Mualliflar: Sultonmurod olim, Sunnat ahmedov, Rahmon qo'chqorov


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/49
Sana13.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#999700
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49
Bog'liq
8-sinf 1-qism

Savol va topshiriqlar 
1. Irsoli masal san'atining badiiy nutqdagi asosiy vazifasi nimadan iborat? 
2. Irsoli masal san'atining xalq og'zaki adabiyoti bilan aloqasini aytib bering. 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
3. Irsoli masal qaysi o'zbek shoirlari ijodida ko'proq uchraydi? 
4. Irsoli masal haqidagi nazariy ma'lumotlar asosida bu badiiy san'at ishtirok etgan asarlarni qayta o'qib 
chiqing. 
QOF1YA 
Arabcha «qofiya» so'zi ergashish, izidan borish degan ma'-nolarni anglatadi. 
Adabiyotshunoslik istilohi (termini) sifatida u she'riy misralarning muayyan o'rnida o'zaro 
ohangdosh so'z yoki so'zlarning izchil takrorlanib kelishini anglatadi. Qofiyaga olingan so'z 
yoki so'zlar o'zak bilan o'zak yoxud qo'shimcha bilan qo'shimcha o'rtasida yuzaga keladi.
O'zbek mumtoz she'riyatida qofiyaning tartibi janr tabiati-dan kelib chiqadi. Masalan, 
masnaviyda faqat ikki misra o'zaro qofiyalashadi. Shuning uchun bunda har bir bayt alohida-
alo-hida qofiyaga ega bo'ladi. Mabodo, ketma-ket ikki bayt qofi-yalari bir-biriga ohangdosh 
bo'lib kelganda ham ular alohida-alohida qofiyalar hisoblanadi. Masalan, Navoiyning «Farhod 
va Shirin»ida ketma-ket kelgan mana bu baytlarda, alohida-alohida ikki qofiya bor, deb 
hisoblanadi:
Ko'p o'lsa mehribon xudkomlig'din,
El ichra vahm etib badnomlig'din.
Vale chun, bilmish erdi ishq pokin, Bu yanglig' ishq aro dardi 
halokin, -
baytlari qofiyalaridagi to'rt so'z («xudkomlig'din - badnomlig'din», «pokin - halokin») o'zaro 
ohangdosh bo'lgani bilan bu yerda ikkita alohida-alohida qofiya ishlatilgan. Keyingi baytning 
qofiyasi birinchi baytning qofiyasiga bog'liq emas. Ya'ni shoir keyingi baytni tamoman boshqa 
qofiya bilan yozaverishi
mumkin edi.
G'azalda qofiya aa, ba, da, ea, fa va hokazo tarzda davom etadi. Qit'ada esa g'azalning 
matla'sidagi kabi juft qofiyali bayt bo'lmaydi. Shuning uchun uning qofiyalari ab, vd, eb, fb
va hokazo tarzda davom etadi. Ruboiy va tuyuqning aaaa yoki aaba tarzda, ya'ni ikki xil 
qofiyalanish imkoni bor.
Mumtoz adabiyotshunosligimizda qofiya qoidalarini o'rgana-digan soha «ilmi qofiya» deb 
yuritilgan.
Mumtoz she'fiyatimizda qofiyadagi takrorlanib keladigan asosiy tovush (ya'ni harf) «raviy» 
deyilgan. Raviy - so'z o'za-gidagi, yasama so'zlarda esa negizdagi oxirgi undosh, cho'ziq unli, 
ba'zi hollarda esa qisqa unli sifatida aynan qaytariladigan tovush. Masalan, «gul - bulbub 
so'zlaridagi «/», «or ~ zor» so'zlaridagi «r», «vafo - jafo» so'zlaridagi «o», «bahona -zamona» 
so'zlaridagi oxirgi «a» raviy hisoblanadi.
Qofiya she'rda ko'p vazifa bajaradi. Avvalo, she'r ritmi va musiqiyligini ta'minlaydi. G'oyaviy 
mazmunni kuchaytirib ifoda-lashga xizmat qiladi. G'oya yuki tushadigan so'zlarning
mis-ralar oxirida kelishi shuni ta'minlaydi. Xususan, g'azal, qit'a, muxammas, musaddas va 
hokazo janrlarda qofiya asarning kom-pozitsion qurilmasida asosiy mavqe tutadi. Boshqacha 
aytganda, bunday janrlarda qofiya go'yoki she'rni boshqaradi. Masalan, ba-diiy san'atlarning 
o'nga yaqini - bevosita qofiya bilan aloqador. Aslida, qofiya ham - alohida bir badiiy
san'at. Ammo shunday san'atki, Sharq mumtoz adabiyotida qofiyasiz she'r bo'lmaydi. 
Boshqa birorta badiiy san'atga bunday shart qo'yil-maydi. To'g'ri, san'atlar, ya'ni badiiy 
vositalarsiz she'riy asarni ham tasavvur qilish qiyin. Biroq aynan olingan bir san'atni ish-latish 
yo ishlatmaslik - tamoman shoirning inon-ixtiyorida.
Mumtoz she'riyatda qofiya qoidalari buzilmaydi. Shuning uchun qofiya ilmini olimlar shoir va 
she'rxonning 
alifbesi 
hisoblasha-di. 
Shu 
sababdan 
ham 
qofiya 
mumtoz 
adabiyotshunosligimizda boshqa san'atlardan ajratib, maxsus o'rganilgan.
Savol va topshiriqlar 
1. «Ilmi qofiya» haqida nimalarni bilasiz? 
2. Qofiyaninig o'zbek mumtoz she'riyatidagi o'rni va vazifalari nimalardan iborat? 
3. Qofiyaning radif bilan bogiiq jihatlari haqida so'zlang. 
4. G'azal janrida qofiyaning o'ziga xosligi nimalarda ko'rinadi? 
5. Nima uchun olimlar qofiyani shoir va she'rxonning alifbesi deb hisoblashadi? 


www.arxiv.uz
saytidan yuklab olingan 
RADIF 
Arabcha «radif» so'zi, aslida, otda suvoriyga mingashgan kishini anglatib, arab tilida 
«yo'ldosh», «hamroh», «ketma-ket» degan ma'nolarda ham qo'Uanadi. Shunga ko'ra, she'rda 
hamma vaqt qofiyadan keyin, ya'ni unga «mingashib» yoki «yo'ldosh bo'lib» kelgan bir so'z 
yoki so'zlar turkumining takrori «radif» deb ataladi.
Radifning qofiyaga bog'liq joyi - ko'p. Birinchidan, u hamisha qofiya bilan yonma-yon, 
birga, unga ergashib keladi. Qofiyasiz radif radif emas. Faqat ayrim she'rlardagina radifdagi 
so'zlar miqdori ko'payib ketgani evaziga qofiyaga qat'iy amal qilinmaydi. Ikkinchidan, radif 
qofiya bilan birgalikda she'riy ohangdoshlikka xizmat qiladi.
Ko'pincha radif bir so'zdan tashkil topadi. U «qisqa radif» '" deyiladi. Ammo ba'zan u bir 
necha so'zdan tashkil topishi ham mumkin. U «yoyiq radif» deb yuritiladi. Shunday she'rlar ham 
uchraydiki, unda butun boshli misrada bir so'z qofiya-yu, qol-ganlari radif bo'lib keladi. 
Boburning mana bu ruboiysi bunga yorqin misol bo'la oladi:
Tuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur, Yuz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Sarrishtayi ayshdin ko'ngulni zinhor Uz, oh Zahiriddin Muhammad Bobur. 
Radif nazmda oddiygina takror emas. Bu musiqiylik va ohangdorlik xuddi kuy kabi kishiga 
o'zgacha huzur bag'ishlaydi.
Radif she'riy asarda ma'noni kuchaytirishga xizmat qiladi. Ko'pincha baytdagi fikrning 
asosiy yuki shu badiiy vosita zimmasiga tushadi. Boshqacha aytganda, shoir fikrda nima-ga 
ko'proq urg'u bermoqchi bo'lsa, o'sha so'z yoki so'zlarni radifga oladi. Ko'p g'azallarda radif 
she'rning butun qurilma-sini belgilovchi asosiy ustun o'rnida keladi. Bunday g'azallarda hamma 
gap shu radifga bog'langan bo'ladi. Mavzu ham, badiiy tasvir ham, demakki, g'oya ham shu 
radif atrofida aylanadi. Mabodo, bunday g'azaldan radif chiqarib tashlansa, u o'zining
butun g'oyaviy-badiiy qimmatini yo'qotadi. Chunki bunday g'azalda shoir butun yukni shu radif 
ustiga ortgan bo'ladi. Shu-ning uchun muayyan shoirning radif qo'llashdagi o'ziga xosligini 
aniqlash, pirovardida, uning uslubini belgilashning mezonlaridan bin hisoblanadi.
Janr hajman kichraya borgan sayin, buning aksi o'laroq, radif zimmasiga yuklatiladigan 
badiiy vazifa shunchalik orta bo-radi. Masnaviydan boshqa she'riy turlar, masalan, g'azal, qit'a, 
murabba', muxammas, musaddasda bir band doirasida ahamiya-ti jihatidan bir-biridan farq 
qiluvchi ikki xil - ichki va asosiy radif ishlatilishi mumkin.
Aytaylik, Bobur g'azalining:
Hamdard yore qonikim, bir g'amgusore qonikim, Abri bahore qonikim, 
Bobur kibi yig'lay bila, -
baytidagi «qonikim» yoki Navoiy muxammasining:
Ul parikim, telbalarga ishqidin monand edim, Zulfi zanjirida Majnundek 
asiri band edim, Javriga qone' bo'lub, vasliga hojatmand edim, Shavqidin 
dam urmayin bedodiga xursand edim, Vahki, bo'ldum hajridin rasvoyi 
davron oqibat, -
bandidagi «edim» so'zlari - ichki radif, keltirilgan misollardagi «bila» hamda «oqibat» so'zlari 
esa - asosiy radif.
She'rlar radif qo'llash mahorati, jumladan, asarda ular-ning miqdoriga ko'ra ham bir-biridan 
farqlanadi. Masalan, Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni - jami 5 ming 782 qo'shmisradan 
iborat. Shundan 965 tasi(17 foizi)ni muraddaf (radifli) baytlar tashkil qiladi. Bu radifning 
dostondagi eng asosiy badiiy san'atlardan biri ekanini ko'rsatadi. Radiflarning ishlatilishi 
jihatidan shoirning boshqa biror dostoni uning «Far-hod va Shirin»ichalik rang-baranglikka ega 
emas.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling