Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


SO‘Z YANGILIGI DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR


Download 499 Kb.
bet17/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

2.2. SO‘Z YANGILIGI DARAJASINI BELGILOVCHI OMILLAR
So‘zning uzual, ya’ni lug‘atda mavjud semantik ma’nosidan tashqari ifodalaydigan barcha ma’nolari okkazional ma’no sanaladi. Okkazional ma’noni yuzaga keltiradigan barcha so‘z ko‘rinishlari uning yangilik darajasini belgilab beradi.
Ijodkor uchun so‘zning mohiyati birinchi o‘ringa chiqqanda uning shakliy ifodasi mavjud qonuniyatlarga bo‘ysunmaydi va yangi shakllar yaratiladi, agar bunday shakllar tilning odatiy birliklariga qaraganda kengroq imkoniyatga ega bo‘lsagina, ular til so‘zligida yashab qoladi va tildan foydalanuvchilar uchun ahamiyatli bo‘ladi. Kontaminatsiya, coletizm kabi lingvistik hodisalar aynan shunday so‘zning shakliy yangilanishlarini ko‘rsatadi.
Muayyan birlikni matn mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydigan boshqa shaklda qo‘llash ham ijodkorlikning mahorati bilan bog‘iq. SHunday birliklarning ma’lum guruhi tilshunoslikda coletsizm deb nomlanadi va badiiy matnda atay xatolikka yo‘l qo‘yish sifatida izohlanadi. Coletsizmning fonetik, grammatik, sintaktik turlari mavjud. Eshqobil SHukur ham she’riy asarlarida ta’sirchanlikni kuchaytirish maqsadida bu lingvistik hodisadan foydalanadi. Masalan,
Kuni to‘lsa har neki abas, Zor ko‘nglingni daryoday toshir.
O‘tkinchida o‘ligingnimas, Tirigingni Xudoga topshir. (“Mohiyat”)
YUqorida ta’kidlanganidek bu hodisa turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.

  • li sifat yasovchi qo‘shimchasi o‘rnida –lik affiksini ishlatish tarzida:

Qo‘rqmagin o‘limdan, qo‘rqma hayotdan
Deya aqidalar aytdim salmoqlik. (“Xavotir”)
Kontiminatsiya ham shakliy izlanishlardan biri bo‘lib, bir so‘z yoki iboraning bir qismi bilan boshqa so‘z yoki iboraning chatishishi natijasida boshqa so‘z yoki iboraning paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi. Eshqobil SHukur ijodida ham bu hodisaga misollar uchraydi:
Paymonamdan oldin to‘lmoqda ko‘zim,
Men ko‘ngil ushatay farishtalarga. (“Hamal ayvoni” 220-b)
Tilimizda “ko‘ngil ushatmoq” degan ibora mavjud emas, “ko‘ngil bo‘shatmoq” degan ibora bor, shu iboraning asosidan yangi ibora yaratilgan.
Ma’lum ijodkor tilida uchraydigan so‘zning lug‘atda mavjud emasligi,
Mavjud tushunchani boshqacha nomlashi
Ma’lum bir birlikning yangi semantic ma’no ifodalashi

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling