Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Odamtog‘ nima-yu, Odamdaryo


Download 499 Kb.
bet22/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

Odamtog‘ nima-yu, Odamdaryo ne…
Kolumb Amerika ochgani kabi
Men qayta kashf etdim Surxondaryoni. (“Ko‘z yumib ko‘rganlarim” 79-b)
SHuningdek shoir ijodida mahsuldor o‘rin-joy oti yasovchi affiks yoradmida yasalib ramziy joy, hudud ma’nosini ifodalaydigan so‘zlar ham uchraydi:
O‘zimdan yiroqman, Turkiston borsam
Tarkistondan qaytib o‘zimga kelgum… (“YAssaviy sog‘inchi”)
Atoqli ot okkazionalizmlarni o‘rganishdan ma’lum bo‘ldiki, joy nomlarini va shaxs nomlarini bildiradigan okkazionalizmlar ancha faol ishlatilar ekan. Ko‘rib turibdiki, yuqoridagi ot ijodiy yasalmalarning o‘rnini lug‘atdagi boshqa hech qanday birlik bosa olmaydi.
Havodosh, tuproqdosh, xayoldosh, harbdosh, tildosh, nurdosh, so‘zboz, pulboz, vatanboz, qo‘rchoqboz, vatanxo‘r, millatxo‘r kabi turdosh shaxs otlari adabiy tilda mavjud shaxs oti yasovchilar yordamida yaratilgan. Lekin ular an’anaviy yasash asoslaridan emas, balki kutilmagan, noan’anaviy yasash asoslaridan hosil qilingan.
E.SHukur ijodida o‘ziga xos mahorat bilan ishlatilgan ot so‘z turkumidagi so‘zlar ichida dialektizmlar ham uchraydi va tilining jonli bo‘lishiga yordam beradi: ko‘kay, to‘dana, bovir, chochmoq, cho‘ja suvaydo, saygul, uvuq
Gulovchi, ko‘zgavhar, to‘rtovora, xoinot, changaroq kabi mualliflik so‘zlari ham ot so‘z turkumining turli ma’no guruhlariga mansub.
SHoir o‘z o‘quvchisini mavhum tushunchalar bilan qiynamaydi, ijodiy yaratmalariga juda ko‘p o‘rinlarda izoh berib ketadi:
Qayg‘u chimildig‘in gullatar sevinch,
Kuldan unib chiqar gulkapalaklar. (“Hayotga qasida”)
SHe’r matnida ishlatilgan, ot okkazionalizmning ma’nosini anglash o‘quvchida qiyinchilik tug‘dirmaydi. YA’ni kul parchalari bu –gulkapalak birligi bilan berilgan.
Har kun men keltirgan nurdasta bilan
Nafratni supurgin, Sevgi. (“Nomukammallik”)
Ijodkorlik, she’riyat tili erkinlikka intilib kelgan, e.SHukur ijodida ham adabiy normaga amal qilish emas, balki hissiyot ifodasi ustunlik qiladi. Ot so‘z turkumidagi so‘zlarni qo‘llashda ham bu intilish tufayli so‘zlarning so‘zlashuv tilidagi variantlari ishlatilishini ko‘rishimiz mumkin:
Bu ko‘ngul dashtini buzma, ay dunyo,
Jontortar maylising tuzma, ay dunyo. (“Hamal ayvoni” 167-b)
SHe’rda majlis so‘zining so‘zlashuv tilidagi “maylis” ko‘rinishi ishlatilishi she’rning oson o‘qilishini ta’minlaydi.
3.3. Ko‘p hollarda ijodiy yasalma bo‘lgan sifatlar matnda odamni yoki obektni har tomondan tavsiflovchi epitetlar sifatida namoyon bo‘ladi.O.To‘xtasinova ta’kidlaganidek, “Sifat okkazionalizmlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning yoniga sifatlanmish keltirilsagina, ya’ni mikromatnda ma’nosi aniqroq bo‘ladi”44. Sifat so‘z turkumiga kiruvchi okkazionalizlar:gultug‘ar, jahontalab, naysontalab, tovtalab, ochiqqo‘l shamol, armonvash ona, qizg‘aldoqhol, kapalakruh, yalpizbo‘yli, erkli, shakkarlab, zarkokil, jontortar, Sohibistiqbolsan, sohibkamolsan. Bu o‘rinda ijodiy yasalma tasvirlanayotgan shaxsning xususiyatini kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Eshqobil SHukur ijodida shunday sifatlar hosil qilinganki, ular zid ma’noni ifodalashga ehtiyoj tufayli yaratilgan. Masalan, tilimizda uchraydigan soddadil birligiga murakkabdil(K.y92),
SHoir she’rlarida sifatlar ko‘chma ma’noda qo‘llanilib, otlashib ham okkazional tus oladi:
Himmat ko‘chasidan o‘tganmisan hech, Mehr qizg‘anchig‘i, so‘z qurumsog‘i? (“Mehr qizg‘onchig‘i”)
Belgiga egalik ma’nosini yasovchi –pur sifat yasovchi qo‘shimchasi mavjud, ammo izohli lug‘atda faqatgina purhikmat so‘zi berilgan:
Dalalarga jim cho‘kar oqshom, O‘yga botar ufqlar purg‘am…(“Sodda va murakkab gap”)
Bu o‘rinda ijodiy yasalma “g‘amga botgan” ma’nosini ifodalab kelmoqda.
Eshqobil SHukur ijodida uchraydigan sifat okkazionalizmlar asosan ta’rif-tavsif o‘rinlarida ishlatilganini ko‘rishimiz mumkin:
Xudo tumor taqib boshing boylamish, Bandaga darchasi berkli begoyim..
Ishqing charxi dunni vayron ayladi, Olam oxirati turkli begoyim… (“Hamal ayvoni” 100-b)
SHu o‘rinda ma’shuqaning tavsifi bilan bog‘liq yaratilgan sifatlarga qo‘shilayotgan –li qo‘shimchasini atay ishlatilgan ortiqcha shakl sifatida ishimizning ikkinchi bobida tilga olingan soletizm hodisasi sifatida ha izohlashimiz mumkin.
Men seni boladay suysam, netayin,
Kuyingda bevaday kuysam,netayin,

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling