Muallif: zulfiya
Download 22.14 Kb.
|
Tasviriy san
Tasviriy san’at va badiiy mehnat fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari Muallif: zulfiya Toifa: Tasviriy san`at va baddiy mehnat 13-04-2015, 00:02 Ko'rilgan': 2345 Tasviriy san’at va badiiy mehnat fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari Tasviriy san’at va borliqni idrok etish mashg‘ulotlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bir qator ijobiy badiiy-estetik xislatlar va sifatlarni rivojlantiradi. Tasviriy san’atni idrok etish Tasviriy san’at va badiiy mehnat fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari Tasviriy san’at va borliqni idrok etish mashg‘ulotlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida bir qator ijobiy badiiy-estetik xislatlar va sifatlarni rivojlantiradi. Tasviriy san’atni idrok etish Tasviriy san’at darslarining eng muhim vazifalaridan yana biri o‘quvchilarni tasviriy, amaliy va memorchilik san’ati asarlarini o‘qishga, ya’ni san’atni idrok etishga o‘rgatishdir. Tasviriy san’at asarlari ertak, hikoya, doston, roman kabi mavhum bir mazmunni aks ettiradi. Biroq uni kitob o‘qigandek o‘qib bo‘lmaydi. Tasviriy san’at asarlarining o‘ziga xos tili bor. Ularni bilgan kishilargina har qanday tasviriy san’at asarlarida yashringan sirlarni “o‘qiy” oladilar. Bunda rassomlar chiziqlar, ranglar, o‘lchovlar, kompozitsiya, proportsiya, ritm, simmetriya, shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar. Bu borada shuni aloqida qayd qilish lozimki, san’at asarlari, ayniqsa, tarixiy, turmush janridagi asarlar, ayrim xalq va mamlakatlar haqida to‘la-to‘kis va keng qamrovli ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Bularni o‘qiy olgan shaxslargina asarlarda ilgari surilgan g‘oyalarni, tasvirlangan mazmunni chuqur idrok eta oladilar. Shu bilan bir qatorda asarlardagi go‘zallik, ko‘tarinkilik, qaxramonlik kabi sifatlardan mamnunlik va zavqlanish hosil qiladilar. San’atni idrok etish bo‘limi o‘quv predmetining muhim qismlaridan biridir. U dasturda 1-sinfdan tashqari 2-4 sinflarda mustaqil bo‘lim sifatida o‘zining o‘quv vazifalari tizimiga ega bo‘lib, tasviriy-amaliy bezak, memorchilik san’atlari materiallaridan tashkil topadi. Mazkur bo‘limning maqsadi o‘quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iboratdir. San’atni idrok etish bo‘limi o‘quvchi shaxsining estetik rivojiga ko‘maklashib, uni jahon madaniyatining buyuk durdonalari va san’at asarlari orqali tevarak-atrofdagi hayot go‘zalliklari bilan tanishtiradi, badiiy didini shakllantiradi, san’atni sevishga o‘rgatadi. O‘quvchilar bilan san’atni idrok etish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ular mumtoz madaniy meros bilan ham tanishtirib boriladi. Tasviriy va amaliy san’at asarlarini idrok etishga oid o‘quv materiallari o‘quvchilarning amaliy ishlari bilan bog‘langandir. San’at asarlarining nusxalarini bolalarga ko‘rsatish va ularning tahlili o‘quvchilarda san’atga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi va ularni shu sohaga yo‘llaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan g‘oya, asosiy fikr va qo‘llanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi. Dekorativ-amaliy san’atga doir san’atshunoslik asoslari darslarida amaliy-bezak san’ati, xalq amaliy-bezak san’ati, o‘zbek xalq amaliy-bezak san’ati, liboslar, o‘zbek va chet el xalqlarining milliy liboslari haqida bilimlar berish, xalq ustalari ishlatadigan ish qurollari va materiallari bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Bunday darslarda Toshkentdagi xalq amaliy san’ati muzeyi va Res’ublikamizdagi xalq amaliy san’ati rivoj to‘gan markazlar, o‘zbek xalq amaliy san’atining mashhur nomoyondalari hisoblangan Usta Shirin Murodov, Ota Polvonov, Hamro Raximova kabi ustalar haqida ham suhbatlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Memorchilik san’ati borasida esa, memorchilik san’ati va uni atrof-muhit bilan bog‘liqligi, memorchilikda go‘zallik, maqsadga muvofiqlik haqida tushunchalar berish, individual va ijtimoiy memorchilik, ularing turlari bilan tanishtirish, binolarning vazifasi va ularning estetik yechimining o‘zaro bog‘liqligi, fasad va interyerdagi dekarativ bezaklarning xarakteri, memorchilikda qo‘llaniladigan asosiy atamalar haqida fikr yuritiladi. Binolarning tashqi va ichki badiiy bezaklarining xarakteri, ularda ishlatiladigan materiallar bilan ham tanishtiriladi. Tasviriy san’atdan davlat ta’lim standartlarida qayd qilinganidek, bolalarga san’atni idrok etish mashg‘ulotlarida quyidagilar haqida bilimlar berish nazarda tutiladi: 1. Tasviriy san’at - san’atning bir turi ekanligi va uning kishilar hayotidagi o‘rni va ahamiyati. O‘zbekiston hududida tasviriy San’atning taraqqiyoti (Afrosiyob, Varaxsha, To’roq qal’a v.b. joylardan to‘yingan tasviriy San’at namunalari). Tasviriy San’atning turlari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik) va janrlari (manzara, turmush, natyurmort, portret, tarixiy, batal, animal, afsonaviy, marina). Rangtasvir turlari-dastgohli rangtasvir, monumental rangtasvir, miniatyura rangtasviri. Rangtasvir texnikasi-freska, mozaika, vitraj. 2. Haykaltaroshlik turlari-dastgohli haykaltaroshlik, dekorativ haykaltaroshlik, monumental haykaltaroshlik; Rel’ef (barel’ef, gorel’ef); yumaloq haykallar. 3. Grafika turlari-dastgohli grafika, estamp, plakat, kitob grafikasi; gazeta-jurnal grafikasi; targ‘ibot va tashviqot grafikasi; etiketka, upakovka, v.b. 4. O‘zbekistonning hozirgi zamon tasviriy san’ati; Jahonning hozirgi zamon ilg‘or tasviriy san’ati; jahon tasviriy san’atidagi asosiy oqimlar; dunyoning eng yirik tasviriy San’at muzeylari; O‘zbekistonning eng yirik tasviriy San’at muzeyi. Jahonga mashhur eng buyuk rassomlarning hayoti va ijodi (Kamoliddin Behzod, Leonardo da Vinchi, O‘rol Tansiqboev, Chingiz Axmarov v.b.). San’atni idrok etish mashg‘ulotlarida tasviriy san’at asarlarini tahlil etish borasida o‘quvchilar bilishlari lozim bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar hajmini esga olish uchun boshlang‘ich sinflarning tasviriy san’at va mehnat ta’limi DTS kitobingizga qarang. Quyida san’atni idrok etish mashg‘ulotiga oid dars namunasi ko‘rsatilgan: Mashg‘ulot mavzusi: Eng chiroyli manzara rasmini ishlash. 2 soat. Mashg‘ulotning vazifalari: O‘quvchilarda atrof-muhitni estetik idrok etishga va tasviriy ijodga nisbatan qiziqish uyg‘otish. Kuzatuvchanlik, diqqat, obrazli xotirani o‘stirish. Qalam va bo‘yoqlar bilan ishlash malakalarini yanada rivojlantirish. O‘quvchilarda ijodiy qobiliyat va fantaziyani o‘stirish. Mashg‘ulotning jihozlanishi: Rassomlarning tabiat manzaralarini tasvirlovchi asarlari. V.Polenov, «Oltin kuz», I.Xaydarov, «Oltin kuz», I.Shishkin, «Javdar», O‘.Tansiqboev, «Tog‘dagi qishloq oqshomi», N.Karaxan, «Bug‘doyzor», v.b. re’roduktsiyalari, go‘zal tabiat manzaralari aks etgan diapozitiv, diafilim, slayd va fotolar. Mashg‘ulotning mazmuni: Birinchi mashg‘ulot borliqni idrok etish bo‘lsa, ikkinchi dars xotira va tasavvur asosida rasm ishlashga qaratilgan bo‘ladi. Birinchi mashg‘ulotni (sharoitni nazarda tutib) o‘tkazishning ikki varianti bor. Birinchisi tabiat qo‘yniga ekskursiya (u maktab bog‘ida ham bo‘lishi mumkin), ikkinchisi chiroyli tabiat manzaralarini aks etdiruvchi diapozitiv, slayd, diafilm, kinofilmlarni, fotolarni namoyish etishdir. Ikkinchi variant ekskursiya qilishga arziydigan joy bo‘lmay qolgan taqdirda tashkil etiladi. Imkoni bor joyda bir yo‘la ikkala variantni qo‘llash ham mumkin. Ekskursiya jarayonida o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasida bo‘ladigan savol-javoblar ham ko‘rsatilishi lozim. Ekskursiya nihoyasida o‘qituvchi o‘quvchilarning tushunchalarini umumlashtiradi va qanday tabiat manzarasini chizishni xohlashlarini o‘ylab kelishni vazifa qilib topshiradi. Ikkinchi mashg‘ulot. O‘qituvchining o‘tgan mashg‘ulotda ekskursiya jarayonida o’quvchilar ko‘rganlarini savol-javoblar yordamida xotiralarida tiklashi bilan boshlanadi. So‘ngra, o‘qituvchi san’at asarlaridan 2-3 tasini bolalarga ko‘rsatib, ularni birgalikda tahlil qiladi. Tahlilda o‘qituvchi asosiy e’tiborni asar kompozitsiyasi, ranglar garmoniyasi, narsalarning tuzilishi, fazoviy holati, perspektiva hodisalariga qaratadi. So‘ngra o‘qituvchi o‘zi ishlagan 2-3 ta eng chiroyli manzara rasmini bolalarga ko‘rsatib, tahlil qiladi. O‘quvchilarning amaliy vazifalari esa mana shu rasmlar kabi o‘zlariga yoqqan eng chiroyli manzaraning rasmini ishlashdan iboratdir. O’quvchilar yozda qarindoshlarinikida yoki televizorda ko‘rgan manzaraning rasmini ishlashlari ham mumkin. Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish va ularning ahamiyati Shuni esda tutish lozimki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ularning yaxshi va yomon o‘zlashtirishlaridan qat’iy nazar, mustaqil ishni bajarish uchun bir xildagi o‘quv topshriqlari beriladi. Lekin, umumta’lim maktablarida a’lochi o‘quvchilar ham bo‘ladi. Ana shunday jihatlarni hisobga olgan holda o‘qituvchi o‘quv topshirig‘ini ikki xil variantda tuzadi va o‘quvchilarning qobiliyatiga ko‘ra tarqatadi. Masalan: barcha o‘quvchilar qo‘shish va ayirish amallariga oid mashqni bajarishlari kerak bo‘lganda, o‘qituvchi kuchli o‘quvchilar uchun ikki ustunda, o‘rtachalari uchun bir yarim ustunda, yaxshi o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar uchun yarim ustunda mashqlarni yechishni topshiradi. Ona tili darslarida barcha o‘quvchilar ma’lum bir mashqni bajarishga ko‘rsatma oladilar. Kuchli o‘quvchilar bu mashqni oxirigacha, o‘rtachalari yarimigacha, kuchsizlari esa, 1 yoki 2 ta gaplardan iborat mashqlarni bajaradilar. Bunday usul juda keng tarqalgan bo‘lib, o‘qituvchi topshiriqlarni ana shu tartibda juda osonlik bilan tarqatadi. Bunda o‘qituvchi ayrim metodik kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Ya’ni, o‘qituvchi sinfdagi o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda mashqni bo‘laklarga bo‘lganida, o‘quv materialini to‘liq o‘zlashtirilishiga erishmasligi mumkin. Xuddi shunday kamchiliklarni “O‘qish” darslarida ham kuzatish mumkin. Masalan, ona tili darslarida o‘quvchilar tushirib qoldirilgan tovushlarni qo‘ygan holda mashqni ko‘chirib yozishlari, ega va kesimlari, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlashga o‘xshash topshiriqlarni bajarishlari yoki o‘qilgan matnni grammatik jihatdan tahlil qilish o‘rniga “o‘qish, qayta hikoya qilish”ga ko‘rsatma berilsa darslikning, o‘qish kitobining mazmuniga singdirilgan asosiy g‘oya, metodologik mantiqiy bog‘liqlik tizimiga putur etishi mumkin. Natijada o‘quvchi darslikda va o‘qish kitobida berilgan topshiriqlar, suratlar, mashqlar bo‘yicha yetarlicha tushuncha hamda tasavvurga ega bo‘lmasligi oqibatida uning bilim, malaka va ko‘nikmalarida kemtik joylar hosil bo‘ladi. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarga ma’lum bir ketma-ketlikda ta’lim berish jarayonini izdan chiqarishi mumkin. Endi yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishda boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha fanlar bo‘yicha ko‘rgazmali, tarqatma, didaktik materiallar tayyorlash va ulardan samarali foydalanishning ahamiyati kattadir. Boshlang‘ich ta’limda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish o‘quv vaqtini o‘quvchilarning mustaqil ravishda topshiriqlarini bajarishlari orqali yanada samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Shunga ko‘ra bu borada olib borilgan ko‘pgina tadqiqot ishlari asosan ko‘rgazmali qurollar va ularning kam komplektli maktab o‘quvchilariga beradigan yordami va uning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra turli maqsadlarni hamda o‘quv fanlarini nazarda tutgan holda yaratilgan. Mazkur ko‘rgazmali qurollar ta’lim jarayonining maqul deb topilgan har qanday qismida qo‘llanilishi mumkin. Shunday ekan, ko‘rgazmali qurollar asosan qaysi fanlarni o‘qitish jarayonida ko‘proq qo‘llanilsa samaraliroq bo‘ladi degan savolning tug‘ilishi tabiiy albatta. Shunday ekan, bu borada olib borilgan ayrim ishlar va ularning natijalari boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini qiziqtirishi tabiiy. Boshlang‘ich maktablarda olib borilgan kuzatishlar va o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ulardan matematika, ona tili va o‘qish darsi, tabiatshunoslik, husnixat darslarida ana shunday didaktik materiallardan samarali foydalanish mumkin. Olib borilgan kuzatishlar va ish tajribalarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarga: o‘tilgan va yangi mavzuga oid materiallarni o‘rganish va o‘zlashtirishda; matematikadan mustaqil misol va masalalarni yechishni o‘rganishlarida; husnixat darslarida kalligrafiyani puxta o‘rganishlari uchun turli mashqlarni bajarishlarida; ona tili va o‘qish darslarida berilgan topshiriqlarni barcha talablar asosida mustaqil bajarishni o‘rganishlarida; tabiatshunoslik darslarida tevarak-atrof va muhit bilan bog‘liq bo‘lgan turli vazifalarni ekologik jihatdan hal etishlarida yaqindan yordam beradi. Ko‘rgazmali didaktik o‘quv qurollari nashriyot yo‘li bilan yoki o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan turlarga bo‘linadi. Nashriyot yo‘li bilan tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar quyidagi ko‘rinishlarda tayyorlanadi: 1. Platmassalardan tayyorlangan o‘yinchoqlar tarzida. 2. Yog‘ochdan (turli konstruktor elementlari tarzida). 3. Karton qog‘ozlaridan. 4. Katta o‘lchamdagi qog‘ozlarga ishlangan ko‘rgazmali qurollar (tablitsalar). 5. Oson yig‘ildaigan maketlar (mas. kub, prizma, paralellipiped va h.k.). 6. Mulyajlar (sabzavot va mevalar, turli qushlar va jonivorlar). 7. Rangli suratlar (otkritkalar ko‘rinishida). 8. Turli fanlardan qo‘lanilishi mumkin bo‘lgan kartochkalar (matematika, husnixat, ona tili darslarida qo‘llanilishi mumkin). Mazkur tarqatma materiallar va ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘quvchilar: • faqat o‘qituvchidan emas, balki ko‘rgazmali qurollardan, ularni o‘zaro hamkorlikda bajarayotgan sinfdoshlaridan ham o‘rganib, o‘zlashtirib oladilar; • mustaqil ravishda berilgan topshiriqlarni bajara olish malakasiga ega bo‘ladilar. Bunday ko‘rgazmali qurollarni yaratish o‘qituvchidan ijodkorlikni talab qiladi. Shunga ko‘ra Siz ham o‘zingiz tayyorlagan ko‘rgazmali qurollarni keng o‘qituvchilar ommasiga taqdim etgan holda turli kamchiliklarini aniqlab, kelajakda mukammal maqsadni amalga oshirishga yordam beradigan turlari yoki variantlarini yaratishingiz mumkin. Ayni vaqtda esa, ko‘rgazmali qurollar tayyorlashda kompyuterdan foydalanishga ko‘p e’tibor berilmoqda. Bu borada kerakli maslahatlarni shu sohaning mutaxassislaridan bilib olganingiz ma’qul. Applikatsiyadan o‘quv topshiriqlarini bajarish va uning turlari Applikastiya (lot. applicatio - yopishtirish) – gazlama, qog‘oz va boshqa materiallarga rang-barang gazlama, qog‘oz bo‘laklarini tikish yoki yopishtirish yo‘li bilan naqsh solish, ularni bezash. Shu usulda yasalgan gul, tasvir ham applikatsiya deyiladi. Dekarativ ishlarda applikastiyadan keng foydalaniladi. Ular tanlangan mavzuning mazmuni va kompozistiyasiga muvofiq tekis sirtda ishlanishi mumkin. Darsning mavzusi: "Kapalaklar raqsi" mavzusida applikatsiya qilish (jamoa ishi) Darsning maqsadi: O‘quvchilarda tabiatni muhofaza etish xislatlarini rivojlantirish. Ekologiya. Tabiatda kapalaklarning tutgan o‘rni borasida tushuncha hosil qilish. Simmetriya va simmetrik shakllar borasida tasavvur hosil qilish. Ko‘zda chamalash, berilgan andoza yordamida kapalak tasvirini hosil qilish malaka va ko‘nikmalarini o‘stirish. Tayyor shakllardan “Kapalaklar raqsi” mavzusida kompozitsiya tuzish malakalarini o‘stirish. Darsning jihozlanishi: rangli qog‘ozlar to‘plami, qaychi, yelim, fon uchun katta o‘lchamdagi qog‘oz. Ko‘rgazmali qurollar: kapalaklar tasvirlangan illyustratsiyalar, rangli qog‘oz va gazlamalardan qirqilgan kapalak tasvirlari, o‘quvchilarning ishlaridan namunalar. DARSNING BORISHI O‘quvchilarning ko‘zda chamalash qobiliyatlarini, qaychida qirqish, mavzu asosida kompozitsiya tuza olish malakalarini rivojlantirish maqsadida "Kapalaklar raqsi"ni aplikatsiya usulida ishlash mavzusi tanlandi. Darsning boshlanishida o‘quvchilarga turli-tuman kapalaklarning foto va rangli suratlari, kolleksiya namunasi, rangli qog‘ozlar, mato va tabiiy materiallardan ishlangan o‘yinchoq ko‘rinishlari namoyish etiladi. So‘ng o‘quvchilarga kapalaklarning qog‘ozdan qirqilgan namunasi va surati tarqatiladi. O‘quvchilar ularni o‘zaro taqqoslab ko‘radilar va o‘xshash hamda farq qiluvchi jihatlari, o‘ziga xos tuzilishlari haqidagi tushunchalarini yanada boyitadilar. O‘quvchilarga kapalaklarning tabiiy ko‘rinishda qanday qanot qoqib uchib yurishlarini ko‘rsatish maqsadida, rangli qog‘ozdan qirqilib, chiroyli qilib bezatilgan va ip yopishtirib, cho‘pga bog‘langan o‘yinchoq namunasi ko‘rsatiladi. Uning bir uchidan ushlab, salgina silkitib turilsa, kapalak go‘yo qanot qoqib, uchib ketayotgandek taassurot qoldiradi. Xuddi shunday kapalak namunasini bir oz boshqacharoq ko‘rinishda, ya’ni tayoqchaning tepa qismini ikkiga bo‘lib, qog‘oz kapalakni tiqib qo‘yish orqali yangi nusxasini ham yasash mumkin. Mazkur o‘yinchoqlarning oldindan yasalgan namunalaridan bir nechtasi o‘quvchilarga tarqatib beriladi va ular bir gala kapalaklarning uchib, gullarga qo‘nib yurishni amaliy tarzda ko‘rsatadilar. So‘ng, savol-javob yordamida o‘quvchlardan kapalaklar yilning qaysi fasllarida ko‘plab uchrashi, ularning turlari, ko‘rinishlari, ranglari haqida ayrim narsalar aniqlab olinadi. O‘quvchilar kapalaklar shaklini simmetrik ekanligi, ranglari har xil bo‘lishi (sariq, oq, havo rang, zarg‘aldoq, qizil va h.k.), qanotlaridagi naqshlar ham turlicha bo‘lishi haqida o‘z bilganlarini so‘zlab beradilar. Shuningdek, kapalaklarning katta, kichik bo‘lishi va qanotlarinig shakli bir-biriga o‘xshamasligini ham aytadilar. So‘ng, biz o‘quvchilarga ikkiga buklangan sariq rangdagi qog‘ozdan kapalakni qirqish usulini amaliy ravishda ko‘rsatamiz. Buning uchun qanotlarning shakli unchalik murakkab bo‘lmagan kapalak nusxasi tanlab olinadi. O‘quvchilarning ishlarini yengillatish hamda dars vaqtini tejash maqsadida ularga kapalaklarning kartondan qirqilgan yarim tasvirlar tarqatildi va uni buklangan qog‘oz sirtiga qo‘yib, qalamda chizish va qirqib olish lozimligi tushuntirildi. O‘quvchilar bu topshiriqning uddasidan chiqqanlaridan so‘ng, kapalak qanotlaridagi naqshlari oq va qora guash bo‘yog‘i yordamida ishlanishi amaliy ravishda bajarib ko‘rsatildi. Shu yo‘l bilan tayyorlangan kapalak tasvirining o‘rtasini ikkiga buklab, ip yopishtirib (bunda kapalakning og‘irlik markazi aniq topilsa, o‘yinchoq ipda tekis osilib turadi) bir uchini cho‘pga bog‘lash kabilarni esa, o‘quvchilar biz bilan ketma-ket bajarib boradilar. O‘qituvchi oralab yurib, o‘quvchilarga kerakli ko‘rsatmalarni berib turadi. Dars jarayonida o‘quvchilarning yaxshi va yomon ishlanayotgan o‘yinchoqlaridan namunalar ko‘rsatib boriladi. Qog‘ozlarni buklash orqali sodda maketlar tayyorlash Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan mehtat ta’limi darslarida o‘quvchilar qog‘ozni kvadrat shaklida buklash yo‘li bilan turli o‘yinchoqlarni tayyorlashni ham o‘rganadilar. Bunday o‘yinchoqlarga “2 qavatli uycha, 1 qavatli uycha, paroxod, ko‘ylak, etikcha, teshacha, konfet, pirpirak, yelkanli qayiq, morj, tyulen, g‘oz, o‘rdakcha, samolyot, burgutcha, chinni gul, turli qushlar, kit, qurbaqa” va shu kabi bir qator o‘yinchoqlar tayyorlash mumkin. Qog’ozdan yasaladigan o‘yinchoqlarning yangicha turlari va ko‘rinishlarini esa, Siz Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan “Origami”, “stranamasterov.ru” saytlaridan topishingiz mumkin. Tarmoqqa joylashtirilgan rasmlarni diqqat bilan kuzating va o‘yinchoqlarni yasah tartibini aniqlab, shunday o‘yinchoqlar yasang. O‘quvchilarga milliy qadriyatlar va qadimiy meroslar asosida mehnat ta’limi berish orqali ularni kasb tanlashga yo‘naltirish Hozirda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining vazifalaridan biri bolalarni turli kasb va hunarlarga yo‘llash hisoblanadi. Ma’lumki, har bir bolada u yoki bu hunarga, ilmga havasi bo‘ladi. Bu havas har doim har bir bolada ochiq namoyon bo‘lmaydi, ayrimlarida ochiq, ayrimlarida yashiringan bo‘ladi. Maktab jamoasining, har bir o‘qituvchisi va tarbiyachisining vazifasi har bir boladagi mavjud havasni rivojlantirish, yashirincha havasini ro‘yobga chiqarib, ularni San’atni tushunish va hurmat qilishga o‘rgatishdan iborat. Maktabdagi boshqa fanlar qatori tasviriy San’at darslarida ham bolalarni ko‘pdan-ko‘p hunar va kasblarga yo‘naltirish, ularni tarbiyalash imkoniyatlari bor. Xususan, rassomlar tomonidan ishlangan San’at asarlarida mashhur turli kasb egalari, bunday kishilarning ish jarayonlari (mehnat qahramonlari, xizmat ko‘rsatgan kishilar, militsiya xodimlari, olimlar, o‘qituvchilar, injenerlar, deqhonlar va boshqalar) aks etadi. Shuningdek, tasviriy San’at haqida olib boriladigan suhbatlarda mashhur xalq amaliy san’ati ustalari, rassomlar, haykaltaroshlarning hayoti va ijodi haqida fikr yuritiladi. Tasviriy San’at darslarida bolalar turli kasb va hunarlar haqida rasm ishlaydilar (Masalan, “Novvoy”, “Fermada”, “Qurilishlar”, “Olimlar munozarasi”, “Sirkda”, “Otchoparda”, “Fazoga parvoz”, “Sport o‘yinlari”, “Chavandoz”,“Kurash”, “Sahnadagi o‘yin”, “Hayvon o‘rgatuvchi”, “Hosilni yig‘ib terib olish”, “Dorbozlar”, “Avtopoyga”, “Sehrgar”, v.b.). Bunday mashg‘ulotlarda o‘qituvchi so‘zsiz suratda aks etgan kasblarning mazmuniga to‘xtaladi hamda bu kasblarga bolalarni qiziqtiradi. Download 22.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling