Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


IJODKOR INDIVIDUAL USLUBINI O‘RGANISHDA LISONIY-KOGNITIV TAHLILNING AHAMIYATI


Download 499 Kb.
bet4/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

1.1. IJODKOR INDIVIDUAL USLUBINI O‘RGANISHDA LISONIY-KOGNITIV TAHLILNING AHAMIYATI
Ijodkorning individual uslubini, so‘zdan foydalanish mahoratini tadqiq etish murakkab jarayon hisoblanib, u ham adabiy, ham lingvistik tahlil imkoniyatlarini o‘zida jamlaydi. Ijodkorning individual uslubi uning so‘z boyligi, til vositalaridan foydalanish mahorati va ijodiy tafakkurini lisoniy ifodalash tarzini o‘rganish orqali yoritiladi.
Ijodkor individual uslubini o‘rganish tilshunoslikda o‘zining tadrijiy bosqichlari va turli ko‘rinishlari bilan ajralib turadi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar ichida “ma’lum bir ijodkorning tildan foydalanish mahoratiga doir ishlar” sifatida alohida guruhlash mumkin bo‘lgan tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Tilshunoslikda antroposentrik nazariyaning shakllanishi, zamonaviy yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi ijodkor individual uslubining ham yangicha tahlil asoslarini yaratish muammosini yuzaga chiqardi. Jumladan, ijodkorning individual uslubi uning tafakkur tarzi va olam haqidagi qarashlaridagi o‘ziga xoslik bilan shakllanishi bu masalani kognitiv tahlil qilishni taqozo eta boshladi. CHunki kognitiv tahlil lingvistikaning eng faol rivojlanayotgan zamonaviy yo‘nalishi sanaladi. Dunyo tilshunosligida bu yo‘nalishdagi dastlabki qarashlar V.Gumboldt, A.A.Potebnya, Boduena de Kurtene, L.G.Zubkova, e.C.Kubryakova, V.A.Maslova, Z.D.Popova, I.A.Sternin15 kabi olimlarning izlanishlarida uchraydi.
O‘zbek tilshunosligida kognitiv tilshunoslikka doir dastlabki nazariyalar A.Nurmonov, N.Mahmudov, M.Hakimov, SH.Safarov 16 kabi olimlarning ilmiy qarashlarida o‘z aksini topgan bo‘lsada, badiiy matnning kognitiv jihatlarini o‘rganish masalasi D.Xudayberganovaning 17doktorlik Dissertatsiyasida “Tilshunoslikda antroposentrizm va matn muammosining o‘rganilishi”, “O‘zbek tilidagi matnlarning kognitiv-semantik xususiyatlari”, “O‘zbek tilidagi matnlarning psixolingvistik xususiyatlari”, “O‘zbek tilidagi matnlarning lingvokulturologik xususiyatlari” kabi boblarda keng ko‘lamda yoritilgan. Ushbu ishda o‘zbek tilida yaratilgan badiiy matnlar antroposentrik paradigma nuqtai nazaridan monografik aspektda tadqiq qilingan bo‘lib, ularning yaratilishida kognitiv tuzilmalarning o‘rni masalasini yoritish muhim o‘rin egallagan. Tadqiqotchi o‘zbek tilidagi kognitiv metaforalarning matnning ichki va tashqi tuzilishi bilan aloqador jihatlarini aniq tahlillar bilan yoritib bergan. Dissertatsiya kelgusida kognitiv tahlil asosida yaratiladigan ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, kognitiv tahlilda ijodkorning o‘ziga xos uslubini, til xususiyatlarini yuzaga chiqaruvchi lisoniy vositalar (bular jumlasiga fonetik, leksik, grammatik, morfologik,sintaktik va kompozitsion vositalar kiradi) uning borliq haqidagi bilimlarini ifodalovchi vositalar sifatida o‘rganiladi. YA’ni bu yo‘nalishdagi tahlilda “shaxs –til” bog‘liqligi muhim o‘rin tutadi. Ijodkor individual uslubini belgilab beruvchi o‘ziga xos lisoniy vositalar, badiiy matn vositasida ifodalanadigan konseptlar, o‘xshatish va metaforik mazmunli tasviriy qurilmalar shaxsning muayyan ruhiy holatini ifodalovchi vositalar sifatida tahlil etiladi. “Keyingi yillarda matnga faqat semantik-sintaktik jihatdan bog‘langan gaplar yig‘indisi sifatida emas, balki ijtimoiy qimmatga ega bo‘lgan muloqot shakli, o‘zida muayyan til sohiblarining bilimlarini, lisoniy tafakkurini, milliy psixologiyasi va mentalitetini aks ettiruvchi mental qurilma sifatida qarala boshlandi”18 va kognitiv tahlilda ham shu jihatlarga e’tibor qaratish muhim sanaladi. Kognitiv tahlil orqali nafaqat matn mazmuni tahlil qilinadi, balki matn ijodkorining xotira, sezgi, tasavvur kabi idrokiy jarayonlarini anglash ham mumkin bo‘ladi. Ma’lumki, so‘z qo‘llashdagi individuallik, muallif so‘z ijodkorligi ijodkor uslubining o‘ziga xosligini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Bu omil esa ijodkorning o‘ziga xos dunyoqarashi natijasida shakllanadi. Lingvokognitologiya til birliklarining zamiridagi bilim zahirasining strukturasini tadqiq qiladi. Bilimni sistema sifatida o‘rganib, uning sistem xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Demak, ijodkorlarning individual uslublarini tadqiq etishda lisoniy-kognitiv tahlil juda muhim o‘rin tutadi. Lisoniy-kognitiv tahlining asosini konsept tushunchasi tashkil qiladi. CHunki kognitiv lingvistika konseptlar nazariyasi va konseptuallashtirish masalalarini o‘rganadi. Konsept tushunchasiga quyidagi ta’riflar mavjud:
“Konsept - ijodiy ma’noni o‘z ichiga olgan innovatsion g‘oya va bu g‘oyani ifodalovchi model, birlik. U lingvistik belgilar bilan ifodalangan ruhiy tasvirlar yig‘indisi”19;
“Konsept – inson ongi va aqliy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan birlikdir. U til semantik makonining birligidir. Konsept orqali inson ruhiy kechinmalarining kognitiv tabiati ochiladi. Konsept lingvistik vositalar yordamida ifodalanishi mumkin”20
O‘zbek tilshunosligida konsept tushunchasiga quyidagicha ta’riflar beriladi:
“Konseptning negizini aynan shu o‘rganilayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilim hosil qilsa, ifodalanishini esa tilning leksik, frazeologik, paremiologik kabi vositalarining mutanosibligi tashkil qiladi”21;
SH.Safarovning fikricha, konsept tafakkur birligi bo‘lib, uning asosida tushuncha, obraz va lisoniy ma’no umumlashmasi yotadi 22.
O‘. YUsupov konsept haqida quyidagi qarashni ilgari suradi: “Konsept - bu tashqi yoki ichki dunyodagi biror narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy yoki neytral baholashlardir”23.
YUqoridagi ilmiy nazariyalardan kelib chiqadiki, ijodkor individual uslubi uning o‘ziga xos tafakkur tarzi, keng jabhali bilim darajasi va olamni anglashga intiladigan ruhiy olami bilan bog‘liq holatda shakllanadi, bu esa ijodkorning so‘z boyligi va ifoda konseptlarini kognitiv tahlil qilish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Tadqiqot obekti sifatida tanlangan Eshqobil SHukur ijodida ham muallifning idrokiy bilimlarini aks ettiruvchi konseptlar g‘oyat muhim rol o‘ynaydi.
SHoir so‘z ma’nosiga yangicha yondashadi, uni konseptga aylantiradi, o‘z tafakkurida mavjud voqealarni singdirgan so‘zlarini ko‘p ishlatadi. Masalan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “Sariq bilan ko‘k rang o‘rtaligidagi, barg yoki maysa rangiga ega bo‘lgan rang” 24 sifatida izohlangan “yashil” so‘zi Eshqobil SHukur ijodida xilma-xil badiiy ifodalarni bergan:

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling