Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


ESHQOBIL SHUKURNING SO‘Z IJODKORLIGI TIPOLOGIYASI, SO‘Z IJODKORLIGINING YUZAGA KELISHI SABABLARI


Download 499 Kb.
bet9/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

1.2 ESHQOBIL SHUKURNING SO‘Z IJODKORLIGI TIPOLOGIYASI, SO‘Z IJODKORLIGINING YUZAGA KELISHI SABABLARI
Ijodkor til lug‘atiga murojaat qilganida, oniy holat ifodasiga mos so‘zni qidiradi. Bunday so‘zni topa olmaganda esa ijodkorda yangi birlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi. Ana shu ehtiyojga javoban yaratilgan birlik muallif so‘z ijodkorligining mahsuli sifatida qaraladi. Tilshunoslarning fikricha, ijodiy yasalma faqatgina ijodkorning tafakkuriy evrilishlarini aks ettiruvchi mantiqiy belgi sifatida emas, balki ifodalilik va ekspressivlikni ta’minlovchi vosita sifatida yuzaga chiqadi. Aynan shu jihati bilan o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi.
Eshqobil SHukur ijodida muallif so‘z ijodkorligi asosida yaratilgan birliklar, asosan, she’rlarining qofiyasida ishlatiladi, ya’ni ijodkor uchun qofiya - bu mualliflik so‘zini tizimli (semantik, ritmik va fonetik) ajratib ko‘rsatish va o‘rinlashtirish usuli. Masalan, “Qiz qo‘shig‘i” she’rida shu holatning guvohi bo‘lamiz:
YOriltoshlar yorildi,
YOrilmading sen.
Burim sochlar sorildi,
Burilmading sen. (“Hamal ayvoni” 73-bet)
SHe’rda yorildi so‘ziga qofiyadosh holatda ishlatigan “sorildi” so‘zining izohini “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da uchratmadik va muallifning o‘ziga murojaat qildik. Muallif bu so‘zni o‘zi tug‘ilib o‘sgan Surxon shevasida “yalinmoq,yolbormoq” ma’nosi borligini ta’kidladilar.
SHoirning o‘ziga xos hissiyotlar ifodasida yozilgan “Oydin qayg‘u” she’rida ham muallifning qofiyadosh so‘z ishlatishda ijodkorona mahorat bilan yondshganini ko‘rishimiz mumkin:
O‘n olti yoshimning diyorlarida
Qizg‘in shafaqlarni kiygan kunsuluv,
Tunlarning sim-siyoh daryolariga
Daryo sochlarini chaygan tunsuluv (“Hamal ayvoni” 102-bet)
SHe’rda qofiyadoshlikni ta’minlovchi barcha so‘zlar gulsuluv, dursuluv, kuysuluv, jonsuluv, ruhsuluv tarzidagi lug‘atlarda ma’nosi aynan izohlanmagan ijodiy yasalmalar bilan ifodalangani muallifning mualliflik so‘zlarini ishlatishdagi xarakterli usullaridan biridir. YA’ni Eshqobil SHukur she’rlarida muallif so‘z ijodkorligida yasalgan so‘zlar qofiyadoshlik hosil qilmagan o‘rinlarga qaraganda qofiyadoshlik hosil qilgan o‘rinlar ko‘proq ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Bunday ijodiy yasalmalarni she’rlarning sarlavhasida ham ishlatadiki, bu o‘quvchining e’tiborini o‘ziga tortmasdan qolmaydi, masalan “Soddadil va murakkabdil” nomli she’rida “murakkabdil” ijodiy yasalmasi ta’sirida o‘quvchi beixtiyor she’r matniga ko‘z yugurtiradi: “murakkabdil” ning izohini qidiradi. Qizig‘i, so‘z ijodkori matnda bu birlikni umuman ishlatmaydi, matn anglanganida o‘quvchi sarlavhadagi “murakkabdil” undalma ekanligini va “ sen Xudoga judayam tushunarlisan” fikri shoir tomonidan unga qarata aytilganini tushunadi (“Ko‘z yumib ko‘rganlarim” 92-bet).
YAna bir o‘rinda sarlavhada “Kuyovmunchoq” (“Hamal ayvoni” 86-bet) degan ijodiy yasalmani ishlatadiki, o‘quvchida uning nimaligi haqida savol paydo bo‘ladi va she’r matnini o‘qishga qiziqishi ortadi, bu esa ijodkorning so‘zni mahorat bilan qo‘llay olish qobilyatidan dalolat.
Eshqobil SHukur she’rlarida muallif so‘z ijodkorligini ifodalovchi birliklar she’rning turli o‘rinlarida kelib o‘ziga xos badiiy vazifa bajarganini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “Xalq ohangida” she’rini ijodiy yasalma bilan boshlaydi:

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling