Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 499 Kb.
bet2/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Tilshunoslikda muallif so‘z ijodkorligi, uning tildan foydalanish mahorati tadqiqotchilar tomonidan turli aspektlarda o‘rganilganligini ko‘rishimiz mumkin. CHunonchi o‘zbek tilshunosligida ma’lum ijodkorning tili va uslubidagi o‘ziga xosliklarni tadqiq etish borasidagi ishlarda Q.Samadov, B.CHoriev, M.Yo‘ldoshev, R.Normurodov 2 kabi tilshunoslar tomonidan; ma’lum ijodkor asarining leksik xususiyatlari tadqiqiga doir ishlarda M.Abulxayrov, Z.Xolmanova, Y.Saidov, A.Ibragimov, S.Normamatov 3, lingvopoetik tadqiqga doir ishlarda N.Mahmudov, G.Muhammadjonova, D.SHodmonova, SH.Toshxujaeva, S.Umirova 4, shuningdek matn tahlilining nazariy asoslariga bag‘ishlangan tadqiqotlarda M.Yo‘ldoshev, D.Xudoyberganova, Y.Odilov, O.Tursunova, SH.Maxmaraimova, I.SHodiev 5 kabi olimlar tomonidan muallif so‘z ijodkorligi va uning badiiy matn yaratishdagi ahamiyati haqida muayyan fikrlar bildirib o‘tilgan. Muallif so‘z ijodkorligi masalasini o‘rganish bo‘yicha muayyan tajribalar to‘planganiga qaramay, so‘z ijodkorligini va mualliflik so‘zlarini lisoniy-kognitiv jihatdan tahlil qilish masalalari etarlicha tadqiq etilmagan. Ayni chog‘da bizda ishda obekt sifatida tanlagan mahoratli ijodkor Eshqobil SHukurning so‘z qo‘llash mahorati, o‘zbek tili so‘zligi boyishiga qo‘shayotgan hissasi tilshunoslikda alohida tadqiq manbai bo‘lmagan.
MDning maqsadi Eshqobil SHukur ijodida muallif so‘z ijodkorligini ifoda etuvchi lisoniy birliklarni aniqlash va ularni ijodkorning tafakkur mahsuli sifatida kognitiv tahlil qilishdan iborat.
MDning vazifalari:
Ijodkor individual uslubida muallif so‘z ijodkorligining ahamiyatini o‘rganish va Eshqobil SHukur ijodi misolida ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati masalasini yoritish;
Eshqobil SHukur tili va uslubining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va bunda:
ijodkor individual uslubini o‘rganishda muhim bo‘lgan jihatlarni aniqlash;
Eshqobil SHukur ijodida muallif so‘z ijodkorligi asosida yaratilgan so‘zlarni aniqlash, kognitiv tahlil qilish, tipologiyasini o‘rganish;
Eshqobil SHukur ijodida uchraydigan ijodiy yasalmalarni o‘rganish va bunda:
ijodiy yasalmalarning qanday so‘z yasalish usulida yasalganligini aniqlash;
muallif so‘z ijodkorligi asosida yaratilgan yasama so‘zlarning matndagi vazifasini aniqlash va badiiy ahamiyatini yoritish;
Eshqobil SHukurning so‘z qo‘llash mahoratini ifodalovchi birliklarni morfologik tasniflash va bunda:
shoir ijodida uchraydigan fe’l so‘z turkumidagi mualliflik so‘zlarini tahlil qilish;
Eshqobil SHukur ijodida o‘ziga xos mazmun ifodalaydigan sifat yasalmalarni tahlil qilish;
shoir ijodida badiiy ahamiyat kasb etgan ot so‘z turkumidagi mualliflik so‘zlarini o‘rganish;
Eshqobil SHukur mualliflik so‘zlarining lug‘at-ko‘rsatkichini tuzish.
MDning ob’ekti sifatida Eshqobil SHukurning “Sochlari sumbul-sumbul”, “YAshil qushlar”, “Hamal ayvoni”, “Ko‘z yumib ko‘rganlarim” she’riy to‘plamlari va “Bobo so‘z izidan” asari tanlangan.

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling