Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0,99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
Savol va topshiriqlar
1. Lirikjanrlarning sof milliy turlari bo'ladimi? ,' 2. Tuyuq janri shakllanishi, tadriji haqida nimalar bilasiz? ,r 3. Tuyuq janrining asosiy adabiy-badiiy shartlari nimalardan iborat? 4. Tuyuqda ta'sirchanlikni oshiradigan, kishiga o'zgacha zavq bag'ishlaydigan asosiy badiiy vosita nima? 5. O'zingiz mustaqil o'qigan tuyuqlardagi tajnislar qo'llash mahoratini tahlil qiling. www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan 6. Tajnis va omonimning bir-biriga aloqador va farqli jihatlari nimalardan iborat? 7. Tajnisning tuyuq janri uchun ahamiyatini tushuntiring. ALISHKR NAVOIY (1441 - 1501) Muhtaram o'quvchi! Oldingi sinflarda siz buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri, o'zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Na-voiy tarjimayi holi, u yozgan o'lmas asar-lar, ulardan ba'zilarining mazmun-mohiyati, badiiy jozibasi bilan atroflicha tanishgan edingiz. Yaxshi bilasizki, Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda temuriy-lar hukmronligida bo'lgan Xuroson davlatining poytaxti Hi-rot shahrida saroy amirlaridan bo'lmish Ci'iyosiddin Kichkina xonadonida tavallud topdi. Kichik yoshidan ta'lim olib, mak-tabda o'qib yurgan kezlari forsiy tildagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri hisoblanmish Farididdin Attorning mashhur «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») dostonini scvib, berilib o'qidi. Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg'ul bo'lib ketganidan qo'rqib, kitobni undan olib, yashirishdi. «Biroq, - deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob tariqasida yozgan «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida shoir, - men «Mantiq ut-tayr» matnini to'liq yodlab olgan edim...» Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad shahriga ko'chib, bir necha yil o'sha yerda yashaganidan ham xabardorsiz. 1466-1469-yillari yosh shoir Samarqand shahridagi mad-rasalarda ta'lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo'ldi, faol ijod ham qildi. 1469-yilning bahorida do'sti temuriyzoda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaganidan so'ng shoirni yo-' niga chaqirdi. Ulug' qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida oliy martabali lavozimlarda xizmatda bo'ldi. U buyuk amallardan iste'foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg'ul bo'lgan kez-larida ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas. Unga Husayn Boyqaro «Muqarrabi shohiy», ya'ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan edi. Bu sharafli martabaning hukmdor oldidagi imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi. 1483—1485-yillari shoirning eng buyuk asari - besh doston-dan iborat «Xamsa» yaratildi. Umrining so'nggi o'n yili mobaynida ham Navoiy juda ko'p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod etdi. Bu ulug' zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi. O'sha kuni butun mamlakat motam tutdi. Qabri - Hirotda. O'zbekiston hukumati bobokalon shoirimiz qabrini obod qilish rejasini tuzyapti. 1991-yilning 26-sentabr kuni mamlakatimiz poytaxtidagi O'zbekiston milliy bog'ida Alisher Navoiyning ulug'vor haykali qad rostladi. Xalqimiz vakillari, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar shoir haykali poyiga guldasta-yu gulchambarlar qo'yadi. Haykal ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g'azalidan olingan: Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig', Yor o'lung bir-biringizgaki, erur yorlig' ish, - degan misralari yozib qo'yilgan. U butun bashariyatga qarata aytilgan shior yanglig' jaranglaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur to'g'ri ta'kidlaganidek, tarixda hech kim turkiy tilda Navoiychalik «ko'p va xo'b (yaxshi)» asarlar yozgan emas. Shoir butun turkiy adabiyotda eng katta lirik merosga ega qalamkash hisoblanadi. Keyingi yillarda Tokio, Moskva va Boku shaharlarida ulug' o'zbek shoiri haykali qad rostladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida Alisher Navoiy haqida shunday deyilgan: «Agar bu zotni avliyo desak, и avli- yolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir». G'AZAIJ ЛК Alisher Navoiy - g'azal mulkining sultoni. Faqat o'zbek she'riyatidagina emas, butun turkiy adabiyotda hech kim un-gacha ham, undan keyin ham u yaratganchalik ko'p va xo'p g'azal www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan yozmagan. Navoiy - avvalo, lirik shoir. U bol al ik chog'laridan umri- ning oxirigacha she'rlar ijod qildi. Shoir cski o'zbek va fors- tojik tillarida o'zidan boy lirik meros qoldirdi. Xususan, o'zbek lirikasini tamoman yangi bir pog'onaga olib chiqdi. Shoir liri- * kasining asosiy janri esa g'azal edi. Uning lirik she'rlari jami sakkiz devonga jamlangan. Shun-dan yettitasi turkiy, bittasi forsiy lirikadan tashkil topgan. 1465—66-yili shoirning muxlislari tomonidan uning ixtiyori-siz tuzilgan devon navoiyshunoslikda «Ilk devon» nomi bilan yuritiladi. Taxminan 1472-1476-yillar orasida esa bevosita zamona shohi Husayn Boyqaroning iltimosi bilan Navoiy o'zining birinchi devoni - «Badoyi' ul-bidoya»ni tuzdi. Uu devonga maxsus «Debocha» yozib, o'zining she'riyatga, Download 0,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling