Muallif so‘z ijodkorligining lisoniy-kognitiv tahlili


Download 499 Kb.
bet7/27
Sana17.01.2023
Hajmi499 Kb.
#1097836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Ernazarova Eshqobil Shukur lotin

CHarnovuq labingni yirardi nuqul. (“Oraliqlarda”)
YAna bir o‘rinda ijodkor mavjud lug‘atlarda ma’nosi keltirilmagan so‘zga murojaat qilib o‘zgacha tasvir yaratgan:
Zarrin chiroziga yulduzlar qadang,
Menga kamalakdan bir belqars to‘qing.(“CHimildiq”)
Eshqobil SHukur yuqorida ta’kidlanganidek, xalq tilining chuqur tadqiqotchisi, har bir so‘zning ma’nosi bilan qiziqadi, so‘zlarning yashovchanligi uchun kurashadi va ularni o‘z ijodida serjilo qilib ishlatadi. Jumladan, sarlavhadayoq o‘quvchi e’tiborini tortadigan “potini” so‘zi ijodkorning mahorati bilan ishlatilgan va ekspressiv vazifa bajargan:
Potini-ya, potini,
Bir chaqmoq yulib o‘ynar
Tilimning qanotini.
Jim. Jim. (“Hamal ayvoni” 95-b)
Bolalar o‘yinining nomini bildiruvchi bu so‘zni istifoda etish orqali asli ijodkor ramziy ma’no ifodalagan va o‘quvchini chuqur o‘yga toldirish maqsadida aynan shu birlikni ishlatgan.
Eshqobil SHukur she’rlarida o‘zlashma so‘zlardan ham unumli foydalanadi. Arabiy, forsiy va rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarni ishlatish orqali ifoda etayotgan fikrlarining ta’sirchanligini oshiradi. Masalan, quyidagi misralarda rus tilidan o‘zlashgan “sarjin” so‘zi shunday o‘rinlashganki, bu birlikning o‘rniga boshqa muqobil ishlatib bo‘lmaydigandek:
Ikki dilga ikki uya qo‘ygan qaldirg‘och,
Sarinjini saylab o‘tgan damlaring qani? (“Norboy aka marsiyasi”)
YAna bir she’rida esa o‘zalashma so‘zni yangi ma’noda ishlatib go‘zal badiiy ifoda hosil qilgan.
SHikasta-shikasta gul poshikasta,
SHokila-shokila kokillari zar,
Sinsila-sinsila sumbullari zar. ( “Hamal ayvoni” 59-b)
Fors tilidan o‘zlashgan bu so‘z ijodkorning mantiqiy xulosalariga uyg‘un tarzda “ayol” ma’nosini ifodalaganini ko‘rishimiz mumkin.
Aynan shu ifodadan foydalanish o‘quvchiga ijodkor qalbida kechayotgan hislarni yuqtirishga xizmat qilgan. Quyidagi she’rida esa arabcha “tarahhum” so‘zining o‘rniga unga sinonim “g‘amxo‘rlik” yoki “marhamat” so‘zlari ishlatilganda bunday kuchli ohangdorlik va mazmundorlik yuzaga kelmas edi:
Bu ne muruvvatdir, bu ne tarahhum,
Meni o‘tga yuvar chaqmoqning qizi. (“Hamal ayvoni” –b)
Eshqobil SHukur tili xalq tilidan oziqlangan va boyigan til. SHuning bu ijodkor uslubidagi o‘zgachalik boshqa ijodkorlarda uchramaydi. Uning ijodida eskirgan so‘zlar ham san’at so‘ziga aylangan.
Karvon hoki turobtevarak sarob,
Qayoqqa ketarmiz, ey dil, qayoqqa?
YUqoridagi misrada “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da eskirgan so‘z sifatida “chang, gard” ma’nosini bildirgan27 “turob” so‘zi ma’noni kuchaytirishga xizmat qilgan. SHoirning ijodkorlik mahorati shundaki, she’rda eskirgan so‘zni jonlantira olgan, o‘quvchi qalbiga yaqinlashtirgan. Eshqobil SHukur ijodida bu kabi tarixiy va arxaik so‘zlar salmoqli o‘rin tutishini ko‘rishimiz mumkin.
SHevaga xos so‘zlardan foydalanish shoir ijodini jonli xalq tilining go‘zal namunasi sifatida ko‘rsatadi. Eshqobil SHukur ham o‘z ijodida shunday vositalarga tez-tez murojaat qilganini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “Boyqaro” she’rida ishlatilgan “emranib” so‘zi shevaga xos so‘z bo‘lib, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da quyidagicha izohlangan: “ emranmoq shv. Biron qayg‘uli,ko‘ngilsiz voqeadan ozor chekmoq…” 28
Qoshingga emranib keldim, o‘zbegim,
SHoiring ketdimi mendan norizo. (“Hamal ayvoni” 27-b)
Lirik qahramonning chuqur qayg‘uli holatini ifoda etish vazifasini aynan shu birlik bajargan.
Eshqobil SHukur ijod talabi bilan ba’zi so‘zlarning shaklini o‘zgartirib ham ishlatadi, ammo bu so‘zning ma’nosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Jumladan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” 29da shevaga xos so‘z sifatida izohlangan “tirama (tiramoh)” so‘zi shoirning she’rlarida tiyramoh shaklida juda ko‘p uchraydi. “Tiyramoh” qipchoq lahjasida ko‘p ishlatiladigan shakl bo‘lib, kuz fasli ma’nosida keladi va o‘zgacha ohangni beradi:
Oyqorong‘i, tiyramoh palla
Kimdir menga aylar tarahhum… (“Tiyramohning g‘amgin tunida” )
Tilshunosligimizda keyingi yillarda, xususan, istiqlol munosabati bilan o‘zbek tilining ichki va tashqi omillarini ochib berishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bunda shoir va adiblarimizning munosib hissasi bor. Bu jihat barcha ijodkorlarning o‘ziga xos uslubini tadqiq qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. O‘zining noyob so‘z ijodkorligi bilan tilimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan ijodkor Eshqobil SHukurning deyarli barcha asarlarida ishlatilgan mualliflik so‘zlari salmoqli mazmun ifodalab, til leksik qatlamini boyitishga xizmat qiladi. Zero M.M. Baxtinning ta’kidlashicha ham, "faqat she’riyatda til o‘zining barcha imkoniyatlarini ochib beradi, chunki bu sohada unga qo‘yiladigan talablar maksimal darajada: uning barcha qirralari haddan tashqari bo‘rttiriladi…”30 .
Bu so‘zlar muallifning o‘ziga xos bilim darajasini, topqirlik mahoratini belgilovchi qo‘llanish doirasi bir qadar toraygan maxsus professional, kasb-hunarga oid so‘zlar, dialektizmlar, jargonlar, tarixiy va arxaik so‘zlar bo‘lib, ular matnda me’yori va o‘rni bilan qo‘llanganki, bu ona tilimiz leksikasi boyligini namoyon etish bilan birga, unutilib borayotgan so‘zlarning qayta muomalaga kiritilishiga ham imkoniyat tug‘diradi.
Umuman olganda, Eshqobil SHukur badiiy olamining o‘ziga xosligini ta’minlovchi ijodkorlik so‘zlarini quyidagi shartli guruhlarga ajratishimiz mumkin:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling