Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

Savol va topshiriqlar 
1. G'azal hajmi va mavzusi haqida ma'lumot bering. 
2. Asar qofiyasi va radifini tahlil qiling. Radif va qofiyada ishlatilgan so'zlar aslan qaysi tildan olingan? 
3. Matla'dagi «mardumliq» va «mardum» so'zlari o'rtasidagi bogiiqlik va farq nimadan iborat? 
4. Oshiqning yorga sadoqati baytlarda qanday badiiy vositalar orqali 
ko'rsatiladi? 
5. G'azal baytlarini ketma-ketlikka amal qilgan holda sharhlang. 
6. «Soch» timsoli g'azalda qanday ramziy ma'noni ifodalab kelgan? 
7. Oxirgi ikki baytda qaysi ma'noda lirik qahramon jon va o'lim tushunchala-rini tilga oladi? 
8. Matla' bilan maqta' o'rtasida qanday mantiqiy bog'lanish mavjud? 
9. G'azalni yodlang. 
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin, Ko'ngluma har birining dard-u 
balosinmu deyin?!
Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Bu kudurat ora ruxsori 
safosinmu deyin?!
Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin, Bu qatiq dardlar aro vasli 
davosinmu deyin?!
Zulfi dominmu deyin, la'И kalominmu deyin, Birining qaydi, yana birning 
adosinmu deyin?!
Turfa xolinmu deyin, qaddi niholinmu deyin, Movi(y) ko'nglak uza gul rangi 
qabosinmu deyin?!
Charx ranjinmu deyin, dahri shikanjinmu deyin, Jonima har birining javr-u 
jafosinmu deyin?!
Ey Navoiy, dema qosh-u ko'zining vasfini, et, Qoshi yosinmu deyin, ko'zi 
qarosinmu deyin?!
«Navodir ush-shabob»ning 483-g'azali.
Bu shoirning mashhur g'azallaridan bin. Qo'shiq qilib kuylana-di ham. Chunki ohangdorligi - 
juda kuchli. Matla'da («yosinmu -qarosinmu - balosinmu»), shuningdek, maqta'dan boshqa barcha 
baytlarning birinchi misralarida ichki qofiya («qahrinmu - zahrinmu», «dardinmu - 
nabardinmu», «dominmu - kalominmu», «xolinmu - niholinmu», «ranjinmu - shikanjinmu»)g& 
ham qat'iy amal qilingan.
7 baytli bu g'azalda «deyin» so'zi faqat radifdagina takror-lanib kelmaydi. Bu so'z radifda 8 
bor qo'llanishidan tashqari, yana 12 (jami 20) bor takroriy tarzda qo'llanadi. Radd ul-mat-la' 
(matla'ni takrorlash) san'ati asosida birinchi misra g'azalning so'nggi satri sifatida yana bir karra 
qaytariladi. Bu takrorlar ham g'azal ohangi-yu jarangini, ham fikr ta'kidini, ham oshiq his-
hayajoni ifodasini kuchaytirgan.
G'azaldagi ohangdorlik faqat qofiya va radif orqaligina ta'minlanmagan. Baytlarning birinchi 
misralarida ham ichki ohangdorlik («yosinmu - qarosinmu», «qahrinmu - zahrinmu...» va hokazo) 
mavjud.
G'azalda boshdan-oxir qiyos usulidan foydalaniladi. Har bir qiyoslashda ikkitadan tushuncha ishtirok 
etadi. Birinchi baytda yorning «qoshi yosi» (yoyday egik qoshi) bilan «ko'zi qarosi» (ko'zining qoraligi), 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
ikkinchi baytda uning «ko'zi qahri» bilan «kirpiki zahri», uchinchi baytda «ishqi dardi» bilan «hajri 
nabardi» (hajrining jangi), to'rtinchi baytda «zulfi domi» (so-chining domi) bilan «la'li kalomi» (la'ldek 
qizil labining so'zi), beshinchi baytda «turfa xoli» (har xil xoli) bilan «qaddi ni-holi» (yosh niholdek tik 
qomati), oltinchi baytda «charx ranji» (taqdir yetkazgan azob) bilan «dahri shikanji» (dunyo yetkazgan 
qiyinchilik), yettinchi baytda yana «qosh» bilan «ko'z» o'zaro yonma-yon tilga olinadi.
Ammo bular baytlarning birinchi misralarida kelgan qiyoslar.
Qiyos baytlarning ikkinchi misralarida ham o'ziga xos tarz-da davom etadi. B i r i n c h i baytda 
«dard» bilan «halo», i k k i n c h i baytda «kudurat» (xafagarchilik) bilan yorning «ruxsori safosi» (toza 
yuzi), uchinchi baytda «qatiq dard-lar» bilan yorning «vasli davosi», to'rtinchi baytda hm(«zulfi 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling