Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf 1-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- TUYUQ VA TAJNIS
Savol va topshiriqlar
1. Radif haqida ma'lumot bering. 2. Bu istilohning atalishi bilan she'rdagi o'rni va vazifasi o'rtasida qanday f Jjog'liqlik bor? *"■ 3. Radifning qofiyaga bog'liq jihatlarini tushuntirib bering. 4. Radifning turlarini sanang. 5. Radifning she'riy janrlar bilan aloqadorligi aynan nimalarda ko'rinadi? TUYUQ VA TAJNIS www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan Tuyuq - lirik janr. U arabiy va forsiy adabiyotda yo'q. Bu janr namunalarini faqat turkiy she'riyatdagina uchratamiz. Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og'zaki adabiyoti ta'sirida shakllangan, takomil topgan. Keyinchalik yozma adabiyotga o'tib, muayyan qoidalarga bo'ysungan, talablari qat'iylashgan. ь Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosiy qoi-dasiga aylangan: Tuyuq, albatta, to'rt misradan iborat bo'lishi kerak. Tuyuq misralari, xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur. Tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida, ya'ni «foilotun-foilotun- foilun (yoki foilori)» tarzida bo'lishi shart. Taqte'si: -V ------------ / - V ------- /-V- (yoki V - ~). Tuyuqda qofiyaga olingan so'zlar, albatta, tajnisli bo'lishi, ya'ni omonim sb'zlardan yoki shakldosh so'zlar turkumidan tashkil topishi darkor. Ilgari tuyuqlar jamming ana shu talablaridan dastlabki uchta-siga javob bergan, xolos. Lekin keyinchalik janrning to'rtinchi sharti yuzaga kelgan. Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur qilib bo'lmay qolgan. T a j n i s - badiiy san'atlardan biri. Lug'aviy jihatdan jins-dosh, ya'ni shakldosh degan ma'noni anglatadi. Bu nutqda shakli bir xil, ammo ma'nosi har xil so'zlar yoki so'zlar tur- kumini qo'llash, degani. Ammo bu san'atni oddiygina qilib, omonimlar ishlatish ekan-da, deb hisoblamaslik kerak. Chunki omonimlar - tilda qat'iylashgan shakldosh so'zlar. Tajnisni yuzaga keltirish uchun esa muallif bir necha so'zlar ishtirokida ohoriy (original, ya'ni birmartalik) shakldoshliklar yaratishi mumkin. Masalan, ul Oy и loy, uloy (ulay) so'z birikmalari tilda o'zaro omonim emas Shoir she'rda bularni shunday qo'llaydiki, natijada bir gal ul Oy (u Oy), boshqa safar и loy, uchinchi ko'rinishda esa uloy (ulay) ma'nolarini anglatadi. Shundan ifoda go'zalligi kelib chiqadi. O'quvchi yo tinglovchi shuurida ajib bir badiiy zavq paydo bo'ladi. Turkiy tillar, jumladan, o'zbek tili - tajnis yaratish uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Hatto, tilimizdagi shu qulaylik adabiyotimizda tajnis ishlatish shart qilib qo'yilgan alohida, maxsus bir janrning paydo bo'lishiga olib kelgan. Tuyuq - shunday janr. Unda qofiyaga olingan so'z yoki so'zlar turkumi o'zaro shakldoshlik paydo qilishi shart. Lutfiyning mana bu tuyug'i qofiyasida tajnis bo'lib kelgar» so'zlarai ko'rib o'taylik: Ko'ngluma har yonki boqsam, dog'i bor, Har necha dardimni desam, dog'i bor. Qilcha tanga bori ishqing у or edi, Bir sori bo'ldi firoqing, dog'i bor. Birinchi misradagi dog'i bor so'zlari ko'ngildagi dog'ni ko'zda tutadi. Ikkinchi misrada esa xuddi shu so'zlar otashi bor degan ma'noni anglatadi. To'rtinchi misrada bu so'zlar yana (tag'in) bor ma'nosida kelgan. Tajnis qofiyaga olinganda shuning o'zi qofiya vazifasini o'taydi. Ya'ni ma'nosi har xil bo'lgani uchun bu yerda tajnisli so'zlarning takrorlanishi qofiya o'rnida qabul qilinadi. Shoir tajnisda aynan bor so'zi mavjudligidan foydalanib uchinchi, ya'ni qofiyasiz misrada ham ataylab bori so'zini qo'llaydi. Zimdan bu kalima bilan qofiyadagi so'zlar o'rtasida ham boshqa bir tajnis yuzaga keladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling