Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Oybulutning orasidan oyday kelinlar kelar, Kunbulut


Download 499 Kb.
bet10/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

Oybulutning orasidan oyday kelinlar kelar,
Kunbulutning orasidan kunday kelinlar kelar (“Hamal ayvoni” 92-bet)
Bu esa Lermontov so‘zi bilan ifodalanganda, “she’rning bunday ijodkorlik so‘zi bilan boshlanishi she’r mazmuniga silliq parvoz tuyg‘usini yaratadi”.
Eshqobil SHukur ijodida muallif so‘z ijodkorligining tipologiyasini o‘rganish jarayonida shoir mualliflik so‘zlaridan ko‘proq undalma vazifasida foydalanganini kuzatishimiz mumkin. “Oraliqlarda” she’rida mualliflik so‘zlari murakkab undalma vazifasida uyushib kelgani she’rning qurilishida ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etgan:
Ko‘nglim suvaydosi, ko‘zim sayguli,
Zahri ham novvotey, chashmi qiymochim,
Kuygan ustixonda o‘stirgan gulim
Olam: “vijir-vijir”, men: - “hajr-hajr”,
sen – qaldirg‘ochim.
(“Hamal ayvoni” 71-bet)
SHe’rda mahorat bilan ishlatilgan murojaat birliklarining ma’nosiga e’tibor qaratsak: “suvaydo” “yurak ichidagi qora nuqta”, “saygul” esa “saylab olingan gul” ma’nosida ishlatilganini ko‘rishimiz mumkin.
YAna bir she’rida ham shoir undalma vazifasidagi so‘zga ijodiy yondashadi:
SHov-shuv, g‘ala-g‘ovur alahsib kular,
Toliqib ketasan juda, suygulim. (“Umumiy vagon”)
Matndan anglashib turibdiki, “suygul” “suyukli gul” ma’nosida kelgan. Demak, so‘z birikmasini qisqartirib yangi ko‘rinishdagi so‘z yaratish ham matn talabi bilan muallifning so‘zga qo‘shimcha bo‘yoq berishiga xizmat qilgan.
Eshqobil SHukur ijodida uchraydigan mualliflik so‘zlarining deyarli barchasi ma’lum badiiy-estetik vazifa bajargan va kuchli hissiyotni ifodalagan. Muallif so‘z ijodkorligi natjasida yaratilgan birliklar ijodkorning borliq haqidagi tasavvurlarini aniq aks ettirishga yordam bergan.
Eshqobil SHukur ezgulik, sevgi, go‘zallik, dard, qayg‘u, sog‘inch kabi insonning ichki olami bilan bog‘liq tarzda tasavvur qilinadigan his-tuyg‘ular ifodasida va shaxs va narsalarga haqiqiy ijodkorona qalb bilan ishlatiladigan sifatlashlarni aks ettirishda ijodkorlik so‘zlariga murojaat qiladi. SHuning uchun uning sevgi-muhabbat, insoniy fazilatlar tarannumi aks ettirilgan she’rlarida ijodiy yasalmalar ko‘p uchraydi. Masalan, quyidagi misralarda yillar bergan armonlarni sifatlar ekan, devor, to‘siqlar dandanasi ma’nosini beruvchi “kungira” so‘zini takror holda ishlatib, o‘zining badiiy maqsadiga erishadi:
Kungira-kungira yillar qadog‘i
Sirqirab-sirqirab etar suyakka.
Eshqobil SHukur ijodida so‘z ijodkorligi xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Eshqobil SHukur ayrim affikslarni qo‘llashda matn talabi bilan, tasvirlayotgan voqea-hodisaning ta’sirchanligini oshirish maqsadida ijodiy yondashuvlar qiladiki, ularni grammatik ijodkorlik sifatida badiiylikni oshirgan deyishimiz mumkin. Masalan, -li faol sifat yasovchisi bilan hosil qilinadigan “salmoqli” so‘zi Eshqobil SHukurning “Xavotir” she’rida “salmoqlik” tarzida qo‘llangan:
Qo‘rqmagin o‘limdan, qo‘rqma hayotdan
Deya aqidalar aytdim salmoqlik.
Bu grammatik ijodkorlik she’rda qofiyadoshlikni ta’minlash maqsadida yuzaga kelgan, ammo mazmunning buzilishiga olib kelmagan.
Eshqobil SHukur kompozitsion ijodkorlik,ya’ni she’r qurilishi, so‘zlarning joylashuvi bilan bog‘liq yangicha ko‘rinishlardan foydalanishini ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “Hayotga qasida” she’rida quyidagi kompozitsiyani ko‘rishimiz mumkin:
…lahzani ushlab qol,
yashab o‘t lahzani…
Qara, qanday moviy shamol yollari,
Qanday shirin uxlar momaqaldiroq. (“Hamal ayvoni” 5-b)
SHe’rni ko‘p nuqta va kichik harflar bilan boshlash kam uchraydigan va hissiyotlar ifodasining o‘zgacha ko‘rinishidir. SHoirning yana bir she’rida esa lirik qahramonning sevgi kuchli sevgi iztirobini tasvirlash uchun kompozitsion innovatsiya yuzaga kelgan:
Aylanar og‘ir-og‘ir,

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling