Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Download 499 Kb.
bet6/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

Osmonning echlisi singil, na bo‘ldi? (“Qalb manzaralari”)
Ozor, g‘am, armon kabi tuyg‘ular, hissiyotlar tasviri “singil” konsepti atrofida birlashadi. CHunki shoirning yoshligida uning singlisi vafot etadi va bu shoir xotirasida chuqur iz qoldiradi. Har safar hasratli hissiyotlar ifodasida shoir o‘sha og‘ir judolik holatidagi hisni tuyadi va “singil” so‘ziga murojaat etadi:
Senga nima bo‘ldi, jigarim, singlim,
Zil-zambil toshlardan yasagan qanot?
Bir panoh berolmas ettita iqlim,
Kim senga o‘q uzdi bir siqim hayot. (“Ohu”)
Bu haqida ijodkorning o‘zi shunday deydi: “Menimcha, aqliy xotira bor va ruhiy xotira bor. Aqliy xotira unutilishi, so‘nishi mumkin. Lekin ruhiy xotira o‘chmaydi. Juda erta o‘lgan singlim bilan bog‘liq xotiralarim menga aqliy emas, ruhiy xotira bo‘lib tuyuladi”.

Eshqobil SHukur ijodida “singil” so‘zi ham armon, ko‘ngilning eng chuqur joyidagi ifodalash juda qiyin tuyg‘ularini o‘zida mujassam qilgan konseptdir. Bir she’rida gul ma’nosida, yana bir she’rida she’r ma’nosida, boshqasida bu so‘zni g‘am-tashvish ma’nosida ishlatgan. SHuningdek shoirning ijodida “ayol”, “so‘z”, “ovul”, “musicha”, “shamol”, “yo‘l”, “o‘tov” kabi so‘zlar ham konseptga aylanib, ijodkorning o‘ziga xos olamini ifodalaydi. Ba’zi she’rlarida ularning birgalikda qo‘llanilib, ijodkor ichki dunyosida qanchalik katta mazmunga ega ekanligini anglashimiz mumkin:


Manzar qirg‘og‘ida muncha qayg‘uli
Javdirab turarsan, singlim musicha. (“Men va musicha”)
SHoirning “Gung hikoyasi” she’rida ham singil- musicha so‘zlari yonma-yon ishlatilib, ijodkorning mehr-muhabbat, rahmdillik, shafqat, achinish, armon kabi tuyg‘ulari mujassam konseptlar ekanligi anglashiladi:
Avaz sukunatning bolasi edi, Singilday suyardi musichalarni… (“Hamal ayvoni” 204-b)
Ma’lumki, qiyosiy-tipologik nuqtai-nazardan konseptlar ikki muhim turga bo‘linadi: 1) umumiy konseptlar (quyosh, oy, er, osmon, suv, havo, ovqat, o‘lim, hayot, farzand, bola, v.b.); 2) xususiy konseptlar (atala, palov, ehson, xatmi, borshch (borщ), shchi (щi), okroshka, mazar, surpa ochdi, kelin tushdi, ota ko‘rdi, charlar, kuyov qochdi, v.b.). (Xoshimov. 2014, 390-393). Eshqobil SHukur ijodida umumiy konseptlar etakchilik qiladi. Ijodkorning o‘zi oy, shamol, havo, osmon kabi so‘zlarning konseptga aylanishini quyidagicha izohlaydi: “…YAna shamol, oy va bulutlar haqida o‘ylayman, yana ular bilan gaplashgim keladi. SHamol, oy va bulut… Ular mutlaq tiriklik ichidagi tirik hodisalardir. Ular buyuk ruhning oniy manzaralarini hosil qiluvchi tirik harakatlardir”.25
SHoirning o‘zi bu jarayonni quyidagicha izohlaydi: “Oy, bulut, shamol, dala, yo‘l… Ular doim mening she’rlarimga kirib kelaveradi. Yo‘q, bular shunchaki obrazlar emas. Ular mening bu dunyodagi doimiy hamrohlarimdir. SHaharning eng gavjum, eng sershovqin joyida ham ular mening yonimda ekanini his etaman” .
Eshqobil SHukurning badiiy olami, tafakkur dunyosi aks etgan leksika o‘ziga xos. SHoir lug‘atlarda ma’nosi izohlanmagan so‘zlardan ham ijodiy foydalanib, aniq tasvir berilgan badiiy matnlar yarata olgan.
Ikkimiz sulb toshlar ichida edik…
Bu baxtsiz toshlardan, sho‘rlik toshlardan
O‘zlariga haykal yasadi ular. (“Hamal ayvoni” 69-b)
Sulb so‘zining ma’nosini mavjud izohli lug‘atlarda uchratmadik, ammo muallifning o‘zi “qattiq, mustahkam” tarzida izohlagan, badiiy matnda tosh so‘ziga sifatlash tarzida kelgan bu so‘zni muallif so‘z ijodkorligi natijasida yaratilgan va o‘ziga xos ma’no ifodalashga xizmat qilgan birlik deyishimiz mumkin.
SHuningdek terminlarni mahorat bilan ishlatib badiiylik yarata olgani ham ijodkorning tafakkur olami kengligidan dalolat.
Bag‘rimni changallab yuldi charnovuq,
O bag‘ri shamolim, chiltorim charnar. ( “Oraliqlarda”)
Misrada ishlatilgan “charnovuq” so‘zining izohi “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ham, “Navoiy asarlarining izohli lug‘ati” da ham berilmagan. Ijodkorning o‘zi izohlashicha, “qadimda tishni sug‘uradigan asbobni shunday atashgan”26. Bu eskirgan tibbiyot termini haqiqiy so‘z ijodkori tomonidan she’rda badiiy kuchga ega badiiy so‘zga aylantirilgan. Qizig‘i, bu so‘z shoirning birgina she’rida emas, bir necha she’rlarida o‘ziga xos ma’no yuki va badiiy ifodasi bilan ishlatilgan:
Tishlab turar eding Vatanni mahkam,

Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling