Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Download 499 Kb.
bet23/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

Suygunchigim mening, suygunchigim-ay… (“Mening qo‘shig‘im”)
Eshqobil SHukur she’riyati tili jonli xalq tiliga yaqin til. Aynan shu jihat uning sifat so‘z turkumidagi so‘zlarni qo‘llashida ham ko‘zga tashlanadi:
Oqqana tovuq xirmon chochdi, O‘z sirini o‘zi ochdi.
Oqqana tovuq,oqqana… (“Taslim”)
Bu o‘rinda “oqqana” so‘zi oq rang-tus sifatining orttirma darajasining jonli tildagi aytilishini ifodalagan va she’rga o‘ziga xos badiiylik bergan.
Eshqobil SHukur ijodiy yasalmalari ichida ravish so‘z turkumiga kiruvchi birliklar kam uchraydi: oybotar, ertan (ertaga), yilbotar
Ijod ahli olamni teran nigoh bilan kuzatadi va bu kuzatish natijalarini ijodida ifoda etadi. Ifodaning o‘zgachaligi so‘z ijodkorligiga yo‘l ochadi. YA’ni so‘z ijodkorligi ijodkorning tafakkuri nihoyatda kengligi bilan yuzaga keladi.
Bu so‘z aslida nofaol so‘z bo‘lib shoir undan shunday mahorat bilan foydalanganki, katta tafakkur ifoda shakli bo‘lib kelgan.

UMUMIY XULOSALAR
Tadqiqotda eshqobil SHukur she’riy asarlarida badiiy nutqni ifodalovchi lisoniy birliklarni tanlash va qo‘llashdagi mahorati, o‘ziga xos individual uslubining badiiy-estetik xususiyatlari muallifning kognitiv qobiliyatiga bog‘lab o‘rganildi.
Eshqobil SHukur o‘zbek tili imkoniyatlarini chuqur biladi va o‘z ijodida bu imkoniyatlardan mahorat bilan foydalana oladi.
Tilning lisoniy vositalari (fonetik,leksik,grammatik)dan qanday foydalanish muallifning idroki, bilim va tafakkur darajasi bilan bog‘liq holatda amalga oshadi va kognitiv tahlilni taqozo etadi.
Haqiqiy so‘z ijodkorlari nafaqat tilning mavjud imkoniyatlaridan unumli foydalanadi, balki o‘zlarining mualliflik so‘zlarini yaratish orqali uning boyishiga, sayqallanishiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.
Lisoniy-kognitiv tahlilda ijodkorning tili uning milliy tafakkuri barometri vazifasini bajaradi.
Eshqobil SHukur ijodidagi mualliflik so‘zlari uning milliy koloritini ifodalashga xizmat qiladi.
Badiiy ijodda so‘z tajriba va bilim bilan uyg‘unlashganda mahorat bilan qo‘llaniladi va o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Mahoratli shoirgina til tabiatini o‘zgartira oladi,
SHoir ijodida uchraydigan kontaminatsiya, coletsizm kabi lingvistik hodisalar muallif so‘z ijodkorligining namoyon bo‘lish shakllari sifatida aniq misollar bilan o‘rganildi va E.SHukur she’riyatida mahorat bilan ishlatilib badiiylikka xizmat qilgan degan fikrga kelindi.


Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling