Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


shoir tomonidan yasalgan yangi qo‘shma so‘zlar


Download 499 Kb.
bet8/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

shoir tomonidan yasalgan yangi qo‘shma so‘zlar (qizg‘aldoqhol, kapalakruh, yilbotar, gulovchi, ruhsuluv, chaqmoqqalb, ko‘zgavhar, to‘rtovora, gultug‘ar,shontalab,jahontalab,osmontalab, naysontalab,ontalab, hijrontalab, olovtalab, tovtalab, hazortalab, dortalab, ozortalab,sohibkamol, sohibistiqbol,uchargul,dursuluv, kuysuluv, );

  • shoirning tilda mavjud yasovchi qo‘shimchalardan yasagan noodatiy birliklari (havodosh, tuproqdosh, xayoldosh, berkli,so‘zboz, pulboz, vatanboz, qo‘rchoqboz, vatanlamoq, xalqlamoq,suygunchik, turkli,armonvash,vatanxo‘r, millatxo‘r, xoinot, sochqi, kungi );

  • shoir ijodiga o‘ziga xos badiiy joziba bilan kirib kelgan sheva so‘zlari (ko‘kay, orbonglamoq, charnamoq, to‘dana, elanmoq, bovir, chochmoq, cho‘ja,iyartmoq, ) ;

  • shoir ijodida o‘zi ifodalaydigan ma’no nozikliklaridan boshqa ma’nolarda qo‘llangan so‘zlar (zubarjad, davlar, do‘nmoq, risolat, minqor, sim-siyoh, mazallat, taraq-taraq, emranmoq, kungira-kungira, chiroz,zirqillamoq, bilqillamoq, chip, quruqshoq);

  • til so‘zligida uchramaydigan, ammo shoirning ijodida ma’lum ma’noni ifodalagan birliklar (singramoq, inchkir, suvaydo, saygul, uvuq, tatamlamoq, sinsila-sinsila, to‘lponmoq, sulb, changaroq,suygul,);

  • ijodkorning badiiy mahoratini yuzaga chiqargan tarixiy, eskirgan so‘zlar(aflok, taqaddum,potini,charnovuq,cho‘qmor,turob, sanoch,girya, );

  • shoir she’riyatida mahorat bilan ishlatilgan o‘zlashma so‘zlar (sarbasar, sarjin, poshikasta, sayron, tiramoh, saxtiyon, tarahhum, so‘zona, bargrezon, sak,mor, ).

    Bu guruhlarning ayrimlari haqida ishning keyingi boblarida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. SHartli guruhlashni muallifning mahoratini o‘rganuvchi tadqiqotchi manbalarga tayangan holda yana-da kengaytirishi, boyitishi ham mumkin. Mualliflik so‘zlarini chuqur tadqiq etish, bu so‘zlar izohini turli lug‘atlardan axtarish va uni o‘quvchiga etkazish asar matnining o‘qishliligi bilan birga ijodkorning tafakkurini anglashga yordamlashadi, ya’ni kognitiv tahlilni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Lisoniy tahlilning mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ijodkor olam haqidagi qarashlarini, bilimlarini so‘z orqali ifodalayotganini tushunish matnni anglash demakdir. O‘quvchi matndagi mualliflik so‘zlarini tushunish orqali birinchidan, bilim va ko‘nikmalarini oshiradi, ikkinchidan, so‘zligini boyitib, o‘z ifoda imkoniyatini kengaytiradi. Demakki, til foydalanuvchisining, ayniqsa, ijodkorlarning individual so‘zligini tadqiq etishning ma’lum tamoyillarini ishlab chiqish tilshunoslikning dolzarb vazifalari sirasiga kiradi.

    Download 499 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling