu so‘z shoirning boshqa she’rlarida tuyg‘u , chang, dog‘, chimildiq, tovus, havo, qush kabi narsa va mavhum ma’noni ifodalovchi so‘zlarga sifatlash sifatida ishlatilib, she’rning ta’sirchanligini ta’minlovchi badiiy-estetik vazifa bajargan. Buni quyidagi ko‘rinishda izohlashimiz mumkin:







YAshil so‘zi konsept sifatida




Misra

Ifodalayotgan ma’no

SHe’r

YAshil tuyg‘ulardan chayqalasan shod,
Fevral o‘tib borar, yaqinlashar mart.

YOqimli, shodlik keltiruvchi

“Hamal ayvoni”
41-bet

YAshil chimildiqning ohori sindi,
Adirlar bevaday qoldi mung‘ayib.

YAngi, yaqinda o‘rnatilgan

“Haydov”
(“Hamal ayvoni” 53-bet)

Ikkimiz yalpizlar ichida edik…
Beomon o‘rdilar ularni,
YAshil dog‘lar qoldi yuzlarimizda.

YAxshi kunlarni eslatadigan, ijobiy

“Hamal ayvoni”
69-bet

Tong hurlarin xushbo‘y nafasi - YAstanadi yam-yashil havo.

Xushbo‘y, hidli

“Tonggi bedazor” (162-b)

Tong qizlari yam-yashil qushlar…

Go‘zal

“Tonggi bedazor”

YAstanadi yam-yashil havo.

Toza, pok

(162-b)







Men endi so‘zlasam – YAshil yalov kiyar unut oyatlar.

?

“YAssaviy”
(211-b)







YOstiqning ustida sudraladi ong: Nega tongning qo‘li yam-yashil?..

YOrug‘

“Umr”
(219-b)







SHoirning “SHayx Zunnun Misriy” turkum she’rlarida “yashil” so‘zining o‘ziga xos semantik ifodalarga ega ekanligini kuzatamiz. Jumladan, “YAshil o‘lim” she’rida “yashil” so‘zi bayroq, qush va o‘lim tushunchalariga aniqlovchi sifatida qo‘llanilgan:
SHayxning xazon kuni bahorlar keldi,
Falak yashil bayroq tusiga kirdi.
Ko‘k yuzini tutdi soyasiz
Nihoyasiz yashil qushlar nihoyasiz…
Ikki dunyo aro tilim va tili
YAstanib yotardi yam-yashil o‘lim. (“Hamal ayvoni” 210-b)
Umuman olganda, “yashil” so‘zi Eshqobil SHukur badiiy olamida eng ijobiy sifatlarni o‘zida mujassam qilgan, ezgulik, ulug‘likni aks ettiradigan konseptga aylangan.
Ijodkor o‘z bilimlarini, xotirasida alohida saqlangan hodisalarni konseptlar orqali ifodalashi bilan o‘quvchining ham kognitiv faolligini oshiradi. Agar ijodkor ma’lum bir so‘zni juda ko‘p o‘rinlarda ishlatsa, demak, u so‘z ijodkor uchun konsept darajasiga ko‘tarilgan. Masalan, Eshqobil SHukur ijodida “singil” so‘zining juda ko‘p o‘rinlarda ishlatilganini ko‘rishimiz mumkin:
Voh, qaqnus bolasi, ey dil, na bo‘ldi,

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling