Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili
II BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Download 499 Kb.
|
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESHQOBIL SHUKURNING YANGI SO‘Z YASASH USULLARI 2.1.YANGI SO‘Z YASASH USULLARI
II BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Ijodkorning individual uslubi uning so‘zlar ustida erinmay ishlashi natijasida shakllanadi. Eshqobil SHukur she’riyatida badiiy vazifa bajarmagan, badiiy kuchga ega bo‘lmagan so‘z va iboralar, ortiqcha shakllar uchramaydi. Eshqobil SHukur badiiy olamining o‘ziga xos tomonlari o‘rganilishi mobaynida ijodkorning olam haqidagi qarashlarini yangi badiiy topilmalar bilan ifoda ettirishi uning badiiyatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi anglashildi. Eshqobil SHukur ona tili boyligini chuqur anglagan ijodkor. SHuning uchun uning ijodidagi har bir so‘z did bilan tanlangani va tafakkur tarozisida o‘lchangani yaqqol namoyon bo‘ladi. Eshqobil SHukur asarlaridagi muallif so‘z ijodkorligini o‘rganish jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati va o‘ziga xosligi, lisoniy ijodkorligi, uning til imkoniyatlarini qay darajada bilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Eshqobil SHukur o‘ziga xos o‘xshatishlardan foydalangan va ularning katta qismi tabiat hodisalari bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan. Eshqobil SHukur o‘zining olam haqidagi qarashlarini ko‘pincha badiiy-tasviriy vositalar orqali ifodalaydi. Bu ijodkor fikrlarini quruqlashishdan asraydi va o‘ziga xos badiiylikni yuzaga keltiradi. ESHQOBIL SHUKURNING YANGI SO‘Z YASASH USULLARI 2.1.YANGI SO‘Z YASASH USULLARI Til lug‘atining boyishi nutqiy so‘z yasalishi jarayonlarining natijasi hamdir. YAngi so‘z, yangi yasalma kishilar tomonidan umumiy barqaror lisoniy qoida va maromlar asosida yaratiladi. Ayni paytda har qanday yasalma muayyan davr nutq sharoiti va ehtiyoji hamda ayon bir shaxs (yoki shaxslar)ning lisoniy qobiliyati va imkoniyati asosida yuzaga keladi. Inchunin, ijodiy yasalmalarni aniqlash, tahlil qilish hamda iste’molga olib kirish dolzarb vazifalardan biridir. SHe’riyatda shunchaki qo‘llaniladigan so‘z bo‘lmaydi, har qanday ijodkorlik so‘zi o‘z o‘rnida mazmuniy va kompozitsion vazifa bajarishi kerak. CHo‘lpon, G‘afur G‘ulom , erkin Vohidov, Rauf Parfi, Usmon Azim va Iqbol Mirzo kabi ko‘plab ijodkorlarning ijodiy yasalmalari ana shunday vazifasi nuqtayi nazaridan o‘zbek tili so‘z yasalishidagi tadrijiy alomatlarni ko‘rsatadi. SHoir Eshqobil SHukur ham ijodida mavjud yasama so‘zlardan unumli foydalangan holda, o‘rni bilan yangi okkazional yasalmalarni ham yaratadi. Bunday so‘z yaratish jarayoni ijodkorning hissiyotlar dinamikasini ifodalashda erkinlikka intilish tufayli yaratiladi. So‘z ijodkorligi asosida yasalgan birlikning yashovchanligi esa uning o‘z zimmasida ko‘tara olgan ma’no yuki bilan ham bog‘liq. Eshqobil SHukur ijodidagi ijodiy yasalmalar asosan o‘zbek tilida so‘z yasalishining faol affiksatsiya va kompozitsiya usullarida yasalganini ko‘rishimiz mumkin. Inchunin, badiiy matnda muallif tomonidan yasalgan yangi so‘zlar ham mavjudki, lug‘aviy birliklar tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlarda okkazionalizm deb yuritiladi. Ayrim manbalarda ko‘rsatilishicha,okkazionalizmlar individual nutq neologizmlaridir. A.Hojiev okkazionalizmlarni quyidagicha ta’riflaydi: “Okkazionalizm (lot. occasionalis – tasodifiy) – mahsuldor bo‘lmagan model asosida yasalgan va faqat shu nutqiy matnning o‘zida qo‘llangan so‘z, individual – uslubiy neologizm” 39. Masalan, quyidagi parchada “vatandosh” so‘ziga qofiyadosh tarzda, matn talabi bilan – dosh so‘z yasovchi affiksi yordamida yana beshta yasalma hosil qilinganki, yangi birliklar matnda ifodalanayotgan fikrning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan: O, siz bu yurakning vatandoshlari, Download 499 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling