Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili
Download 499 Kb.
|
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘zbozlar, pulbozlar va vatanbozlar Qo‘rchoqboz
- Vatanxo‘r, millatxo‘r, xo‘r
- qizg‘aldoqhol, kapalakruh, jonsuluv, ruhsuluv, chaqmoqqalb, sohibdavlat, ko‘zgavhar, oyo‘chog‘
CHirog‘don ichiga mash’al qamalgan. (123)
Masalan, -boz asli fors-tojik tilidagi so‘zning affiksga aylanishidan hosil bo‘lgan va ko‘proq salbiy semali birliklarni hosil qilishda foydalaniladi . Eshqobil SHukur bu affiksning aynan salbiy sema ifodalash funksiyasini yanada kengaytirib, yangi yasalmalar hosil qilgan: Oyning atrofida to‘fonlar kechayotir, So‘zbozlar, pulbozlar va vatanbozlar Qo‘rchoqboz poyida muk tushayotir. YUKSAL, EY ZARRA(132) Bu o‘rinda birdaniga to‘rtta noodatiy birlikning yaratilishi, ijodkor matnda ifodalayotgan emotsional fikrini yaqqol namoyon qilib turibdi. Ma’lumki, -boz shaxs oti yasovchi qo‘shimcha sifatida dorboz, qimorboz kabi yasalmalarda “dorda o‘ynovchi” , “qimor o‘ynovchi” ma’nolarini ifodalaydi. Ammo so‘z, pul va vatan tushunchalari bilan o‘ynaydigan shaxslar jamiyatda turli illatlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lishadi. SHoir ta’biri bilan aytganda, ularning zarracha qadri bo‘lmaydi, chunki ularda or-nomus bo‘lmaydi va pastkash odamlar oldida ham “muk tushadi”. “YUrt” she’rida ham ijodkor nafrat, ijirg‘anish kabi salbiy hissiyotlarini yangi tafakkur mahsuli bilan ijodkorona ifodalagan, ya’ni nafs quliga aylanib vatanini pulga sotgan kimsalarni shunday sifatlaydi: Ular hech o‘xshamas O‘zbekistonga, Vatanxo‘r, millatxo‘r, xo‘rlarni ko‘rdim.(K.y.37) Agar izohli lug‘atga e’tibor qilsak, xo‘r - jirkanch, pastkash ma’nosida izohlangan. Aynan shu ijodiy yasalmagina shoirni bezovta qilayotgan ijtimoiy jarayonlar negizini teran ochgan. SHoir shu she’rining yakunida “Men ham o‘xshaymanmi O‘zbekistonga? “ degan ritorik so‘roqni qo‘yadiki,zid ma’no ifodasi bilan salbiy ma’no ifodalovchi so‘zning vazifasi yanada aniqlashadi. Eshqobil SHukur ijodida morfologik usulda yasalgan so‘zlardan tashqari sintaktik usulda yasalgan so‘zlar ham salmoqli o‘rin tutadi. Masalan, qizg‘aldoqhol, kapalakruh, jonsuluv, ruhsuluv, chaqmoqqalb, sohibdavlat, ko‘zgavhar, oyo‘chog‘ kabi birliklar shoir she’rlarida o‘zining ma’no ifodasi bilan badiiylik yaratishga xizmat qilgan. Ma’lumki, tilshunoslikda so‘z yasalishining bu andozasi “leksemalashuv” termini bilan ham yuritiladi. Bu borada yaratilgan tadqiqotlarda qo‘shma so‘zlarning barchasi yasama ekanligi va bunday yasalmalar til so‘zligini boyitishda katta ahamiyatga egaligi ta’kidlangan. Jumladan, tadqiqotchi B. Xolmuxamedov shunday fikrlarni bildiradi: “Qo‘shma so‘zlar qaysi usul bilan yasalishi, tarkibi qanday so‘z turkumlariga aloqador bo‘lishidan qat’iy nazar yasama so‘z sifatida qaraladi va ularning katta qismi leksemalashuv hodisasining mahsuli hisoblanadi hamda o‘zbek tili lug‘at tarkibining uzluksiz boyib borishiga xizmat qiladi”40 E.SHukur tafakkur dunyosi keng ijodkor. SHoir olam haqidagi bilimlarini she’rga tushirishda lisoniy imkoniyatini yanada kengaytirib, so‘z ijodkorligini namoyon qiladi. Masalan, tilimizda aynan g‘arb ma’nosini bildiruvchi “kunbotar” so‘zi mavjud, ammo ijodkor shu so‘zga qofiyadosh sifatida qo‘llagan “oybotar”, “yilbotar” so‘zlarining ma’nosi o‘quvchiga tanish emas va ular matnda diniy ifoda mazmuniga ega. Xuddi shu o‘rinda misralarning boshida aynan bir xil shakldagi qo‘shma so‘zlardan foydalanish ijodkorning poetik mahoratini ham belgilagan: Kunbotarda bir bahodir bo‘loyin, Download 499 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling