Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Download 499 Kb.
bet3/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

MDning predmetini Eshqobil SHukur ijodida uchraydigan mualliflik so‘zlarini lisoniy-kognitiv jihatdan tahlil qilish masalasi tashkil etadi.
MDning usullari. Dissertatsiyada tasniflash, tavsiflash, kontekstual va stilistik tahlil usullaridan foydalanildi.
MDning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

  • muallif so‘z ijodkorligi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydigan, inson ruhiyati bilan bog‘liq kognitiv holatda yuzaga keladigan tushuncha ekanligi Eshqobil SHukur ijodi orqali ochib berilgan;

  • ijodkor individual uslubini hosil qiladigan mualliflik so‘zlarini lisoniy-kognitiv jihatdan tahlil qilish matn mazmunini, ijodkor ilgari surayotgan fikrni chuqur anglashga yordam berishi asoslangan;

  • Eshqobil SHukur ijodida uchraydigan mualliflik so‘zlarining o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;

  • so‘z qo‘llashda ijodkorlik, yangi ijodiy yasalma hosil qilish muallifning tafakkur darajasi, olam haqidagi qarashlarini lisoniy ifodalash qobiliyati bilan bog‘liqligi aynan lisoniy vositalar tahlili bilan aniqlangan;

  • Eshqobil SHukurning badiiy mahoratini o‘rganishda mualliflik so‘zlari muhim rol o‘ynashi ochib berilgan.

MDning amaliy natijasi quyidagilardan iborat: ish natijalaridan universtetning filologiya fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan “Matnning lingvistik tahlili” fani uchun qo‘shimcha material sifatida foydalanish mumkin;
tadqiqot natijasida olingan ilmiy-nazariy xulosalar tilshunoslikning zamonaviy sohalarining tamoyillarini shakllantirishda xizmat qilishi ko‘rsatilgan;
MD natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Dissertatsiya natijalarining ilmiy ahamiyati muallif so‘z ijodkorligi va lisoniy-kognitiv tahlil masalasiga oid tadqiqotlarda erishilgan ilmiy yutuqlar va nazariy fikrlarni to‘ldiradi, tilshunoslikni Eshqobil SHukur ijodi haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar bilan boyitadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tilshunoslikka doir darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatkich va monografiyalar tayyorlashda; oliy o‘quv yurtlarining “Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)” ta’lim yo‘nalishida “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Matnning filologik tahlili”, “Tahliliy o‘qish” kabi fanlardan ma’ruzalar o‘qishda va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda, manba bo‘lib xizmat qiladi. Ijodkorlarning tili va uslubiga doir ilmiy izlanishlar uchun material bera oladi
KIRISH
Til xalq tomonidan yaratiladi, lekin haqiqiy so‘z ijodkorlari tomonidan sayqallanadi. Ijodkor o‘z tafakkur mahsuli sifatida shunday so‘zlarni qo‘llaydiki, ular vaqt o‘tib tilning ajralmas qismiga aylanadi va ma’lum ma’noda so‘zlik xazinasini boyitadi. SHuning uchun ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati tilshunoslikda har doim alohida o‘rganiladigan tushunchalardan biri bo‘lib kelgan. CHunki ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati bevosita uning badiiy olamini aks ettiradi. SHuningdek, ijodkorning til birligidan qanday foydalanishi uning individual mahoratini belgilab beradi. Tilshunoslikda bu borada yirik tadqiqotlar olib borilgan. Jahon tilshunosligida muallif so‘z ijodkorligi tushunchasi yirik ilmiy yondashuvlarning paydo bo‘lishiga asos bo‘lgan.
G.O.Vinokur, Er.Xanpira,O. V.V.Lopatin, M.A.Bakina, O.A.Gabinskaya, R.YU.Namitokova, E.A .Zemskaya, G.Revzina, L. V. Zubova,6 kabi rus tilshunoslari turli rus yozuvchi va shoirlari ijodi misolida muallif so‘z ijodkorligi masalasini o‘rgangan.

Rus tilshunosligida muallif so‘z ijodkorligini o‘rganish tadqiqlari natijasida A.S.Griboedov, F.M. Dostoevskiy, M.Lomonosov, A.S.Pushkin, M.Gorkiy kabi so‘z ijodkorlarining maxsus mualliflik so‘zlari lug‘ati yaratilgan 7 va ularning ijodida uchraydigan mualliflik so‘zlari til lug‘atini boyituvchi vositalar sifatida qaralgan.

Tilshunoslikda zamonaviy aspektlarning paydo bo‘lishi bilan muallif so‘z ijodkorligi masalasini o‘rganishda ham yangicha yondashuvlar kuzatila boshlangan. Dastlabki tadqiqotlardan farqli ravishda ijodkorlarning tili va uslubidagi o‘ziga xosliklar aniqlanibgina qolmasdan, endi uning yuzaga kelish sabablari, muallif so‘z ijodkorligining funksional jihatlari, semantik, poetik, pragmatik va kognitiv xususiyatlari ham tadqiq etila boshlandi. Jumladan, biz keyingi yillarda rus tilshunosligida yuzaga kelgan quyidagi tadqiqotlarga e’tibor qaratdik:

1. YU.I.Jabaevaning V.S.Visotskiy ijodidagi muallif so‘z ijodkorligining struktur-semantik va funksional xususiyatlarini tadqiq etgan dissertatsiyasi 8. Ish kirish, uch asosiy bob va xulosadan iborat bo‘lib, birinchi bobi “Okkazionalizmning fanda o‘rganilishi” deb nomlanadi va okkazionalizm termini atrofidagi ilmiy qarashlar batafsil tahlilga tortiladi. Tadqiqotchi “V.S.Visotskiy okkazionalizmlarining tuzilishi va semantik xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobida V.S.Visotskiy so‘z qo‘llash mahoratini ko‘rsatuvchi birliklarni semantik va morfologik jihatlariga ko‘ra tasniflaydi. Ishning uchinchi bobida okkazionalizmlarning badiiy matndagi vazifalarini aniq misollar bilan izohlaydi va ijodkorning olam haqidagi qarashlarini farqli ifodalashga intilishdan so‘z ijodkorligi yuzaga keladi degan xulosani beradi.

2. V. Kamenskiy ijodidagi so‘z ijodkorligini o‘rgangan Darya Vladimirovna Xalyavina mualliflik so‘zlarini struktur-semantik va funksional-pragmatik tahlil qiladi 9 va Kamenskiy ijodidagi mualliflik so‘zlarini uning shaxs sifatidagi ichki dunyosini ifodalovchi vositalar sifatida tahlil qiladi. Dissertatsiya muallif so‘z ijodkorligining tipologiyasi, yaratilish sabablari va foydalanish xususiyatlari haqida mukammal ilmiy qarashlar bilan boyitilgan. Tadqiqotchi ijodkor asarlarining o‘ziga xos lingvistik jihatlari shoirning o‘ziga xos olamga ega ekanligi bilan bog‘liqligini xulosalaydi.


O‘zbek tilshunosligida ham okkazionalizm va so‘z ijodkorligi tushunchasining nazariy asoslari10, uning ma’lum ijodkorlar ijodida tutgan o‘rni hamda tilning leksik qatlamini boyitishdagi ahamiyati borasida bir qator ilmiy izlanishlar yuzaga kelgan11.
Zamonaviy o‘zbek tilshunosligida yangi yo‘nalishlarning taraqqiy etishi bilan ijodkorlarning so‘z qo‘llash mahorati lingvopoetik tahlilga bag‘ishlangan ishlarda muayyan ma’noda o‘z aksini topa boshladi12.
Mavzuga doir tadqiqotlar ichida S.I.Toshalievaning “O‘zbek tilida okkazional so‘z yasalishi” nomli nomzodlik dissertatsiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ish o‘zbek tilshunosligida bu mavzuga aloqador birinchi monografik izlanish sifatida baholanadi. Unda okkazional so‘zlarning guruhlanishi, yasalish tiplari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Jumladan, so‘z yasalishi jarayoni, asosan, nutqiy hodisa ekanligi ta’kidlanib, yangi yasalmalar nutq foydalanuvchilari tomonidan hosil qilinishi yoritilgan: “So‘z yasash jarayoni va uning hosilasi til tizimining xususiy qo‘llanishi va o‘zgarishlaridir. So‘z yasalishi jarayoni mohiyat e’tibori bilan ayon nutqiy faoliyatning tarkibiy qismi sanaladi. So‘z so‘zlovchi (yozuvchi) tomonidan yasaladi (lug‘atlarda so‘z yasalmaydi, so‘zlar ro‘yxati beriladi)”13.
Keyingi yillarda yaratilgan ilmiy izlanishlar ichida O.YU.To‘xtasinovaning “O‘zbek tilida leksik okkazionalizmlar va ularning badiiy-estetik xususiyatlari” 14 nomli dissertatsiyasida biz o‘rganayotgan mavzuga doir ahamiyatga molik fikrlar keltirilgan. Ishning “Leksik okkazionalizmlar tushunchasi va ularning okkazionalizmlar tizimidagi o‘rni” deb nomlangan birinchi bobida tilshunoslikda “okkazional so‘z” terminiga berilgan mavjud ta’riflarning barchasiga muayyan munosabat bildirilib, neologizm va okkazionalizmlarni farqlash lozimligi haqidagi asosli qarashlar ilgari surilgan. SHuningdek, olimaning okkazional so‘zlarning o‘ziga xos xususiyatlari va lisoniy normaga ta’siri doirasida bildirgan fikrlari muallif so‘z ijodkorligi masalasini yoritish uchun ham ahamiyatga molik. Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Okkazionalizmlarning yasalishi va so‘z turkumiga ko‘ra tasnifi” deb nomlanadi va tadqiqotchi zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari misolida okkazionalizmlarning yasalish xususiyatlarini yoritadi va ot, sifat, fe’l, ravish kabi so‘z turkumlariga kiruvchi okkazionalizmlarning qo‘llanishiga doir nazariy xulosalarini ifodalaydi. Ishning uchinchi “Okkazionalizmlarning badiiy-estetik vazifasi” deb nomlangan bobida olima okkazionalizmlarning nutqiy, baholash, badiiy-estetik va obrazlilikni ifodalash vazifalarini ochib beradi. Ayniqsa, tadqiqotchining okkazionalizmlarning kommunikativ turlari haqidagi izlanishlari tadqiqotimizning nazariy jihatlarini ochishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Umuman olganda, O.YU.To‘xtasinovaning okkazionalizmlar masalasiga doir ilmiy qarashlari o‘zbek tilshunosligida kelgusida shu yo‘nalishda yuzaga keladigan ko‘plab ilmiy tadqiqotlarga muhim manba vazifasini bajara oladi degan fikrdamiz.
Ammo biz ishda tadqiq etayotgan ma’lum bir ijodkorning so‘z ijodkorligi, mualliflik so‘zlarining yaratilish sabablari, turlari va muallif so‘z ijodkorligining uning badiiy olamini kashf etishdagi ahamiyati yirik monografik asosda o‘rganilmagan. Ma’lum ijodkor asarlari misolida muallif so‘z ijodkorligini o‘rganish, mualliflik so‘zlarining yuzaga kelish sabablarini tadqiq etish va so‘z ijodkorligi ta’sirida yuzaga kelgan birliklarning til lug‘at boyligini oshirishdagi ahamiyatini chuqur anglash kabi muammolar dissertatsiya mavzuning asosini tashkil etadi.
Ayniqsa, o‘zbek tili so‘zligiga teran tafakkur bilan munosabatda bo‘ladigan serqirra ijodkor Eshqobil SHukur ijodi misolida muallif so‘z ijodkorligini tadqiq etish ishning yangilik darajasini yanada oshiradi.
Eshqobil SHukur, taniqli shoir, publitsist, adib. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. U 1962-yil 20-iyulda Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.“YUrakni o‘rganish”, “Sochlari sumbul-sumbul”, “Tungi gullar”, “YAshil qushlar”, “Hamal ayvoni”, “Ko‘hna bog‘ rivoyatlari”, “Ko‘z yumib ko‘rganlarim”, “Boboso‘z izidan” kitoblarining muallifi. Eshqobil SHukur ijodining ilk davridayoq, nazarga tushib, 1992-yilda Usmon Nosir nomidagi adabiy mukofotni olgan. 2008-yilda Turkiyada Mahmud Qoshg‘ariyning 1000 yilligi munosabati bilan “Turk dunyosi turk tili sharafi” mukofotiga sazovor bo‘lgan. So‘ngra “Oltin qalam” xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan. SHe’rlari va hikoyalarida o‘zbek xalq dostonlari, ertak va afsonalari, rivoyatlarining ta’siri kuchli. SHoir xalq og‘zaki ijodidagi timsollarni o‘ziga xos talqin qiladi. Hozirda uning she’rlari va nasriy asarlari, maqolalari mamlakat matbuotida muntazam e’lon qilinib boradi. SHuningdek, shoirning she’rlari Amerika, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya, Ukrainadagi nashrlarda e’lon qilingan.
Eshqobil SHukur o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini anglay olgan va undan oniy hissiyotlarini mukammal, yorqin ifodalashda va o‘ziga xos tafakkur olamini so‘z qobig‘iga o‘rab, lisoniy manzara yaratishda foydalana olgan ijodkor. Uning turli mavzularda yaratilgan she’rlarida o‘zbekcha so‘zlar nafaqat o‘zining ma’no jilolarini topadi, balki yasaladi, yaratiladi, o‘zgacha ifodalar bilan xalq qalbiga qaytadan kirib boradi. Eshqobil SHukurning o‘ziga xos badiiyatiga Odil YOqubov, Asqad Muxtor, SHavkat Rahmon, Abdulla Oripov, Mirzo Kenjabek, Xurshid Davron kabi ijodkorlar ham yuqori baho berishgan. SHoir badiiyati haqida shoir Usmon Azim “SHe’rlari unutilayozgan ohanglarga, unutilayozgan so‘zlarga boy” (O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi.1984-yil, 19-dekabr) deydi. Halima Xudoyberdieva esa Eshqobil SHukur badiiy olamining o‘zgachaligini quyidagicha izohlaydi: “Eshqobilning she’rlari Oltin beshikning qo‘ng‘irog‘iga o‘xshaydi. Odamni birdan o‘ziga jalb etadi. Uning “Kambag‘alning shodligi” degan bir she’ri bor. Nihoyatda o‘zbekona she’r. Lekin boshqalarda uchramaydigan she’r. Uning she’rlarida doimo balandlik bor...” (Halima Xudoyberdieva 2003.) Eshqobil SHukurning so‘z qo‘llash mahorati haqida erkin A’zam shunday yozadi: “SHe’r so‘zi bo‘lmaydi. Demoqchimanki, so‘zlar orasida she’rga mo‘ljallangan alohida so‘zlar bo‘lmaydi. Lekin chin shoirning qo‘liga tushsa, hamma so‘z she’r bo‘ladi. Eshqobil juda xalqchil shoir. SHunday bo‘lsa-da, boshqalarga o‘xshamaydi. Men qidirib ko‘rdim, kimga o‘xshar ekan deb, yo‘q, o‘xshamaydi”.


Download 499 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling